Guruxlarda ishlash koidasi
Sherigingizni dikkat bilan tinglang.
Gurux ishlarida uzaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriklarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bulsa, albatta murojaat kiling.
Agar sizdan yordam surashsa, albatta yordam bering.
Guruxlar faoliyatining natijalarini baxolashda xamma ishtirok etishi shart.
Anik tushunmogimiz lozim:
Boshkalarga urgatish orkali uzimiz urganamiz!
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chikamiz, yoki birgalikda chukib ketamiz.
|
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning maqsadlari quyidagilar: umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldiradi.
1. Ta’lim maqsadi o’qituvchidan quyidagilarni talab qiladi.
a) o’quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko’nikma berish;
b) haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o’rganish;
v) o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini o’stirishni, uning sifatli bo’lishini ta’minlash;
g) o’quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko’nikmalari ortib borsin.
2. Tarbiyaviy maqsad. Matematika o’qitish o’quvchilarni sabotlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o’z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga, ayniqsa, kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo’lishiga yerishish kerak. Miqdorlar orasidagi bog’lanishni ifodalash uchun matematikada simvollar ishlatiladi. Mana shu matematik til rivojlanishi kerak. O’qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalangan matematik fikrni ona tiliga ko’chirishga o’rgatishdan iborat bo’lmog’i kerak.
Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg’ularini tarbiyalashi kerak. Matematika fanini o’qitishning o’zi o’quvchilarda diqqat va fikrni to’play bilishni tarbiyalaydi.
O’qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) o’quvchi moddiy olamdagi bog’lanishlarni, miqdorlarning o’zgarishini, bir-biri bilan aloqasini anglay olishi;
b) o’quvchilarning matematikani o’rganishga astoydil qiziqishini ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo’lgan munosabatini tarbiyalash, yestetik did hosil qilish;
g) o’zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o’qitilishi tarixiga bo’lgan dunyoqarashni tarbiyalash;
d) o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiyalash;
3. Amaliy maqsad. Matematika o’qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – o’quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo’llay olishga o’rgatishdan iborat. Olingan bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana bilishga o’rgatish. Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo’llay bilishga o’rgatishdir.
O’qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri.
Shunday qilib o’qitish metodlari o’zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi uchta asosiy vazifani bajaradi.
O’qitish metodlaridan, ta’limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlariga ongli tanlab olish uchun oldin hamma o’qitish metodlarini tasniflashni o’rganib chiqish zarur.
1. Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot. Pedagogik tarbiyalashga oid ish tajribalarni o’rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonini chuqur tadqiq qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo’lmaydi. Hozirgi ta’lim-tarbiya pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshqa har qanday fan kabi pedagogika fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog’lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o’rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o’rganish, suhbat va so’rovnomalar o’tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So’nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.
Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodlarning o’zidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |