Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar № Tadbir shakli Tadbir mavzusi Tadbir maqsadi O’Qituvchi faoliyati. O’quvchi faoliyati
1 Matematik o’yinlar. Sehrli kvadrat.Tez va aniq hisoblash O’yinni boshqarish, o’quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirishMantiqiy fikrlash
2 Qiziqarli matematik soatlar, rebuslar, fokuslar, krossvordlar. Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirishTurli rebuslarni, krossvordlarni tayyorlash, rebuslar va krossvordlarni topish
3 Matematik viktorina.Hamma narsalarni bilishni istayman.Murakkab masalalar.Turli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish.Hamma masalalarni bilishga intiladilar
4 Matematika eyertaligi. Tarixiy masalalarTarixiy misollarni o’rganishMisollarni tayyorlash vayertaliklarni boshqarish. Tarixiy misollarga qiziqtirishMisollarni yechishga harakat qilish
5. Matematik to’garaklar. Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati, olimlarning matematikaga qo’shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o’rganish matematika to’garagini boshqarish va senariy yozish tarixiy materiallar to’plami
6. Devoriy gazeta. Qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan yangiliklarO’quvchilarning dunyoqarashini shakl-lantirishga erishish, devoriy gazeta uchun material to’plash, devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o’rganish
7. Ekskursiyalar. Tarixiy muzeylarga sayohatlarga olib borish. Milliy grafika. Geometrik shakllar bilan tanishtirish. Ekskursiya jarayonida
tarixiy materiallar bilan tanishtirish. Matematikadan yangi bilimlarga ega bo’lish
Matematika darslarining samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish darslar tizimi
№ O’rganiladigan mavzular nomi
Darsning borishi
Kutiladigan natija
Tarixiy tushunchalarni shakllantirish manbaalari
1 Natural sonlarni raqamasiyasi va ular ustida arifmetik amallarYashash uchun raqamlarni zarurligi, uni xalq ijodiyoti va qadriyatlarida ifodalanishiRaqamlarni paydo bo’lish zaruriyati va asoschilari Al-Xorazmiyning «Hind kitobi» risolasi ahamiyatini bilishva vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash.Xalq og’zaki ijodiyoti, masal, topishmoq mutafakkirlar ta’limotidir
2 Miqdorlar:uzunlik, yuza, vaqt, hajm, og’irlik tushunchalari va o’lchov birliklari turli miqdorlarni kelib chiqish tarixi, ularni har kunlik hayotga ishlatilishi. O’quvchilarni aniq, mantiqiy fikrlashga o’rgatishO’nli pozision tizimini o’lchov birliklarida tatbiq yetilishi. O’quvchilar ongli ravishda buni ishlatishi turli xalqlarda miqdorlarni o’lchashda turli o’lchov birliklari, ularning nomlari. Turli o’lchov asboblari (soat, chizg’ich, palitka va h.k.)
3 Kasrlar va ulush tushunchasi ulush va kasr tushunchalarining kelib chiqish tarixi, turli xalqlarni bular to’g’risidagi fikrlari kasrlarni kundalik hayotda masala-misollarni yechishda to’g’ri tatbiq etilishi. Vatanparvarlik tarbiya Qadimiy Misr, Bobilliklarni kasr haqidagi ta’limoti. O’rta Osiyolik olimlarning, xususan G’iyosiddin al-Koshiyning «Arifmetika kaliti» asari. Ibn Sino, Beruniy ijodi.
4 Algebra elementlari: sonli va o’zgaruvchi ifodali tushunchalari, tengsizliklar va tenglamalar yechishAlgebrik tushunchalarni kelib chiqish tarixi. Matematik bilimlarni chuqurlashtirish. Mantiqiy abstrakt fikrlashga o’rgatish. Algebra elementlarini ongli ravishda tushunish, bilish, to’g’ri tatbiq yetish. Buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish. Milliy o’zlikni anglash hissini tarbiyalash Muhammad -al-Xorazmiyni «Al-jabr va al- muqobala» asari va uning ahamiyati. Qadimgi Misr papirusilaridagi ma’lumotlar, qadimgi Yunon olimlarining ta’limoti. Umar Hayyom ijodi.
5 Geometriya elementlari: nuqta, to’g’ri chiziq, kesma, burchak, uchburchak, to’rtburchak, to’g’riburchak, ko’pburchak, aylana, kvadrat, yuza va h.Geometrik figuralarni chizish, o’lchash, geometrik masalalarni yechish, kundalik hayotga tatbiq yetish.O’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini abstrakt fikrlashini rivojlanadi, amaliy malakalar tarkib topadi.Yevklidning «Negizlar» asari, Pifagorning ilmiy maktabi, ijodi. Barcha buyuk O’rta Osiyo olimlari ijodi, faoliyati
6 Masalar yechish. Mantiqiy fikrlash, analiz va sintezni qo’llashga o’rgatish. Taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirishga, yo’naltirishga o’rgatish Matematik bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish. Masala yordamida tarbiya muammolarni hal qilish Qadimgi Misr papiruslaridan boshlab hozirgi davrning turli manbaalari.
Shuni ta’kidlash lozimki, individual va guruhli mashg’u-lotlar tizimli ravishda o’tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega :
1. O’z mazmuni bo’yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o’quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang’ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to’plangan turg’un qiziqishlari haqida hali gapirib bo’lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish rag’batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg’ulotlar mazmuniga va o’tkazilish shakllariga qarab 10–12 minutga ham, bir soatga ham mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to’garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg’otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o’xshash bo’lmasligi kerak.
Mashg’ulot o’tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo’lib xizmat qiladi.
Matematik to’garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko’p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko’rsatgan o’quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to’garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to’garagiga o’quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko’rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o’yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o’tkazishga tayyorgarlik ko’radilar va hokazo.
Matematika to’garagini o’tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o’tkazilgan ba’zi to’garak mashg’ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.