Slyudalar — jins hosil qiluvchi minerallar (alyumosilikatlar) guruhi; qatqatsimon silikatlar kichik sinfiga mansub, murakkab va bekaror tarkibli: R,, R23 [AlSi3OJ (OH,F)2, bunda R,=K, Na; R2, = Al, Mg, Fe, Li. Bu guruh keng tarqalgan intruziv, metamorfik va choʻkindi togʻ jinslarining jins hosil qiluvchi minerallaridan boʻlib, muhim foydali qazilma hisoblanadi. Yer poʻstidagi umumiy miqdori 3,8%ga yetadi. S. monoklin (soxta trigonal) singoniyada kristallanadi. Tabiatda turli otqindi va metamorflashgan togʻ jinslari orasida, yirik kristallari pegmatitlarda, baʼzan yuqori va oʻrtacha trlarda yuzaga kelgan volfram, molibden va boshqa foydali qazilmalarning gidrotermal konlarida uchraydi. S. yopishkrkligi va egiluvchanligi tufayli shaklini tez oʻzgartiradi, yengil jilolanadi. S. guruhiga kiradigan minerallarning kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan. Bir xil kationlarning boshqa bir kationlar bilan almashinish hollari juda koʻp uchraydi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, S. quyidagi turlarga boʻlinadi: alyuminiyli S. — muskovit, paragonit; magnezial temirtoshli S. —flogopit, biotit, lepidomelan; litiyli S. — lipidolit, sinnvaldit, tayniolit; shuningdek, vanadiy l i S. — roskoelit; xromli S. — xromli muskovit yoki fuksit va boshqalar. S. tarkibida koʻpincha kamyob elementlar (Be, V, Sn, Nb, Ta, Ti, Mo, W, U, Th, Y, TR, Bi) boʻladi. Mineralning qatqatsimon koʻrinishi, juda yupqa, egiluvchan va mustahkamligini saqlab qoluvchi qatlarga boʻlinishi S.ning paketlararo aloqasining kuchsizligi bilan bogʻliq. Qattiqligi 2,5—3; zichligi 2,8 g/sm³ (muskovit), 3,3 g/sm³ (biotit), 2,2 g/sm³ (flogopit). Muskovit va flogopit rangsiz, yupqa qatlamlari shaffof; kuchsiz qoʻngʻir, binafsha, yashil tuslari Fe2+, Mn2+, Sg2+ va boshqa birikmalar bilan bogʻliq. Temirli S.ning qoʻngʻir, jigarrang, toʻq yashil va kora boʻlishi tarkibidagi Fe2+, Fe3+, Sg2+va boshqa nisbatiga bogʻliq. S. elektrotexnika sanoatida izolyator sifatida qamda slyuda kukuni, oʻtga chidamli materiallar, gulqogʻozlar, slyudali karton, issiqqa chidamli boʻyoq, har xil keramik mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. S. konlari xorijda Rossiya Federatsiyasi (Irkuts viloyati, Kareliya, Murmansk viloyati, Kola yarim orol, Saxa), Hindiston, Braziliya, AQSH va Kanadada mavjud.
11–Ma’ruza. Silikat shishalar va mineral dielektriklar.Toblangan shisha turlari va vazifalari
Reja
Slikat shishalar
Minerial dielektriklar
Toblangan shisha turlari
Shisha murakkab tuzilishli birikmalardan tashkil topgan bo'lib, uning tarkibiga turli metall oksidlari kiradi. Shisha tuzilishi jihatidan bir jinsli bo'lmagan amorf moddalar qatoriga kiradi. Boshqa anorganik materiallardan farqli o'laroq, shisha quyidagi xossalari bilan ajralib turadi: yupqa parda va tolalar olinishi; optik jihatdan tiniqligi; turli xilma etallarbilanbirikishi;yuzasiningtekisligimo'rtliginamgachidamliligi. Shisha tarkibiga shisha hosil qiluvchi oksidlar (SiO2, B2O3, P2O5) hamdauning erish haroratini pasaytiradigan ishqorli oksidlar (Li2O, Na2O, K2O) ishqorli yer metallarining oksidlari (CaO, MgO, BaO va ZnO, Al2O3, BeO) shuningdek, shisha tarkibini o'zgartiradigan boshqa qo'shimchalar kiradi. Shisha hosil qiluvchi oksidlar silikatli (SiO2),alyumin silikatli(Al2O3-SiO2), borsilikatli (B2O3-SiO2), titan silikatli(SiO2-TiO2),sirkonat silikatli va alyumin-bor silikatli(SiO2-ZnO2,Al2O3B2O3-SiO2)turlarga bo'linadi.
Texnik shisha quyidagi xillarga bo'linadi:
Tarkibida og'ir metall oksidi bo'lmagan ishqorli shisha,
Tarkibida bir qancha og'irmetall,oksidlari bo'lgan ishqorli shisha;.
Tarkibida ishqor bo'lmagan sof shisha(kvars) larga bo'linadi.
Silikatli va borli sof shishalar tarkibida SiO4,B-O3elementlari bo'ladi.
Tarkibiga oksidlar kiritilgan shisha g'ovaklashadi.
Bir valentli metall ionlari shishaning dielektrik xossalarining, issiqqa va namlikka chidamliligini keskin kamaytiradi. Shishaning yumshash haroratlarining oralig'i katta bo'lganligi sababli, undan mahsulot tayyorlash jarayoni oddiy bo'ladi. Suyuq shisha harorati 800-900°C atrofida bo'lganda undan turli xil mahsulotlar tayyorlanadi. Shisha mahsulotlari puflash, siqish,cho'zish va bosim bilan ishlov berish usuli yordamida tayyorlanadi.Tayyor shisha mahsuloti tezlik bilan sovitilsa, unda ichki mexanik kuchlanganlik yuzaga keladi.Shisha yemirilishining oldini olish maqsadida uni qayta qizdirib, ichki kuchlanganlik bartaraf etiladi. Odatda shishaning bir qancha turiga pardoz berish mumkin bo'lib, ular kesilishxossasiga ham egadir. Shishadan aniq o'lchamli juda yupqa mahsulot ishlab chiqarish uchun uning tarkibiga mis,kumush,oltin,platina zarrachalari kiritiladi.Bunda shishaning yorug'likka nisbatan sezuvchanlik xossasi ham oshadi. So'ngra,foto kimyoviy usul yordamida shishadan aniq o'lchamli mahsulot tayyorlanadi.
Nur ta'sir ettirib yoki termik ishlov berib, shisha tarkibida tekis kristallanish amalga oshiriladi.Buning natijasida shishaga kerakli xossalarni berish mumkin.
Shishaning solishtirma hajmiy qarshiligi 10 -10 Om^m bo'lib, bunda p ning yuqori qiymati kvarsga va quyi qiymati ishqorli shishaga taalluqlidir. Tarkibida ikki yoki uchxil ishqorli oksidlari bo'lgan shishaga ishlov berish (neytralizatsiyalash) orqali unda elektr o'tkazuvchanlik holati yuzaga keltiriladi.Agar ishqorli shisha tarkibiga ikkivalentli metall (Ba,Pb) oksidlari kiritilsa, strukturasi mustahkamlanishi hisobiga qiymati ortadi; harorat ortishi natijasida ionlarning siljuvchanligi ortib, shishaning elektr o'tkazuvchanligi ko'tariladi. Odatda,shisha yuzasiga nam o'tirishi natijasida qiymatidan anchagina (10 barobar) past bo'ladi. Shishada ps qiymatni oshirish uchun,uningyuzasiga himoya qatlami (KOloki)yuritiladi yoki kimyoviy ta'sirga bardoshli Shisha qo'llaniladi.
Sof shishalarda, asosan, elektron va ion qutblanish sodir bo'lishi sababli, unda srqiymati kichik (3,1 ^3,2) bo'ladi. Agar shishaga ishqorli og'ir metall oksidlari kiritilsa,undaion-relaksatsiya qutblanishi kuzatilib,materialning qiymati 20 gacha ortadi.
O'zgaruvchan elektr maydonida va past chastotalarda shishadagi dielektrik isroflar o'tkazuvchanlik hisobiga sodir bo'lsa, yuqori chastotalarda bu hodisa ion- relaksatsiya qutblanish hisobiga sodir bo'ladi. Tarkibida metall ionlari bo'lgan shishada tga qiymati yuqori bo'ladi. Sof shisha, ishqorsiz yoki tarkibida og'ir metall oksidlari bo'lgan ishqorli shishalar yaxshi dielektrik hisoblanadi. Shisha harorati oshirilganda,kuchsiz bog'langan ionlarning soni ko'payishi hisobiga dielektrikning elektr o'tkazuvchanligi ortadi. Ion-relaksatsiya qutblanishi natijasida shishada tga qiymati yuksala boradi. Yuqori chastota va harorat oraliqlarida shishada tga qiymati o'zgarishsiz bo'ladi.
Yuqori kuchlanishlarda shishada elektr va issiqlikdan teshilish hodisasi sodir bo'ladi.Bir jinsli maydonda, yupqa (50-100 mkm) shishada elektr teshilishi ET=100-600 MV/m,qalin shishada esa,issiqlik teshilishiET=15-30 MV/m sodir bo'ladi.
Shishaning solishtirma og'irligi 2000-8100kg/m3,cho'zilishdagi mexanik mustahkamligi 100-300 MPa, shishaning yumshash harorati400-1600oC oralig'ida bo'ladi. Texnik shishaning dielektrik xossalari: sr=3,8^16,2; tgd 0,002^0,01; p=106-1015Om^m;ET=500 MV/m ga teng bo'ladi. Shisha elektr texnikada keng qo'llaniladi. Undan,asosan,yuqori kuchlanishli izolyatorlar, turli izolyatsiya mahsulotlari, shuningdek, egiluvchan, o'ta ingichka (4-16mkm) uzun tolalar tayyorlanadi. Tolaoli uni shishasini maxsus teshik-filerlarda eritiladi, so'ngra uni oqizib, o'rab olinadi yoki kerakli uzunlikda kesiladi. Bir nechta shisha tolalarni o'zaro birlashtirib, shisha ipi olinadi. Ulardan tasma, turli matolar ishlab chiqariladi. Shisha tolalarining organik tolalardan ustunligi ularning yuqori haroratga bardoshliligi, yuqori mexanik mustahkamlik va dielektrik xossalarga egaligi va kam miqdorda nam singdiruvchanligidadir.Shisha tolasidan yasalgan qalamchalarning cho'zilishga bo'lgan mustahkamligi po'latning mustahkamligidan qolishmaydi.
Kvarsli shisha kondensatorlarda,induksion g'altaklarda,va kuumli asboblar va hokazolarda qo'llaniladi. Kam ishqorli va ishqorsiz shishalardan yuqori kuchlanishli va yuqori chastotali asboblarning kondensatorlarida,impulsli generatorlarda keng foydalaniladi.Ayrim turdagi shishalar lampalar tayyorlashda ishlatiladi.Tola va to'qima tayyorlashda ishqorsiz shisha qo'llaniladi. Shisha tola va to'qimalardan mexanik mustahkamlikka ega shisha plastlari tayyorlanadi. Ular issiqqa chidamli kabel izolyatsiyalarida qo'llaniladi. Shisha to'qimalarining tarkibida havo bo'shliqlari bo'lgani sababli, ularning dielektrik xossalari shisha tolasinikiga nisbatan yuqoridir. Masalan,shishatolasida tg5==4,5-10’;sr=9,2 bo'lsa,shisha to'qimada tgS=V10";sr=1,8-2,0 bo'ladi. Shisha to'qimalar issiqlik va nurlari radiatsiyasi ta'siridan himoya qiluvchi vosita sifatida ham qo'llaniladi. Plyonka shisha qalinlikda ishlab chiqariladi.Agar plyonkaning qalinligi kamaytirilsa, uning egiluvchanligi va ET, qiymati ortadi. Bunda plyonkalarning elektr mustahkamligi ET=70-600 MV/m ni tashkil etadi. Plyonka shisha elektr mashinasining izolyatsiyasida,kondensator,mustahkam shisha qatlamlari tayyorlashda qo'llaniladi. Ko'piksimon shisha yengil, mexanik mustahkam, yaxshi dielektrik xossali, issiqqa chidamli material bo'lgani uchun u radio qurilmalari va issiqlik izolyatsiyalarida ishlatiladi.
Nazorat savollari
Slikat shishalar haqida tushuntiring
Minerial dielektriklar nima
Toblangan shisha turlarini aytib bering.
12– Ma’ruza. Solishtirma qarshiligi kam va ko’p bo’gan o’tkazgich materiallar.
Reja
Metal va ularning qotishmalari
Metallarning solishtirma qarshiligi
Metallar va ularning qotishmalarining yuqori haroratdagi solishtirma qarshiligi
Qattiq holat: Yuqorida aytib o'tilganidek o'tish guruhi metallaridagi ko'chish hodisasining o'ziga xosligi d-elektronlarning mavjudligi bilan bog'liq. d-elektronlar tok tashuvchilar yoki sochilish manbai sifatida faol namoyon bo'lishi mumkin. Birinchi holda biz effektiv massasi katta bo'lgan qo'shimcha tok tashuvchilarga ega bo'lamiz (tord-polosa).Ikkinchi holda odatdad-elektronlarning zichliklari fluktatsiyasining ta'sirida paydo bo'luvchi spin bir jinsli emaslik yoki spin to'lqinlari qarab chiqiladi.Shunday qilib,sodda qo'pol sifat modelida (Mattisen qoidasiga ko'ra1.1-rasm) o'tish Guruhi metallarining elektr o'tkazuvchanligini quyidagi ko'rinishda yozish mumkin.
Q=Qs+^d
Bu yerda, pOcm-qoldiq solishtirma qarshilik bo'lib, kristall panjaradagi nuqson bilan bog'liq va eksperemental usulda nolinchi haroratga ekstrapolyatsiyalash yo'li bilan aniqlanadi. P^OH-qarshilikning fonon tashkil etuvchisi bo'lib, o'tkazuvchanlik elektronlarining fononlardan sochilishidan paydo bo'ladi va namunaning solishtirma elektr qarshiligidan qoldiq va magnit qarshilikni oshirish yo'li bilan aniqlanadi. Solishtirma qarshilikning magnit tashkil etuvchisi namunaning solishtirma qarshiligidan p4)OHva pocm ning yig'indisini ayirish yo'li bilan topilishi mumkin. Mottas ochilishda qobiq ichidagi o'tishlardan tashqari qobiqlar orasidagi s-d o'tishlar muhim rol o'ynaydi deb faraz qildi (Mottaning s-d o'tish modeli). Bunda aynan s dan d ga o'tish sezilarli ahamiyatga ega bo'ladi.
shunday qilib, ps = pss + psd pd = Pdd + pds * pdd
Ko'pgina eksperimental ishlarda Motta modeli asosida o'tish guruhi metallarida qarshilikning konsentratsiyaga bog'liqligi tushuntiriladi [5].Jumladan,paramagnit metallar ionlarining d-qobiqlari qotishmaning boshqa komponentlari atomlari hisobigato'lishida qarshilik sezilarli kamayar ekan. Buni s-d o'tishlarning miqdori kamayishi bilan tushuntirish mumkin.
Motta modeli doirasida miqdoriy hisoblashlarni bajarishda jiddiy qiyinchiliklar paydo bo'ladi. Masalan: past haroratlarda elektronlarning sochilishida asosan kichik kvazi impulsli fanonlar ishtirok etadi.
Yuqori haroratlarda s-d o'tishlarning qarshilikka qo'shayotgan hissasi quyidagicha ko'rinishda bo'ladi: Ms va Md mos holda s va d elektronlarning nisbiy magnitlanganligi, 0D-Debay harorati. Bu formula yuqori haroratlarda o'tish guruhi metallari qarshiligi miqdorining to'g'ri tartibini beradi. Qarab chiqilgan mexanizmlardan tashqari paramagnitlar uchun harakterli bo'lgan tok tashuvchilarning spin tartibsizlikdan sochilishidan iborat bo'lgand-elektronlarning elektr qarshiligiga ta'siri hisoblanadi.Bu mexanizm o'tish guruhining magnit metallarida solishtirma qarshilikning magnitlanganlikka bog'liqligini tushuntirishda muhim rol o'ynaydi. Nazariyaning boshlang'ich nuqtasi sifatida bu yerda odatda s-d almashinuv modelidan foydalaniladi.s-d almashinuv modelida tok tashuvchilarning lokallashgan momentlar bilan ta'sirlashuvi hisobga olinadi. Ya'ni bu model faqat yaxshi lokallashgan d-elektronlar holi uchun qo'llanilishi mumkin, biroq lokalmomentlar yoki rivojlangan spinning fluktuatsiyalarini kollektivlashgan d-elektronlar tizimida ham mavjud bo'lishi mumkin. Demak, spinning s-d almashinuv modeli bu vaziyat uchun to'g'ri sochilish ehtimoli va qarshilik s-d almashinuvining Gamelton funksiyasining matritsali elementlari bilan aniqlanadi. Yuqori haroratda sodda yaqinlashishda natija quyidagi ko'rinishda bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |