1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


Pigmentning atmosfera muhitiga chidamliligi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə33/33
tarix25.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#89893
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
boysoat aka mavzu tayyor 30.01

Pigmentning atmosfera muhitiga chidamliligi suv, kislorod, nordon gazlar, ho‘llanish va qurishning almashishi, muzlash va erish kabi atmosferada yuz beradigan tabiiy jarayonlar ta’siriga uzoq muddat bardosh berishi bilan belgilanadi. Xususiy hollarda
pigmentning ishqor muhitiga chidamliligi talab etiladi. Tabiiy pigmentlar va ko‘pchilik sun’iy pigmentlar ishqoriy muhitlarga chidamli bo‘ladi. Xrom oksidi, titanli belila, grafit va sh.k. kislotali muhitlarga bardoshli bo‘ladi. To‘ldirgichlar bo‘yoq tarkiblariga pigmentlarni tejash, muayyan yangi xususiyatlar berish maqsadida kiritiladi. Ma’lum bir turdagi dispers to‘ldirgich bo‘yoqning mustahkamligini, korroziya bardoshligini, olovbardoshligi va sh.k. xususiyatlarni yaxshilashi mumkin. To‘ldirgichlar sifatida talk, kaolin, kvars, asbest, sluda, diatomit, ohaktosh, bo‘r polietilen, polipropilen, olivinilxlorid kabi termoplastik polimer kukunlari va boshqalar ishlatiladi.
Pigmentlar va to‘ldirgichlar bir-biriga tabiati jihatidan mos kelishi va polistruktura hosil qilishi bo‘yoq tarkiblarining xususiyatlarini mukammal bo‘lishini kafolatlaydi.
Yelimli bo‘yoqlar hayvon yoki o‘simlik yelimlarining suvdagi eritmasida pigmentlar va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan. Ular yuqori namlikka chidamli bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini qoplashda ishlatiladi.
Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin