1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


-Mavzu: Yelimlar va bog`lovchi tarkiblari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə30/33
tarix25.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#89893
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
boysoat aka mavzu tayyor 30.01

20-Mavzu: Yelimlar va bog`lovchi tarkiblari.
Reja:

  1. Bog‘lovchi moddalar haqida umumiy ma`lumot.

  2. Suvli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilar

  3. Yelimlar.

Bog‘lovchi moddalar
Bog‘lovchi moddalar pigment va dispers to‘ldirgichlarni o‘zaro bog‘lab yupqa bo‘yoq qatlami hosil qiluvchi komponent bo‘lib, asosga mustahkam yopishishi talab etiladi. Ular organik va mineral strukturali bog‘lovchi moddalarga bo‘linadi. Hosil bo‘lishi jihatidan
bog‘lovchi moddalar tabiiy va sintetik bo‘ladi. Organik bog‘lovchi moddalarga tabiiy va yarim tabiiy oliflar, yog‘och va hayvonlardan olingan yelimlar, polimer va sh.k.lar, noorganik bog‘lovchilarga ohak, sement, suyuq shisha va sh.k.lar kiradi. Bo‘yoq tarkiblarining asosiy fizik-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalari bog‘lovchining turi hamda xossalariga bevosita bog‘liq.
Moyli bo‘yoq tarkiblari uchun bog‘lovchilarga quriydigan o‘simlik moylari, mineral moylar, sintetik polimerlar va moy loklari kiradi. Moyli bog‘lovchilardan hosil bo‘lgan parda qatlamlarining ko‘pi bilan 24 soatgacha to‘la qurishi talab etiladi.
Oliflar tabiiy (natural) bog‘lovchi modda bo‘lib, zig‘ir, kanop kabi o‘simliklar moylariga maxsus ishlov berib olinadi. Olif atmosferadan kislorodni biriktirib quriydi va qotadi. Oliflarning qotish jarayonini tezlashtirish uchun tarkibiga sikkativlar qo‘shiladi.
Tabiiy oliflar juda mustahkam, nam va agressiv muhitlarga chidamli qoplama pardalar hosil qiladi. Ular metall, yog‘och, gips va sementli suvoq yuzalarni bo‘yash uchun sifatli tarkiblar tayyorlashda ishlatiladi. O‘simlik moylarini tejash maqsadida tabiiy oliflar
asosida yarim tabiiy oliflar tayyorlanadi. Òarkibida 55% o‘simlik moyi va 45% uayt-spirt (texnik kerosin) bo‘lgan «Oksol» olifi va 70% o‘simlik moyi va 30% uayt-spirt bo‘lgan kombinatsiyalashgan oliflar ishlab chiqariladi. Yarim tabiiy oliflar qurigach yupqaroq,
kuchli yaltiraydigan, mustahkam, ammo ob-havo sharoitiga tabiiy oliflarga nisbatan chidamsiz qoplamalar hosil qiladi. Ular normal quyuq-suyuqlikdagi moyli bo‘yoqlar olishda ishlatiladi. Bo‘yoq tarkiblari metall, yog‘och, suvoq yuzalarni bezashda ishlatiladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin