1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


Sun’iy (uyg‘unlashgan) oliflar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə31/33
tarix25.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#89893
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
boysoat aka mavzu tayyor 30.01

Sun’iy (uyg‘unlashgan) oliflar o‘simlik moylari qo‘shilmasdan yoki 35% gacha qo‘shilib, neft va boshqa organik xomashyolar asosida olinadi. Sun’iy oliflarga gliftalli, pentaftalli, perxlorvinilli va boshqa oliflar kiradi. Gliftalli oliflar zig‘ir moyi, ftalli angidrid va glitsirinni harorat bilan ishlov berish natijasida olinadi. Sun’iy oliflar ob-havo ta’siriga nisbatan chidamsiz va rangi qoramtir bo‘ladi. Ular asosida xona ichida ishlatiladigan metall, yog‘och va suvoq yuzalarni bezashga yaroqli bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda ishlatiladi.
Moyli loklar tabiiy va sun’iy smolalarni erituvchilar hamda sikkativlar qo‘shilgan o‘simlik moylarida eritib olinadi. Loklarga erituvchilar zarur qo‘shib bo‘lgan konsistensiyaga erishiladi. Moyli loklar atmosfera muhiti ta’siriga chidamli bo‘lgan bo‘yoq tarkiblarini tayyorlashda ishlatiladi. Moyli bo‘yoq tarkiblari olishda sintetik bog‘lovchilarning ishlatilishi o‘simlik moylarini tejaydi va xossalarini yaxshilaydi. Sintetik bog‘lovchilarga turli polimer materiallar kiradi. Polimer bog‘lovchilar asosida loklar, emallar, pastalar, mastikalar, suvli dispersiyalar olinadi.
Suvli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilar mineral, hayvon va o‘simliklar yelimlari asosida olinadi. Mineral bog‘lovchilar sifatida portlandsement, oq va rangli sementlar, ohak, suyuq shisha kabilar ishlatiladi. Ohak va silikat bo‘yoqlar bilan binolarning fasadi va ichki tomoni bo‘yaladi.
Yelimlar. Hayvonot dunyosi chiqindilari va o‘simliklardan tayyorlanadigan sun’iy va sintetik yelimlar suvli bo‘yoq tarkiblari olishda ishlatiladi. Hayvon yelimi suyak va mezdra (go‘shtparda) yelimiga bo‘linadi. Yelim plitka, donachalar va kukun holda ishlab
chiqariladi. Yelim nam tortib buzilmasligi uchun quruq joyda saqlanadi. Kazein yelimi kazein, so‘ndirilgan ohak va mineral tuzlar aralashmasidan iborat bo‘lib, suv bilan massaga ko‘ra 1:2 nisbatda aralashtirilganda bir jinsli eritma hosil bo‘ladi. Kazein yelimi
gruntlash va shpaklovka tarkiblari tayyorlash uchun ishlatiladi. O‘simlik yelimi kraxmal, dekstrin, un va o‘simlik ildizlari quritilgan qismlarini qaynoq suvda qorishmasidan tayyorlanadi. Yelim bo‘yoq, grunt, shpaklovka tarkiblari olishda, gulqog‘ozlarni
yelimlashda ishlatiladi. Sintetik yelim natriyli karboksilmetilselluloza (KMS) va
metilselluloza smolalarning suvdagi qorishmasidan tarkib topgan. Ular yelimli va mineral bo‘yoqlar tayyorlashda, gulqog‘ozlarniyelimlashda ishlatiladi. Polivinilasetat emulsiyalari polivinilatsetat polimerini suvdagi yoki suv-spirtdagi suyultirilgan yelimlari bo‘lib, ular asosida mastika va shpaklovka tarkiblari tayyorlanadi. Moyli emulsiyalar olifdan, ohak sutidan va hayvon yelimi eritmasi va boshqalar asosida maxsus apparatlarda olinadi. Emulsiya bevosita ishlatilishdan avval tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin