1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


Pigmentlar va to‘ldirgichlar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə32/33
tarix25.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#89893
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
boysoat aka mavzu tayyor 30.01

Pigmentlar va to‘ldirgichlar
Pigmentlar bo‘yoq tarkiblariga rang berish, fizik-mexanik xossalarini yaxshilash, atmosfera va korroziya muhitiga bardoshliligini oshirish maqsadida qo‘shiladi. Pigmentlar suvda, moyda va boshqa erituvchilarda erimaydigan quruq kukunlardir. Ular bo‘yoq tarkiblarga rang berishdan tashqari to‘ldirgich vazifasini o‘taydi. Pigmentlar kelib chiqishiga ko‘ra mineral va organik, olinishiga nisbatan tabiiy va sun’iy klasslarga bo‘linadi . Tabiiy mineral pigmentlar tog‘ jinslarini, tuzlarni kukunlab,
elab olinadi. Sun’iy mineral pigmentlar mineral xomashyoga termik ishlov berib tayyorlanadi (kuydirilgan oxra, umbra) yoki metall oksidlari asosida olinadi (ruxli belila, titanli belila va boshq)
Hozirgi kunda oq pigmentlar ichida titan dioksidi belilasi zararsizligi va xususiyatlarining noyobligi bilan ajralib turadi. Litopon va ruxli belila bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda keng miqyosda ishlatiladi. Pigmentlar odatdagi kukun holatidan tashqari konsentrlangan pasta, emulsiya, mikrokapsula ko‘rinishida olinadi. Qo‘rg‘oshinli belila asosida bo‘yoq tarkiblarini turarjoy, ma’- muriy, maishiy binolarda ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Pigmentlarning dispersligi, yopuvchanligi, ranglash kuchi, nurga chidamliligi, moy sig‘imi, atmosfera va ishqor muhitiga bardoshliligi asosiy xossalarini va ishlatilish sohalarini belgilaydi.
Pigmentning dispersligi bo‘yoq tarkiblarining xossalarini belgilovchi ko‘rsatkichdir. Disperslik ortgan sari pigmentning yopuvchanligi, ranglash kuchi va moy sig‘imi oshib boradi. Pigmentning tarkibi bir-birini to‘ldiruvchi fraksiyalardan iborat, ya’ni polidispers bo‘lsa, bog‘lovchining sarfi kamayadi va sifatli bo‘yoq qoplamasi hosil bo‘ladi.
Pigmentning yopuvchanligi 1m2 yuzani qoplash uchun bo‘yoq tarkibidagi pigment (g) sarfi bilan o‘lchanadi. Pigmentning ranglash kuchi oq pigment bilan aralashtirilganda rangli tus berish xossasi bilan belgilanadi. Pigmentlarning yopuvchanligi va ranglash kuchi ularning turiga, tabiatiga va dispersligiga bog‘liq. Pigmentning nurga chidamliligi ultrabinafsha nurlar ta’sirida uzoq muddat rangini saqlab qolish xususiyati bilan ifodalanadi. Odatda, tabiiy mineral pigmentlar nur ta’siriga chidamli bo‘ladi, organik pigmentlar esa ultrabinafsha nur ta’sirida vaqt davomida rangi va xususiyatlarini o‘zgartiradi. Pigmentning moy sig‘imi 100 g pigmentni pastasimon holatga keltiruvchi olif miqdori (g) bilan o‘lchanadi. Uning moy sig‘imi dispersligiga va kukun donachalarining mikrog‘ovakligiga bog‘liq.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin