1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə15/33
tarix25.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#89893
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
boysoat aka mavzu tayyor 30.01

Moy-bitumli lokning tarkibida bitumdan tashqari, quriydigan moy ham bo'ladi.Mazkur lokning xossalari sof bitumli loklarga nisbatan qayishqoqligi va chidamliligi bilan farq qiladi.Moy-bitumli loklarning erituvchilari qatoriga benzol, toluol va skipidarni kiritish mumkin. Bu loklar transformator chulg'amlarini shimdirishda ishlatiladi.
Moy-qatronli loklar tarkibida tabiiy va sintetik qatronlar bo'lib, qayishqoqligi,yelimlash xususiyati, kam gigroskopikligi va issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu moylar transformator chulg'amlarini qoplashda ishlatiladi, hosil bo'lgan qoplama chulg'amni moy kislota bug'laridan yaxshi himoya qiladi.
Loklar harf va raqamlar bilan belgilanadi. Harflar lokli asosning tarkibini, birinchi raqam lokning qaerda qo'llanilishini, keyingi raqamlar esa lokning muayyan turini bildiradi. Elektr izolyatsiyasida ishlatiladigan, shimiladigan loklarga fenolli (FL-98),poliuretanli (UR-9144), kremniy-organikli (KO-964) va moy-gliftalli (GF-95) loklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Ko'pgina loklarni tayyorlash jarayoni murakkab bo'ladi. Bunda,avvalo,lokli asos
tayyorlab olinib, so'ngra u erituvchida eritiladi va mazkur eritmadan turli qo'shimchalar chiqarib yuboriladi.
Elektr izolyatsiya kompaundlari shimiluvchi va quyiluvchi turlarga bo'linadi,ular loklardan o'z tarkibida erituvchilarning yo'qligi bilan farq qiladi. Sintetik polimerlar (poliefirstirol, poliefirakrilat, metalkrilat, poliuretan, epoksid, kremniy-organik moddalar) asosidagi kompaundlar keng qo'llanilmoqda. Ko'rsatilgan polimerlar ichida eng ko'p ishlatiladigan iepoksid qatroni va uning modifikatsiyalari asosidagi kompaundlardir.
Shimiluvchi va quyiluvchi kompaundlarni to'g'ri qo'llash orqali yuqori kuchlanishli konstruksiyalarning hajmini anchagina ixchamlashtirish mumkin.
Elektrtexnikada kompaundlar elektr mashina, transformator va slyudali materiallarga shimdiriladi,radioshema, asbob va uskunalar qismlariga quyiladi.
Tarkibidagi bog'lovchining turiga qarab, kompaundlar,asosan,uch guruhga (epoksid qatroni asosidagi, poliefir qatroni asosdagi, poliuretanli) bo'linadi. Tarkibiga ko'ra kompaundlarning sovuq yoki issiq sharoitda qotadigan xillari bo'ladi. Kompaund tarkibiga to'ldiruvchi kiritilishi natijasida uning mexanik va elektrik xossalari o'zgaradi.Tolali yoki kukun ko'rinishidagi to'ldiruvchilar kompaundning mexanik xossalarini o'zgartirib, kompaund asosidagi jismning siqilishga bo'lgan mustahkamligini oshiradi. Bunda jismning issiqlik o'tkazish koeffitsienti ortib, chiziqli
Kompaundga ba'zi to'ldiruvchilar (fosfat,surma)qo'shilishi natijasida uning yong'inga chidamliligi ortadi. Agar kompaundga grafit yoki temir kukuni aralashtirilsa,u holda elektr o'tkazuvchanlik yuzaga kelib, statik zaryad bartaraf etiladi. Kompaundlar ishlatish joyida tayyorlanadi. So'nggi paytda bir yoki ikki komponentli kompaundlar ishlab chiqarish keng yo'lga qo'yildi. Ikki komponentli kompaundlarda komponentlarni bir-biriga aralashtirish orqali kerakli miqdordagi kompaund tayyorlab olinadi. Sanoat sharoitida kompaund tayyorlash uchun uzluksiz ishlaydigan aralashtirgichlardan foydalaniladi. Kompaundlardan jismlarni shimdirish, to'latish yoki zichlashda foydalaniladi. Shimdiriladigan jism vakum yoki bosim ta'sirida kompaundga botirib olinadi. Shimdirish usuli esa suyuqlikni markazdan qochma kuch ta'sirida hamda tomchi holatida yuborish orqali amalga oshiriladi. Yuqori kuchlanishda ishlaydigan
İzolyatsiyaga kompaund vakuum ostida yuboriladi. Quyish ishlarida metall yoki ftor oplastdan tayyorlangan qoliplar ishlatiladi. Kompaundni quyishdan avval metall yuzasiga Koka uchungina 7% li eritmasi surtiladi. Kukun holatdagi kompaund konstruksiya yuzasiga elektrostatik maydon yoki uyurma tebranish usullari orqali qoplanadi. So'ngra yuqori harorat ta'sirida yuzadagi kompaund eritilib, bir tekis silliq qoplama hosil qilinadi. Issiqlik ta'sirida qotadigan shimiluvchi kompaundlarga ED-16 navli qatron asosidagi D1, D3, D36, D112, EPK-16, EPSK, UP-5 -105, UP-592 navli har xil qotiruvchi va plastifikatorli kompaundlar kiradi. Ba'zi epoksidli kompaundlarning dielektrik va mexanik xossalari quyidagicha: r=10 Om^m; cho'zilishdagi mustahkamligi 60-90 MPa; urilish qovushqoqligi 11-20 kJ/m2.
Issiqlik ta'sirida qotadigan, quyiluvchi kompaundlarga ED-16 qatroni, qotiruvchi sifatida - malein angidridi, to'latuvchi sifatida kvars qumi yoki kalsiy ftoridi ishlatiladi.Kompaund komponentlari bir-biriga ma'lum ketma-ketlikda va aniq miqdorda qo'shib,aralashtiriladi. Tayyorlangan suyuq holatdagi kompaund qoliplarga quyiladi. Kompaund qotgandan so'ng yaxshi elektrik va mexanik xossalariga ega bo'ladi. Bunday konstruksiyali izolyatsiya moy, namlik yoki suv ta'siriga chidamli bo'ladi. Ana shu xossalari tufayli kompaundlarni zichlovchi moddasi sifatida qo'llash mumkin. Ularga PEK-18, PEK-19, PEK-20, PEKL-19 navli kompaundlar misol bo'ladi. Bu kompaundlar po'lat yuzasiga yaxshi yopishadi, polivinilxlorid va kabel rezinasi bilan yaxshi birikadi.
KP-18,KP-34,KP-50 navli poliefir kompaundlaridan elektr uskunalarining chulg'amlarini shimdirishda foydalaniladi. KP-101 va KP-103 navli kompaundlardan esa murakkab elektr uskunalarning chulg'amlarini shimdirishda foydalaniladi.
MBK, KM-9 navli metakril kompaundlari namlik ta'siriga chidamli bo'lib, tashqi atmosfera sharoitida yorilmaydi. Bu kompaundlar boshqa materiallar bilan yaxshi birikib,toj yoki elektr razryad ta'siriga chidamli bo'lishi bilan birga organik erituvchilarda erimaydi. KM-9 navli kompaund yaxshi zichlovchi kompaundlar qatoriga kiradi.
B-PE-9128 navli kompaund elektr mashina va apparatlari chulg'amini shimdirishda, B-ID-9127 navlisi esa maxsus asinxron dvigatel, transformator chulg'amlarini shimdirishda ishlatiladi. SPP- BI navli kompaund shisha tolalarini bog'lovchi sifatida ishlatiladi.
MFVG-1, MFVG-3 navli KO kompaundlari issiqlik ta'sirida va katalizator yordamida qotadi. Bu kompaund o'zining izolyatsion xossasi yuqoriligi va issiqlik ta'siriga chidamliligi (250-260oC) bilan ajralib turadi. U qayishqoqlik xossasini - 60OC gacha saqlaydi. Xamir simon zichlovchi kompaundlarning KL turi uch: KLT- 30, KLSE-305,KLF-120 navda ishlab chiqariladi. Ularning saqlanish muddati 6 oy bo'lib, moslama va uskunalarni zichlashtirishda ishlatiladi.
Lok va kompaund shimdirilgan g'ovaksimon izolyatsiya materiali yaxshilab quritiladi, so'ngra unga yana lok shimdiriladi yoki qoplanadi, keyin esa ikkinchi bosqichli quritish amalga oshiriladi va lok tarkibidagi erituvchi moddalar chiqarib yuboriladi. Termoreaktiv lok yoki kompaundlar issiqlik ta'sirida quritiladi. Loklash,odatda, loklanadigan qism quritkichda ma'lum muddat (masalan, elektr chulg'amini 100-110oCda5-10soat) ushlab turilgandan so'ng olinib,biroz sovitiladi.(60-70oC gacha) va lokli idishga botiriladi. Qism idishda havo pufakchalari ajralib chiqishi tugaguncha ushlab turiladi. So'ngra olib, quritiladi. Namga chidamli mashina izolyatsiyasiga lok yoki kompaund bir necha marta beriladi. Detallarni lok yoki kompaund bilan qoplash suyuqlikni yuzaga quyish,tomizish,purkagichda sepish,mo'y qalamda surtish kabi usullarda amalga oshiriladi. Quritish jarayoni termostatda, avtoklavda, infraqizil nur,yoritish chiroqlari va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.


Loklimatolar

Elektr izolyatsiya loki shimdirilgan, egiluvchan ip-gazlama yoki shoyi matolar lokli matolar deyiladi. To'qilgan mato, asosan, mexanik mustahkamlikni ta'minlasa,undagi lok pardasi esa materialning elektr mustahkamligini ta'minlaydi. Lokli matolar elektr mashinasi va asboblar izolyatsiyasida, chulg'am, o'rama, qistirma va hokazo ko'rinishdagi kabel mahsulotlarida keng qo'llaniladi.Loklangan shoyi loklangan ip gazlama matoga nisbatan yupqa, nafis bo'lib, kichik hajmli elektr asboblari ishlab chiqarishga imkon yaratish bilan birga, yuqori elektr mustahkamlikni ham ta'minlaydi. Mazkur loklangan matolarning yuqori ish harorati 105OC ga tengdir. So'nggi paytlarda kapron va shisha tolalari asosidagi lokli matolar ham elektr izolyatsiyasida keng qo'llanilmoqda.
Ochiq rangli lokli matolarning ip-gazlama asosidagisining elektr mustahkamligi 35-50 MV/m, shoyi asosidagisiniki 55-90 MV/m. zichligi mos ravishda birinchisida 1100kg/m3,ikkinchisida 900-1000kg/m3gateng. Ochiq rangli loklangan matolar organik erituvchilar ta'siriga chidamli, lekin issiqlik ta'sirida eskirishi mumkin. Qora rangli loklangan matoning gigroskopikligi kichik bo'lib, organik erituvchilar ta'siriga chidamsizdir. Loklangan matolar eni 700-1050 mm bo'lgan o'ramlar holida ishlab chiqarilib,ularning qalinligi: ip-gazlama matolarda 0,15-0,30 mm, shoyi matolarda 0,04-0,15 mm,kapronda0,10-0,15 mm atrofida boladi.
Mahsulotning tannarxini pasaytirish maqsadida ip-gazlama va shoyi materiallar loklangan qog'oz bilan almashtiriladi. So'nggi paytlarda uskunalar izolyatsiyasida loklangan mato yoki loklangan qog'oz o'rniga sintetik plyonkalar ishlatilmoqda.

Nazorat savollari





  1. Moyliloklarnitushuntiring




  1. Loklimatorlarhaqidatushunchabering




  1. LokvaKompaundlargata’rifbering.

10-mavzu: Slyudali materiallar.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin