1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


Bronzalarning markalanishi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə23/33
tarix25.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#89893
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
boysoat aka mavzu tayyor 30.01

Bronzalarning markalanishi .Bronzalar GOST 613-79 bo‘yicha Br harflar va raqamlar bilan quyidagicha markalanadi.Masalan, Br All J6 Nb,bu yerda Br bronzaligini, A qotishmadaA alyuminiy11%,J temir 6%,N nikel 6% ligini bildiradi, qolgan qismi esa misdan iborat bo‘ladi.
Bronzalar ham texnologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan va quymalar olinadigan bronzalarga ajratiladi. Bosim bilan ishlanadigan bronzalar (Br OSCN 3- 75-l, Br OSS5-5-5 va bosh-qalar)dan listlar, sterjenlar, truba va boshqalar olinadi. Quyma bronzalar (Br AJ 9-4L-Br OF 10-l va boshqalar) dan vint,vtulka,chervyak va boshqa detallar buyumlari quyish yo‘li bilan olinadi.


Alyuminiy qotishmalari


Alyuminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan brikmalari alyuminiy qotishmalari deyiladi.Alyuminiy qotishmalarining puxtaligi,texnologik xossalarining yaxshiligi,korroziya bardoshligi, termik ishlovlarga beriluvchanligi kabi o‘ziga xos xusu-siyatlariga ko‘ra ular radiotexnikada, kabel sanoatida,aviasozlikda keng qo‘llaniladi.Alyuminiy qotishmalarining texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ularning bosim bilan ishlovlariga beriladigan qotishmalari yuqori plastiklikka (40% gacha) ega bo‘ladi.Bu qotishmalarga, masalan, AMs,AMg2, Amg 5 markalari kiradi.
Alyuminiyning magniy qotishamlarida magniyning miqdori 6% dan oshmaydi. Bu qotishmalar termik ishlovlar bilan puxtalanmaydi,termik ishlovlar natijasida puxtalanadiganlariga dur alyuminiy hamda aviallarni ko‘rsatish mumkin.
Quyma qotishmalarining GOST 2685-75 bo‘yicha Al,AL2,AL3 va boshqa markalari bo‘lib,ulardan turli shaklli quymalar olinadi. Quymalar olishda keng ko‘lamda foydalaniladigan qotishmasi evtektik qotishma bo‘lib, unga silumin deyiladi.
Alyuminiy qotishmalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Alyuminiyning kremniyli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida kremniyning miqdori 4-13% gacha bo‘lib, undan tashqari ma'lum miqdorda boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi qotishmalar quyilish xossalarining yuqoriligi, oson kesib ishlanishi, payvandlanishi, qoniqarli mexanik xossalari bilan xarakterlidir. Masalan,dvigatel silindr bloklari, karterlari,kompressor korpuslari va boshqalar bu qotishmalardan tayyorlanadi.

Alyuminiyning quyma qotishmalarining 37 ta markasi bo‘lib,ular haqida ma'lumotlar tegishli GOST larda berilgan.


  1. Yüklə 1,05 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin