1–Mavzu: Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


-mavzu. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish



Yüklə 245,19 Kb.
səhifə39/41
tarix02.01.2022
ölçüsü245,19 Kb.
#41102
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
1–Mavzu Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qu

12-mavzu. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

R e j a :

    1. Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning tuzilishi va tarkibi.

    2. Nodavlat, notijorat va jamoat birlashmalari tushunchasi. Uning ma’no va mazmuni.

    3. Ko‘ppartiyaviylik- demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti.

O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning jamiyatni

demokratlashtirishdagi o‘rni.



    1. O‘zbekistonda «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiyasining

amalg oshirilishi fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti.
1. Fuqarolik jamiyati institutlari dastlab o‘zini-o‘zi boshqarish va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo‘ladi. XX asr o‘rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokr atik jamiyatning muhim asosiy institut laridan biriga aylandi. Shunga ko‘ra nodavlat, notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik jamiyatning muhim, asosiy institutlaridan biri ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarga ehtiyoj sezilmoqda. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. I.A.Karimovning «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» nomli ma’ruza sida mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari ni belgilab berildi. «Beshinchi ustuvor yo‘nalish fuqarolik jamiyatini shakllanti rishning muhim sharti, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki, bu-kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir.

Mamlakatda XXI asr boshlarida «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» dasturini amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, Markaziy davlat organlarining ayrim kafolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini -o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlash tirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo‘nalishlarda islohot bosqichma-bosqich amalga oshmoqda.



Birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati va bilimi yuksak darajada bo‘lishiga erishish, ularning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatiga alohi da e’tibor berish:

ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg‘unlashuvi jarayonlarini shakl lantirish, jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish:


Yüklə 245,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin