11-mavzu. Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini-o‘zi
boshqarish institutlarining demokratlashuvi.
R e j a :
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining o‘rni.
2. Mahalla – fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish negizi sifatida.
3. Islom Karimov O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari va ularni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
1. Rivojlangan demokratik mamlakatlarda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab davlat boshqaruvining nomarkazlashuvi natijasida o‘zini-o‘zi boshqarishi organlari jamiyatning asosiy institutlaridan biriga aylandi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (G‘arbda munitsipal) deyiladi. U yoki bu ma’muriy hududiy birlilardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi, shuningdek, saylangan organlar va ularning ma’muriyatlari tomoni dan amalga oshirilayotgan, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni bajarish tushuniladi.
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish nazariyasi dastlab XVIII asrning ikkinchi yarmida G‘arbiy Evropada paydo bo‘lgan. Uning tabiati va jamiyatdagi o‘rni mahalliy hokimiyatlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolar tomonidan saylanish prinsipi g‘oyalari bilan bog‘liqdir. 1985 yil 15 oktyabrda Evropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risidagi Evropa hartiyasi”ning 3-modda sida bu tushuncha quyidagicha ifodalangan “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ning o‘z mas’uliyatida mahalliy aholi manfaatlari asosida, qonunlar doirasida uning davlat ishlarining aksariyat qismini boshqarishni va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi.
Bu huquqlar erkin, yashirin, teng to‘g‘ridan to‘g‘ri umumiy saylovlarda saylangan a’zolardan iborat kengashlar yoki majlislar o‘zlariga hisobot berib boruvchi ijroiya organlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar fuqa-rolar majlislariga, referendumlarga yoki fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishining qonun yo‘l qo‘ygan boshqa shakllariga murojaat etishni istisno etmaydi.
G‘arb jamiyatshunos olimlari mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga doir tushunchalari ning naza riy jihatlarini ham ishlab chiqqanlar. Unga binoan “mahalluf boshqaruv” deganda davlat boshqaruvidan quyidagi barcha daralarni “mahalliy hokimiyat” deganda va saylangan kengash va uning ijroiya organlari vositasida o‘z saylovchilari manfaatlari ni ifoda etuvchi va harakat qiluvchi tashkilotlar tushuniladi. Shuningdek “mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish esa milliy boshqa ruvdan quyi darajadagi demokratik avtonom birliklarning mahalliy aholi manfaatlari asosida jamoatchilik muommalarini aksa riyat qismini muvoflashtirishi va boshqarishidir.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti davlat boshqaruvi tizimini demokratik tarzda tubdan yangilash, uch ming yillik milliy davlatchiligimiz tarixida mavjud ilg‘or an’anaviy boshqaruv usullari ni yangi sharoitda amaliyotga joriy etish yo‘lida dadil ijodkorlik yo‘lini tanladi. Shunday tarixiy an’anaviy boshqaruv usullaridan biri-fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishdek milliy an’anani qaytadan tiklashni, siyosiy-ijtimoiy va ma’naviy barqarorlikning kafolati, deb bildi. Shuning bilan u milliy o‘zini-o‘zi boshqaruv instituti asl mazmun maqomi bilan tub demokratik qadriyatlarga favqulodda uyg‘un kelishini birinchi bo‘lib, anglagan edi. Shu bois I.A.Karimov istiqlolimizning dastlabki yilida biz endi o‘zini-o‘zi boshqaruv usulini keng joriy qilamiz. Mahalla, qishloq o‘zini-o‘zi boshqarishi, mustaqil bo‘lishi zarur. Faqat bu beboshlik, bo‘ysunmas lik, degani emas. Har qanday rahbar, har qanday Kengash va har qanday mustaqil kishi xalq oldida, yurt oldida mas’ul va javobgardir, degan qoidadan kelib chiqishi shartli gini maxsus ta’kidlagan edi.
Birinchi Prezidentimizning olg‘a surgan bu g‘oyalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ning loyihasini tayyorlashda ham inobatga olindi. Prezidentning siyosiy nazariyasida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari haqidagi qarashlar, asosan, besh yo‘nalish da, o‘z aksini topdi.
Dostları ilə paylaş: |