Birinchidan, O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lib, uning ko‘pgina hududlarida ishlab chiqarishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda:
Ikkinchidan, mamlakat aholisining 65 foizi qishloqda yashaydi. Agrar sohaning yaxshi rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga muhtoj oilalarning ko‘pligiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo‘yadi.
Uchinchidan, mamlakat aholisi orasida yoshlar katta salmoqqa ega, bu esa yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi orqali muhofaza qilishni talab etadi. Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shaxs o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon qila olishi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratish, bunda ularning farovon turmush kechirishlariga erishish jarayonida to‘liq namoyon bo‘ladi.
Inson taraqqiyotini hayot darajasigina emas, balki hayot sifati ham belgilaydi. Hayot sifati esa inson yashaydigan, mehnat qiladigan va bo‘sh vaqtini o‘tkazadigan sohalarda shakllanadi. Ijtimoiy infrastruktura inson hayotida kuchli ta’sirga ega. Sog‘liq ni saqlash shunday sohalardan biridir. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab Prezidentimiz tashabbusi bilan «Sog‘lom avlod uchun» umumxalq harakati boshlangan edi. Sog‘lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va o‘zining natijalarini bera boshladi.
Insonning jamiyatga foyda keltirishi ko‘p jihatdan uning hayoti qanday ta’minlanganligiga bog‘liq. Dastavval, har bir oila o‘z turar joyiga ega bo‘lishi kerak. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloq joylarini gazlashtirish kabi murakkab muammolarning hal qilib borilishi ham insonga munosib hayotni ta’minlashga qaratilgandir.
Hozirgi zamonda aholini ijtimoiy himoya qilishning qator modellari mavjud. Ulardan biri Skandinaviya mamlakatlarida (Finlyandiya, Shvetsiya) qo‘llanilayotgan sotsial-demokratik model bo‘lib, bunday modelga ko‘ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
Neoliberal modelga ko‘ra (AQSH) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbir korlar va kasaba uyushmalari bajaradilar.
Neokonservativ modelga ko‘ra (Germaniya) ijtimoiy himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi.
O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot asosan davlat byudjeti hisobidan tashkil etilgan bo‘lib, bu tizim qator rivojlangan chet el davlatlarining ijtimoiy tizimidan qolishmaydi.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yordamdan tashqari, respublikamizda norasmiy ijtimoiy yordam ko‘rsatishning an’anaviy qadriyat turlari ham mavjudki, ularning negizini qarindoshchilik, qo‘shnichilik, mahallachilik, yoru birodarchilik udumlari, ya’ni xalqimizning milliy urf-odatlari tashkil etadi. Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo‘jaliklar hamda boshqa tadbirkorlik tashkilotlaridan fuqarolar pensiyasiga qo‘shib berilayotgan qo‘shimchalar, muhtojlarga ko‘rsatilayotgan otaliq yordamlari, bayram va hayit kunlari bemorlarni ziyorat qilish, turli xayr-ehsonlar ham milliy urf-odatlarimizning zamonaviy ko‘rinishlaridir. Bulardan tashqari, ijtimoiy yordam ko‘rsatishda nodavlat jamoat birlashmalari va xayriya tashkilotlari ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi o‘ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi. 1991 yilda sobiq totalitar tuzum inqirozga uchragach, uning o‘rnida vujudga kelgan yangi mustaqil mamlakatlar demokratiyaga asoslangan jamiyat barpo etishda turli yo‘llarni tanladilar.
Birinchisi, Evropa va Amerika davlatlari tajribasida sinab ko‘rilgan «Falaj qilib davolash» yo‘li edi. Ko‘pgina mamlakatlar ushbu «tezkor» yo‘lni tanladilar. Bu mamlakatlarda mustahkam qonunlar majmui ishlab chiqilmasdanoq, jamiyatni keskin tarzda demokratlashtirish ga o‘tildi. Oqibatda, bu o‘z navbatida ko‘plab murakkab muammolarni keltirib chiqardi.
Ikkinchi yo‘l-jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish yo‘li bo‘lib, bunda O‘zbekiston tashabbuskor bo‘ldi. O‘zbekistonda avval qonunlar majmui yaratildi, so‘ng bozor infrastruk turasi tizimini shakllantirishga e’tibor qaratildi va iqtisodiyotni isloh qilishga kirishildi. Natijada, jamiyat keskin ijtimoiy larzalarni chetlab o‘tdi. Bu, birinchi navbatda, ijtimoiy himoya tizimiga ham tegishli edi. Aytaylik, 1992 yilda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang holatda edi. Shunday sharoitda kam ta’minlangan fuqarolar davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilinishi zarurligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bu siyosat davlatning islohotchilik roliga tayangan holda amalga oshirildi. Shu tariqa bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlat nazoratining bo‘lishi ijobiy natijalar berdi.
Dostları ilə paylaş: |