Международный научный журнал
№
10
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Мая
, 2023
159
O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI
Ochildiyeva Qirmizoy Mengziya qizi
Rus va qardosh tillar fakulteti 4-bosqich talabasi
Termiz Davlat Universiteti
Annotatsiya:
Aslida mustaqil O`zbekiston hududida, aniqrog`i ko`hna Turon zaminida
bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab
chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo
qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina so`nggi mustamlaka yillarida chor
Rossiyasining, sho`rolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o`tkazadigan laboratoriyasiga
aylanib qolgan edik xolos
Kirish so’z:
Soliq siyosati, Soliq elementlari, konsepsiya, Soliq siyosati taktikasi , bozor
iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlar
Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish
uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari
yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar
ishlab chiqargan ajoyib
mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol
almashgan.
Endi bunday tajriba maydoni rolini o`ynovchilikdan qutildik, o`zimizning
milliy
an`analarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O`zbekiston tanlagan yo`l
bozor iqtisodini shakllantirishdir.
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari
yurtboshimiz I.A.Karimov
tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha:
-iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o`ziga
xos ichki qonunlarga
muvofiq rivojlanmog`i kerak:
-davlat bosh islohotchi o`rnida bo`lib, uning yo`nalishlarini belgilab beradi va amalga
oshiradi:
-bozor munosabatlariga o`tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan
qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning
kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish;
-bozor iqtisodiyotiga o`tish evolyusion yo`l bilan,
bosqichma-bosqich amalga
oshirilmog`i zarur.
Bozor munosabatlariga o`tishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib,
uning
tub maqsadi-markazlashtirilagan, ma`muriy buyruqbozlikka
asoslangan iqtisodiyotdan
bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tishdan iboratdir.
Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq
qiladi.