часть
1
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
160
O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi
bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini
shakllantirishga qaratildi.
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari
Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik
mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish
etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
- iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga
muvofiq rivojlanmog‘i kerak;
- davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
- bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq
tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;
- bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli
ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;
- ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi
tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolutsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi zarur.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat ma’suliyatli va
murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning
boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab
olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan
iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan
iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-
bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish
davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy
buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor
munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning
g‘oyat muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berildi:
- o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
- qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va
yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan
quvvatlanib tan olindi.