часть
1
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
162
shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib
borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.
Aloqa,
transport,
geologiya
qidiruv
yoqilg‘i-energetika
komplekslari
xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘-kon
sanoatida 51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.
1994-yil oxirigacha 54.000 korxona mulk shaklini o‘zgartirdi. Xususan, 34%-xususiy,
48% aksiyadorlik, 16%-jamoa, 1% ijara xo‘jaligiga aylandi. Iqtisodiy islohotlarning borishi,
uning to‘rt yil davomidagi muvaffaqiyatlari va muammolariga respublika Oliy majlisining IV
sessiyasi (1995-yil dekabrda) va Vazirlar mahkamasining majlisida (1996-yil fevral),
Prezident I.A. Karimovning nutqlarida keng yoritildi.
1995-yil mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili bo‘ldi. Eng
muhimi islohiy jarayonlarga kishilarimizning ishonchi ortdi. Ishlab chiqarishning pasayishi
keskin to‘xtadi, jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy barqarorlik yuz berdi. Moliyaviy
vaziyat o‘nglanib, inflyatsiyani 1994-yilga nisbatan uch barobar kamaytirishga erishildi.
Narxning o‘sishi yil boshida 16,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxirida 2,2 foizni tashkil qildi.
Valyuta bozorida joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 11 marta ko‘p, ya’ni 1,3 mlrd dollar sotildi.
Ichki yalpi mahsulot 1995-yilda 1994-yilning darajasiga nisbatan 96 foiz o‘rniga 98,8
foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad 98,5 foizga yetdi. Sanoat ishlab
chiqarish hajmi shu yili o‘tgan yilga nisbatan 100,2 foizga teng bo‘ldi.
Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni
ta’minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratilgan. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida, Respublika
Prezidentining farmonlarida, xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga moliyaviy yordam
ko‘rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy-texnika va xom
ashyo resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘maklashish nazarda tutilgan.
Ana shu sa’yi harakatlar natijasida 1995-yil o‘rtasida Respublika xalq xo‘jaligida
30770 kichik korxona va kooperativ, 20115 xususiy korxona ishlab turdi. 15600 fermer
xo‘jaligi tashkil etildi, ularga 200 ming gektarga yaqin yer biriktirib berilgan bo‘lib, 67,5
ming kishi mehnat qilmoqda edi. Fermer xo‘jaliklarining tasarrufida 190 mingga yaqin
qoramol va boshqa hayvonlar mavjud. 1995-yilning faqat birinchi choragidagina fermer
xo‘jaliklari tomonidan o‘tgan yilning tegishli davridagiga nisbatan ikki barobar ko‘p go‘sht
va sut mahsulotlari tayyorlandi.
Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma tomonidan
respublikaning 187 tuman va shaharida bank bo‘limlari ochildi. 1994 yili va 1995-yilni olti
oyida kichik va ijara korxonalariga, shuningdek shirkatlarga va tadbirkorlarga jami 1.222.3
million so‘m miqdorda kredit berildi.
Ikkinchi
bosqichda
I.A.
Karimovning
“O‘zbekiston
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish yo‘lida” (1995-yil) asarida qo‘yilgan choralarni, xususan, xususiylashtirish
va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiy tarkibiy-strukturasini
tubdan o‘zgartirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. 2000 yilda xususiylashtirish davlat