1–mavzu: Raxbar va raxbarlik sifatlari. Liderlik va boshqaruv


Rahbarning jamoa a’zolariga axloqiy ta’siri



Yüklə 72,09 Kb.
səhifə4/12
tarix05.12.2023
ölçüsü72,09 Kb.
#172609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1–mavzu Raxbar va raxbarlik sifatlari. Liderlik va boshqaruv-fayllar.org

3. Rahbarning jamoa a’zolariga axloqiy ta’siri.
Har qanday jamoa ma’lum muddatidan keyin o’z faoliyatida jamoa a’zolariga tanish, aniq axloqiy normalarga tayanib faoliyat ko’rsatayotganini sezadi. Bu jamoadagi ba’zi an’analarning, ma’lum kishilarning obro’e’tibori, ularning ko’rinishi yoki qaysidir bir faoliyatga ijobiy yoki salbiy fikr bildirishi va o’sha shaxs shunday fikr bildiradi, deb oldindan ma’lum yo’nalishda faoliyatni boshqarishdir.
Jamoaga ishga olinayotgan xodimning temperamenti, xulqi, mayllari va qobiliyati, axloqiy qadriyatlari va boshqa sifatlarini oldindan o’rganish rahbar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki jamoada uning ushbu ijtimoiy ruhiy sifatlaridan tashqari hatto demografik xususiyatlari, ya’ni ayol, erkak, yosh, qari va boshqa sifatlari ham jamoa tomonidan ma’lum kayfiyatda qabul qilinadi.
Ishga qabul qilish odatda suhbatdan boshlanadi. Suhbat bo’lg’usi xodim to’g’risida jonli ma’lumot to’plashning birinchi va asosiy manbalaridan bo’ladi. Suhbat bo’lg’usi xodim to’g’risida, uning mutaxassislik qobiliyati, dunyoqarashi, muomala madaniyati va boshqa tomonlarini bilishga yo’l ochib beradi.
Ijtimoiy psixologiyada rasmiy bo’lmagan guruhlar ham mavjud. Bunday guruhdagi kishilar bir-birlari bilan juda uyushgan bo’ladilar. Chunki ularning harakterlari, qiziqishlari bir-birlariga mos keladi. Bunday norasmiy guruhlar tanaffus paytlarida shakllanadi. Ular birga choy ichadilar, bir-birlari bilan o’zaro munozara qiladilar, nuqtai nazarlarini bildiradilar, latifalar aytadilar. 7-8 kishidan iborat uyushma muloqot orqali birlashadi. Natijada norasmiy guruh paydo bo’ladi. Shunday guruhlar bayram kontsertlaridan avval, dam olish zonalarida, kechqurun uyda to’planilganda o’z-o’zidan tashkil qilinadi. Insonda hissiy va vaqtinchalik imkoniyat chegaralangan. Shuning uchun kishi faqat 7-8 kishi bilan birgalikda muloqotda bo’la oladi. Shuning uchun katta jamoada rahbar bilan xodimlar o’rtasida ziddiyatlar tez kelib chiqadi. Norasmiy guruh tashkilotning ijtimoiy-psixologik tarkibining bir qismini tashkil qiladi. Norasmiy guruh a’zosi rahbardan ham guruh a’zolaridan ham bir xil hatti-harakatni kutsa ziddiyat kelib chiqmaydi. Agar rahbar boshqa talablarni, guruh a’zolari boshqa talabni qo’ysalar nizolar kelib chiqishi mumkin. Jamoaning ruhiy muhiti buzilishi mumkin. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, guruh a’zolarining ijobiy munosabati eng yaxshi mukofotdan ham yaxshiroq ekan. Ogohlantirish olganga nisbatan guruh a’zolarining hurmatidan qolish yomonroq ekan. Guruh qanchalik uyushgan bo’lsa, rahbar bilan ziddiyatga borish shunchalik uzoqlashadi. Chunki guruh a’zosini jamoa bir tan bo’lib himoya qiladi. Demak, rahbar alohida odamni emas, balki butun bir guruhni boshqarishi kerak. Guruhning bilimisiz rahbar shu jamoani boshqarishi qiyin bo’ladi. Demak, norasmiy guruhlar doimo rivojlanib, chuqurlashib boraveradi. Chunki uni tug’diradigan sharoitlar-bu kishilarning qiziqishlari, qarashlari, bir-birlarini tushunishlaridir. Guruhda kishilarning madaniyat darajasi bir xil bo’lsa, bunday guruh referent (uyushgan) guruhga aylanib boradi. Referent guruhdagi kishilarda bir-birlariga nisbatan attraktsiya (o’ziga jalb qila olish), simpatiya (yoqtirish) tez shakllanadi.
Guruhga yangi kelgan shaxsni guruh yaxshi kutib olmasa, qarashlari to’g’ri kelmasa ham ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin va bundamuloqotni barqarorlashtirish hisobiga guruhdagi nizolar bartaraf qilinadi. Guruhning o’z qonun-qoidalari mavjud bo’ladi. Guruh a’zolari unga albatta bo’ysunishlari kerak. Aks holda ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Guruhdagi norma va qoidalar shaxsning shu guruhda o’z o’rnini topishiga, mavqeni egallashiga yordam beradi. Rahbarlar guruh a’zolarining fikri bilan hisoblashishlari, guruhning fikrini qo’llab-quvvatlashlari lozim. Shundagina jamoada ruhiy muhit yaxshilanadi, ziddiyatlar kamayadi. Har bir guruh ichidan liderlar(etakchi) etilib chiqadi. Rahbar yuqoridan buyruq asosida tasdiqlanadigan administrator bo’lsa, liderlar norasmiy boshliq hisoblanadi. Guruh a’zolari mana shu norasmiy liderning aytganini qiladi. Undan barcha ishlarga rahbarlik qilishini, maslahat berishini kutadi. Shuning uchun jamoaning tayinlangan rahbari jamoa ichidan etilib chiqqan lider bilan hamqorlikda ish olib borishi lozim. Norasmiy liderlar ishda boshqa, baliq ovlagani borganda boshqa, tashkiliy ishlarda boshqa bo’lishi mumkin. Demak, bitta guruh ichida bir necha norasmiy liderlar bo’lishi mumkin. Rahbar mana shu liderlar orqali guruh a’olariga ta’sir qilishi oson bo’ladi. Lider bilan rahbar doimo birgalikda harakat qilishlari yaxshi natijalarga olib keladi. Lekin ayrim hollarda lider bilan rahbarning hamqorligi qarama-qarshi fikrga aylanishi mumkin. Ular uzoq vaqt do’stona munosabatni amalga oshira olmaydilar. Chunki rahbar doim ham guruhning talabini bajaravermaydi. Yoki aksincha, rahbarning talabini har doim guruh a’zolari bajaravermaydi. Shunda ziddiyatlar kelib chiqadi. Bu nizoni bartaraf qilish uchun yana lider harakat qilishi lozim. U rahbar bilan guruh a’zolarini kelishtirishi kerak. Ayrim hollarda esa lider ma’muriy ishlarga aralashib ketishi, rahbar guruh a’zolarining ichki ishlariga aralashib ketishi mumkin. Norasmiy lider guruh a’zolarining qiziqishlarini himoya qilsa, rahbar tashkilotning manfaatini himoya qiladi. Tashkilot manfaati bilan a’zolar manfaati har doim ham to’g’ri kelavermaydi. Tashkiliy-texnologik va iqtisodiy tizimlar bir-biriga doim ham to’g’ri kelavermaydi. Jamoa a’zolari birgalikda bajarayotgan ishlarini o’zlarining shaxsiy ishlaridek bajarsalar keyin jamoaning ishi yaxshi samara beradi.
Shaxsda tug’iladigan ziddiyat maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan bo’lsa o’z samarasini beradi. Maqsadli ziddiyat bir necha bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqichda ziddiyat shaxsiy maqsad asosida kelib chiqadi. Ikkinchi bosqichda ziddiyatli vaziyatning maqsadini tuzatgan holda ayrim qismlari tahlil qilinadi. Ziddiyatni keltirib chiqaruvchi tashkilotchisi bo’ladi. Ziddiyatda maqsadga yo’naltirilgan hatti-harakatlar tug’iladi. Maqsad ishonchli bo’lmasa u kuchini yo’qotadi. Turli maqsadlar o’zining yutug’i uchun turli usullarni talab qiladi. Shuningdek, ishonchli bo’lmagan maqsad - “deklarativ maqsad” dir. Masalan, bir narsani talab qilib boshqa narsa ko’zda tutiladi. Shaxs nizoni keltirib chiqarayotgan paytda xuddi boshqalarni manfaatini ko’zlab harakat qilayotgandek ko’rsatadi o’zini, aslida esa o’zini manfaatini ko’zlaydi. Nizodagi hatti-harakatlar faqat maqsadga qaratilgan bo’lmasdan, realistik tabiatga ega bo’ladi. Intellekt darajasi, ishlab chiqarish muammosi bo’yicha bilim ayni paytdagi ziddiyatni hal qilish uchun vaziyatni to’g’ri ko’rish kafolatini bermaydi. Shaxs ziddiyatga borayotganida anglanilmagan motivlar asosida hatti-harakat qilishi mumkin. Demak, shaxs nizo tug’ilayotgan paytda o’zining aniq maqsadiga va anglanilgan motivlariga(asosi) ega bo’lishi zarur. Ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun o’z shaxsiy manfaatinigina ko’zlamasdan, butun jamoani manfaatini ko’zlab ish olib borish lozim.
O’z-o’ziga baho berishning past bo’lishi passiv bo’lishga olib keladi:
aslida u voqealarga faol yondosha olishi, atrofdagilar kutayotgan xulqatvorni namoyon qila bilishi zarur. Opponent uchun o’ziga yuqori baho berish ziddiyatli vaziyatni to’g’ri idrok qilaolmaslikka, tez va oson g’alabaga erishishni kutishga olib kelsa, o’ziga past baho berish vaziyatning murakkabligini ko’chaytirib idrok qilish, muvaffaqiyatga erishishga ishonmaslik, ziddiyatdan kelib chiqadigan salbiy oqibatidan himoyalanishga olib keladi.
Ish usullarini tanlash. O’ziga yuqori baho beradigan opponent ziddiyatli vaziyatda ishonch bilan, qat’iy turib o’zining nuqtai nazarini bayon qiladi. O’ziga past baho beradigan opponent esa o’zini himoya qilishga harakat qiladi. O’ziga yuqori baho beradigan opponent egoistik (lavozimidan ajrab qolishdan qo’rqish, moddiy manfaatdorlik, o’zining havfsizligini saqlab qolish) motivlarini asosiy o’ringa quygan holda harakat qiladi. Uning usullari maqsadga emas, opponent shaxsiga qarshi yo’naltirilgan bo’ladi. Ziddiyatli vaziyatda opponentlarda, ayniqsa o’ziga past baho beradigan kishida qo’rquv hissi paydo bo’ladi. Natijada u osongina chekinadi. Opponent kasal bo’lib qolishi ham mumkin.
Kelishuvchanlik munosabati. Bu so’zning ma’nosi o’zaro chekinishga rozi bo’lish deganidir. Ziddiyatning maqsadiga kelishuvchanlik yo’li bilan qisman erishish mumkin. Maqsadga erishish imkoniyatlari to’la yo’qolgan bo’lsa kelishuvchanlik vujudga keladi.
Omadsizlikka munosabat. Bunday holat ziddiyatni bartaraf qilayotganda tug’ilishi mumkin. O’ziga past baho beradigan opponentda bunday holat sodir bo’lishi mumkin. Omadsizlikka konstruktiv munosabat hatolarni tan olish, o’zining kuchsiz tomonlarini his qilishda ko’rinadi.
O’ziga yuqori baho beradigan opponent yutqazsa ham aybni boshqa qatnashchilarga qo’yadi. Past baho beradigan opponent esa o’zidan ayb qidiradi. Ziddiyatga borayotgan opponentlar oldindan o’ylab, suhbatga tayyorgarlik ko’rib harakat qilishlari lozim. Aks holda obro’larini yo’qotib qo’yishlari mumkin. Nizoga borayotganda nima uchun bu nizo kelib chiqqanligi, oqibati nimalarga olib kelishi, qanday yutuqlarga erishish mumkinligini o’ylab harakat qilish lozim.
Tashkilotlardagi ziddiyatlar turli hollarda vujudga kelishi mumkin. Masalan, xodimlar kayfiyatlari buzilib kelsa, boshqa hamkasbi bilan ham nizoga borib qolishi mumkin. Ishga mas’uliyatsizlik bilan yondoshilsa ham ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Shaxslararo ziddiyatlar vujudga kelishi bilan bartaraf qilinmasa u jamoaning barcha a’zosiga ta’sir qilishi mumkin. Nizoning bir turi faqat tashkilotgagina taalluqli bo’lishi mumkin. Ziddiyatlarning vazifasi tadqiqotchilarning diqqat markazida turadi. Hozirgi kunda kishilar o’rtasida umumiy ziddiyatlar kelib chiqishining oldini olishga harakat qilish lozim.
Tashkilotdagi faoliyatni chumolilar, asalarilar harakatiga o’xshatish mumkin. Lekin inson ongli mavjudot bo’lgani uchun har bir qiladigan harakatini avvaldan o’ylab, aniq bir maqsad asosida faollik ko’rsatadi. Ziddiyatlar butunlay yo’q bo’lib ketmaydi, balki u davom etishi, shaxslararo munosabatlarga aylanib ketishi mumkin. Ammo kishilar tashkilotning qonun-qoidalariga albatta rioya qilishlari kerak. Aks holda nizolar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun jamoada rahbar intizomni yo’lga qo’yishi lozim. Tashkilotda ichki ziddiyatlarning kelib chiqishiga avvalo rahbar sababchi bo’ladi. U har bir xodimni hurmat qilishi, barcha xodimni teng ko’rishi, to’g’ri munosabatda bo’lishi zarur. Rahbar demokratik usulda jamoani boshqara olsa, bu jamoada ziddiyatlar kam paydo bo’ladi. Xodimlar o’rtasidagi chaqimchilik, bir habarni boshqacha talqinda etkazish, vaxima tarqatish orqali ham ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin.



Yüklə 72,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin