1–mavzu: Raxbar va raxbarlik sifatlari. Liderlik va boshqaruv


Rahbar va uning ma’naviy xususiyatlari



Yüklə 72,09 Kb.
səhifə3/12
tarix05.12.2023
ölçüsü72,09 Kb.
#172609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1–mavzu Raxbar va raxbarlik sifatlari. Liderlik va boshqaruv-fayllar.org

2. Rahbar va uning ma’naviy xususiyatlari.
Insondagi axloqiy sifatlar qanchalik go’zal yoki xunuk bo’lmasin, ular faqatgina ijtimoiy faoliyatda namoyon bo’ladi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari rahbarlari maktabni boshqarishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, kasbiy ahamiyatga ega bo’lgan shaxsiy sifatlarga ega bo’lishi, ixtiyoriy vaziyatlarda o’zini-o’zi nazorat qila olishi, shuningdek, ta’lim muassasasida hukm suruvchi tarbiyaviy munosabatlarni e’tiborga olgan holda faoliyat olib borishi, turli xil masalalarni va muammolarni hal etishda mavjud huquqiy-me’yoriy mezonlarga asoslanishi zarur bo’lib, bular rahbarning boshqaruv yo’nalishida kompetentliligini ifodalaydi. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, umumiy o’rta ta’lim muassasalari rahbarlari kasbiy kompetentliligining quyidagi asosiy komponentlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
o’z faoliyati va ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini tahlil qilish va ob’ektiv baholashga xizmat qiluvchi refleksiv ko’nikmalar;
o’z faoliyati va o’zaro munosabatlar jarayonidagi xattiharakatlarining natijalarini hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayoniga tayyorgarligini his etishni ifodalovchi oldindan ko’rish ko’nikmalari;
boshqaruv jarayonlarida vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammoli vaziyatlarda sub’ektlar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish ko’nikmasi;
boshqaruv jarayonlarida mavjud sun’iy to’siq va qarama-qarshiliklar jamoadagi ongli intizomga salbiy ta’sir ko’rsatishining oldini olish ko’nikmasi;
hamkorlikda faoliyat ko’rsatish va vaziyatlarga ko’ra rahbarlik uslublaridan oqilona foydalanish ko’nikmasi;
muloqotga oson kirishish ko’nikmasi;
kommunikativ kompetentlilik, ya’ni turli sharoitlarda insonlar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan o’zaro ta’sir ko’rsatish ko’nikmasi;
axborotlar to’plash, tahlil qilish, ob’ektiv baholash, qayta ishlash va axborotlar almashinish ko’nikmasi;
o’zini-o’zi boshqarish va shaxsiy rivojlantirish ko’nikmasi va h.k.
Bugungi kun o’qituvchisi o’zida kasbiy, umummadaniy, maxsus va shaxsiy sifatlarni uyg’unlashtirgan holda mujassam etsa, ya’ni har tomonlama hammaga o’rnak bo’la oladigan shaxsga aylansagina haqiqiy ma’naviy qiyofaga ega bo’ladi. Ba’zi o’qituvchilarning o’qituvchiga xos ma’naviy qiyofasini ko’rsata olishiga to’sqinlik qiluvchi bir qancha omillar mavjud. Shulardan biri, o’qituvchining kechirimli bo’la olmasligidir. Shunday pedagoglar borki, o’quvchisining xatosini kechira olmaydilar, undan xunini olmaguncha tinchimaydilar, hatto masalaga shunchalik chuqurlashib kirishib ketadiki, shogirdini har ko’rganida dushmanini ko’rgandek muomala qiladilar. Axir o’qituvchi shaxsiga xos sifatlardan biri – bag’rikenglik, ya’ni kechirimli bo’lish emasmi, uni kek saqlashiga aslo haqqi yo’q.
Ikkinchi omil - ba’zi ota-onalarimizda pedagogik savodxonlikning etishmasligidir. Navoiyning fikricha: “Ba’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir to’da bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi.
Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi”. Ba’zan savodxonligi past darajadagi ota-onalar ham uchraydiki farzandining yoxud o’quvchilarning ko’z o’ngida o’qituvchisiga qo’pol muomalada bo’lib, haqorat qiladigan, shaxsiyatiga tegadigan, hatto qo’l ko’tarishgacha boradigan holatlarni guvohi bo’lamiz. Ko’pgina maktablarda o’tkaziladigan ota-onalar majlisi, ota-onalar kengashida bolaning ta’limi va tarbiyasi, iqtisodiy harajatlarga oid masalalar muhokama etiladi. Lekin ota-onaning o’zini ham pedagogik savodxonligini oshiruvchi masalalarga kamdan-kam hollarda e’tibor qaratiladi.
Omillarning yana biri – ayrim ta’lim muassasalari rahbarlarining pedagog xodimlariga nisbatan muomala madaniyatining yo’qligidadir. Amaliyotda ko’pchilik boshqaruv faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan rahbarning ushbu lavozimga qancha muddat ishlaganiga, ya’ni boshqaruv jarayonida orttirgan tajribasiga bog’liq deb hisoblashadi. Tadqiqotlarda esa ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishda bilim, ko’nikma, malakadan tashqari rahbarning shaxsiy sifatlari, kasbiy tayyorgarligi va ma’naviy-axloqiy sifatlariga bog’liq, deb ko’rsatiladi.
Aslida rahbar har qanday vaziyatlarda o’zini tuta olishi, tashabbuskor bo’lishi, har qanday vaziyatlardan jamoani olib chiqishi, ko’pchilik dardi bilan yashashi, hamjihatlik, hamijodkorlik bilan ish yuritishi, kasbiy mahoratga ega bo’lishi, so’zi bilan ishi bir bo’lishi, vijdonli, adolatli bo’lishi, samimiy, vazmin, bag’rikeng, ijodkor, bunyodkor, talabchan, mehribon va albatta xushmuomala bo’lishi kerak. Boshqaruv nazariyasida rahbar tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolar mavjud.
Masalan, tasavvurning boy bo’lmasligi, xudbinlik, so’zida turmaslik, turli nom va martabalarni pesh qilish, o’zini tuta olmaslik va boshqalar. Mana shularning orasidan amaliyotda eng ko’p uchraydigani – bu rahbarning o’zini tuta olmasligi. O’z hissiyotini boshqara olmaydigan rahbarni hech kim hurmat qilmay qo’yadi, bu holat ularni ranjitadi.
Tasavvur qiling: o’qituvchi rahbardan doimiy ravishda qo’pol muomala, baqiriqlar, shaxsiyatiga tegadigan so’zlarni ayniqsa, jamoa oldida yoki o’quvchilar oldida eshitaversa. Nohaq tarzda ayblovlarni eshitaversa, axiyri sabri tugagan o’qituvchi rahbarning “savoliga yarasha javob qaytaradi”. Qani u erda ma’naviy qiyofa? Axir pedagoglar qiyofasining qanday bo’lishi ko’p jihatdan rahbarning qiyofasini qanday bo’lishiga bog’liq emasmi? Bunday rahbarlar nafaqat o’z xodimlariga nisbatan, balki huzuriga tashrif buyurgan har qanday insonda ham yomon taassurot uyg’otadi.
Qani bizning ota-bobolarimizdan meros qolgan “Xush kelibsiz”, “Marhamat”, “Kechirasiz”, “Iltimos”, “Yana kelib turing” kabi mulozamat so’zlari. Shuning uchun ham boshqaruv jarayonining muvaffaqiyatli kechishi va samarali bo’lishi – bu ko’p jihatdan rahbar shaxsida namoyon bo’ladigan ma’naviyaxloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlarning o’rni beqiyosdir.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, boshqaruv jarayonining muvaffaqiyatli kechishi va samarali bo’lishida rahbarning o’zida muayyan sifatlarni namoyon eta olishi ham hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Rahbar shaxsida namoyon bo’ladigan ma’naviyaxloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlar boshqaruv faoliyatining samarali natijasini kafolatlaydi.
Shu sababli umumiy o’rta ta’lim maktablarining rahbarlari ham o’zlarida ma’naviy-axloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlarni doimiy ravishda takomillashtirib borishga e’tibor qaratishlari, o’z ustilarida izlanishlari lozim. O’qituvchi, muallim, ustoz, murabbiy degan so’zlarni xalqimiz samimiy hurmat va minnatdorchilik bilan tilga oladi. Inson yozuvni ixtiro qilgan qadim zamonlardan beri muallim yosh avlodga xatsavod, ilm-hunar o’rgatadi. Hayotga endi kirib kelayotgan bola uchun o’qituvchi “eng bilimdon”, “eng donishmand” kishi hisoblanadi, ya’ni o’qituvchi avlodlarni bir-biriga bog’lovchi boqiy kasb egasidir. O’qituvchi qaysi fandan saboq bermasin, u eng avvalo o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. U yoshlar ongida milliy g’urur, Vatanparvarlik, iymon-e’tiqod, halollik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, odob-axloq qoidalarini singdiradi. Zero, ana shunday pedagoglargina mamlakatimizda ta’lim- tarbiya oldiga qo’yilayotgan vazifalarni smarali bajara oladi.

Yüklə 72,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin