8-билет 1.Мойларни адсорбентлар билан ва қайта ишлашнинг замонавий усуллари (6-1) Adsorbsion rafinatsiyalash jarayoni adsorbentning konsentrlangan moyli suspenziyasini tayyorlash, ikki bosqichda oqlash (dastlabki va yakuniy), adsorbentni moyning asosiy qismidan filtrda ajratib olish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Faollashtirilgan oqlovchi loylar moy massasiga nisbatan 0,S-2 % da (paxta moylari uchun -4-S % da) qo'llaniladi. Oqlash jarayonida harorat 7S-80°C, oqlash apparatlaridagi qoldiq bosim esa 4 kPa. Adsorbent suspenziyasini tayyorlash uchun oqlanadigan moyning 114 qismi ishlatiladi. Moyning asosiy qismi (umumiy miqdorning 3/4 qismi) dastlabki oqlash apparatiga kelib tushadi (S.21-rasm), bu yerda oqlash bilan bir vaqtda moyning deaeratsiyasi ham amalga oshiriladi. Suspenziya aylanib turgan (n=274 ayllmin) disk 1 tubiga purkaladi va pastroqda joylashgan diskka purkalayotgan moy bilan ta'sirlashadi. Apparatning pastki qismida suspenziya va moy aralashmasi ikkita aralashtirgich 2 yordamida intensiv aralashtiriladi. Yakuniy oqlash maxsus apparatda am alga oshiriladi (S.22-rasm). Bunda moy va suspenziya aralashmasi purkagich 1 yordamida purkaladi, taqsimlovchi tarelka orqali yupqa qatlam hosil qilib apparatning qizigan ichki yuzasi bo'ylab oqa boshlaydi. Bu yerdan moy va suspenziya aralashmasi filtrlashga yuboriladi. Filtrlanayotgan moyning dastlabki loyqaroq qismi patrubka 3 orqali apparatga qaytariladi. Filtrlangandan keyin oqlovchi loy tarkibidagi moyning miqdori IS % gacha yetadi. Moyni dezodoratsiyalash distillatsion Jarayon bo'lib, undan maqsad-moydagi hid va ta'm beruvchi moddalar-kichik molekular yog' kislotalari, aldegidlar, ketonlar va boshqa uchuvchan moddalar, shuningdek, noma'qul g'ayritabiiy birikmalar-polisiklik aromatik uglevodorodlar, zaharli ximikatlar, toksik mahsulotlar-aflatoksinlar va boshqalarni yo'qotishdir. Dezodoratsiya margarin va konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda qo'llaniladigan yog'lar hamda bevosita iste'molga mo'ljallangan yog' va moylar uchun bajarilishi shart bo'lgan jarayon hisoblanadi. Dezodoratsiya past qoldiq bosim-vakuum va yuqori harorat ostida moy orqali o'tkir suv bug'i o'tkazib am alga oshiriladi.