1,Ta’lim tizimi va turlari


Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar. Sinf-dars



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə107/148
tarix05.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#72435
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishni o’z ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o’quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ishlash, ekskurtsiyalar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi.
11. 2. Sinf – dars shaklidagi mashg’ulotlarni tashkil etish.
Ta‘lim maskanlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o’quvchi-talabalarga beriladigan ta‘lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko’tarishni talab qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil etishga bog’liq. Maktablarimizda darsning boshlanish davrini - darsning tashkiliy daqiqalari deb ataladi. Biroq, bu dars shaklining biror bosqichi yoki tuzilishiga kirmasligi kerak. Tashkiliy daqiqada sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish muhimdir. Tajribali va mahoratli o’qituvchilar fursatni qo’ldan bermay, o’quvchilar diqqatini chalg’itmay, darhol ish boshlab yuboradilar. Ayni paytda o’qituvchi oldida ikki vazifa – butun sinf o’quvchilari diqqatini o’ziga jalb qilish va butun sinf o’quvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta‘minlash vazifalari turadi.
Dars mashg’ulotdan ko’zlangan maqsadni ravshan va aniq qilib o’qtirish bilan boshlanadi. Dars yangi materialni bayon qilishga qaratilgan bo’lsa, dars mavzusi aytiladi. Darsda rejada mo’ljallangan materialni o’tib bo’lingach, u albatta yakunlanishi, xulosalar chiqarilishi kerak. Shuningdek, o’qituvchi darsni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida olib borishi, turli xil ta‘lim metodlaridan unumli foydalanish va o’quvchilarga ko’proq muammoli vaziyatlar yaratish orqali ularga yangi materialni bayon qilishi dars sifatini oshiradi.
Darsni tashkil etish va olib borishdagi bosh maqsad – ta‘lim jarayonining samaradorligini ta‘minlashdir. Buning uchun:
a) o’tilayotgan mavzudan ko’zlangan maqsadni o’qtirish bilan bir vaqtda, o’quvchilar materialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo’lishlari kerak. Ya‘ni o’qituvchi bayon qilayotgan mavzu o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ongli o’zlashtirishga intilishlarini ta‘minlamog’i lozim;
b) Ajratilgan vaqt ichida o’qituvchi materiallarni tizimli va izchil bayon qilish bilan bir vaqtda, o’quvchilarni ham, albatta, mavzuga oid mustaqil ish olib borishlarini ta‘minlash juda muhimdir. O’qituvchi darsda mavzuni bayon qilish davomida o’quvchilarga muammoli vaziyat tug’diradigan savollar berib, ularni fikrlash va izlanishga undasa o’quvchilar ushbu materialni puxta o’zlashtirib oladi.
132. Tarbiya nazariyasi. Tarbiya jarayoni, muhiti(sotsium), tarbiya printsiplari, tarbiyaga qo’yiladigan talablar
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, e’’tika,e’tsetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi.
Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan u’zviy bog’langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy. ahloqiy, irodaviy e’tsetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o’sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mutsaxkamlashadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin