Vengriya va Germaniyada xalq ta‘limi tizimi
Sobiq sho’rolar imperiyasi barham topguniga qadar Yevropadagi qator mamlakatlarda xalq ta‘limi taraqqiyoti sobiq kommunistik firqalar mafkurasi asosida amalga oshirildi. Ammo, mamlakatlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yoshlarga zamon talablari asosida ta‘lim-tarbiya berish, ularni ilmiy-texnika inqilobi yutuqlariga asoslangan kasbiy bilimlar bilan qurollantirish lozim deb qaraldi. Shuning uchun mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan davlat qarorlari qabul qilindi. Vengriyada (1980 y) va Chexoslovakiyada (1981) maktab ta‘lim-tarbiyasi sifatini tubdan o’zgartirish yo’nalishida dadil qadamlar tashlandi. Maktab ta‘lim-tarbiyasi puxta o’ylangan reja asosida yo’lga qo’yildi.
Sotsialistik tuzum barham topguniga qadar mazkur mamlakatlarda jadal industrlashtirish yo’llarida (50 -y) yoshlarga umumta‘lim va kasbiy ta‘lim berish ehtiyoji kuchaydi. Qishloqlarda jadal sur‘atlar bilan yirik maktablar barpo etildi, mavjud maktablar yarim internatlar shakliga o’tdi. O’quvchilar kontengentining 30 % i yarim internatlar va kuni uzaytirilgan guruhlarga jalb etildi. Majburiy ta‘lim 8 yillik bo’lib, ta‘limning ishlab chiqarish bilan aloqasi kuchaytirildi.
70 – yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i (8-sinfni) turli shakllardagi umumiy o’rta ta‘lim maktablarida davom ettirdilar. Ammo, umumiy o’rta ta‘lim (X-XI sinflar) ga yoshlarni jalb etishda qator ob‘ektiv muammolar mavjud bo’lib, ularni hal qilishda Yevropa mamlakatlari yaqindan hamkorlik qilishmoqda.
Vengriya – hududi-93.000 kv.km, aholisi 11 mln., poytaxti – Budapesht shahri, mamlakat o’tmishi mustaqillik uchun kurashlar tarixi bilan hamohang 1919 yilgi inqilob (133 kun) tufayli yagona mehnat maktabi haqida Dekret qabul qilingan edi. Maktab ta‘limini qayta qurish va savodsizlikni tugatish yo’lida ilk qadamlar qo’yildi. Ammo, Xorti boshchiligidagi fashistik rejim xalq ta‘limi rivojini ortga surib yubordi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganida mamlakatdagi bolalarning teng yarmi boshlang’ich ta‘limni ham olmagan, kattalarning 10 % i savodsiz, talabalar orasida oddiy xalq bolalari 2,7 % ni tashkil etar edi.
O’tgan asrning 50-yillari nihoyasida mamlakatda 6-16 yoshli bolalar uchun tekin umumiy majburiy ta‘lim joriy etildi. “Vengriyada xalq maorifi tizimi haqida Qonun” qabul qilindi (1961 y). Bu xalq maorifi sohasidagi erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamladi.
1972 yildagi “Xalq maorifining ahvoli va uni takomillashtirish haqida” gi qaror va 1975 yilgi qurultoy umumiy majburiy o’rta ta‘limga to’la o’tishi ta‘minlandi. Hozirgi kunda mamlakat xalq ta‘limi tizimi quyidagi ko’rinishga ega:
Bolalar bog’chalari – 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %). Bog’chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov mashg’ulotlariga jalb etiladi. Bog’chalardagi mashg’ulotlar aholining ish rejimiga bog’liq holda tashkil etiladi.
Umumiy majburiy ta‘limga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb etiladi. Bu amalda 2 bosqichli 8 yillik ta‘lim bo’lib, I-IV, V-VIII sinflarni o’z ichiga oladi. 1-sinfga qabul qilinganlarning 80 % i asosiy maktab (8-sinf) ni 14 yoshida, qolgan 20 % i 16 yoshida tugallaydi. Yuqori sinflarda iqtidorlilar uchun alohida o’quv rejasiga asoslangan chuqurlashtirilgan ta‘lim beriladi. 8-sinfni bitirgan o’smirlar o’rta umumiy ta‘lim olish uchun yana 2 yil o’qiydi.
143. Shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatlari
Inson hayot ekan, butun umri davomida o’sib, rivojlanib, o’zgarib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning hamjismoniy, hamaqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishni biologik va social xususiyatlari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tamonlama kamol topishining samarali bo’lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishining qonuniyatlarini unga ta’sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya hamda faoliyatining ta’siri va ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog’liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to’g’ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’sir sabab va vositalarini bilish zarur.
Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Ma’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi. Shaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’ligi biologik omilga bog’liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e’tibor bermoqda. Harbir bola insonlarga xos tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Bola õziningavlod-ajdodlaridan ko’pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, xatto ayrim kasalliklar hamnasldan naslga o’tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga hamta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan, sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Prezidentimiz “Sog’lom avlod yili”ni e’lon qilar ekan: ”Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog’lom naslni, nafaqatjismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog’lom, iymon-e’tiqodi butun bilimi, ma’naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman”, deb ta’kidlaydi.
Sog’lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e’tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. Prezidentimiz fikrlarini davom ettirar ekanlar: ”...hech shubha yo’q, sog’lom avlod orzusi ajdodlarmizdan bizga o’tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, etti pushtining tozaligiga, avlodning sog’ligiga juda katta e’tibor berganini ko’ramiz. Sog’lom bolaning tug’ilishi, eng avvalo, onaning sog’ligiga bog’liq“, deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Xudo taolo yaratgan tabiatning buyuk mo’’jizasi bo’lmish ayol dilbandini to’qqiz oy o’z bag’rida, yurak ostida avaylab dunyoga keltiradi. Uni voyaga etkazish uchun o’zini ayamasdan, butun hayotini baxshida etadi.
Ana shu jarayonda ayol neki yaxshilik yoki yomonlik ko’rsa, ona vujudi orqali homilaga o’tadi. Sog’lig’i nochor, xo’rlangan, iztirob chekkan onadan sog’lom farzand tug’ilmaydi. Sog’lom bolaning dunyoga kelishida otaning hamqoni toza, tani va ruhi sog’lom bo’lishiga bog’liq. Bir so’z bilan aytganda, sog’lom farzand faqatsog’lom oilada tug’iladi. Oilaning sog’lomligini, undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo’llab-quvvatlashi o’zaro izzat-hurmati belgilaydi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o’rab olgan muhit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko’rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.
Muhit – bu shaxsga ta’sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya’ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muhim rol’ o’ynaydi. Mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki qadamlardir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqattarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to’g’ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni hamo’zgartirib shaxsni kamolga etkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni hamqayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o’yin, mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati hammazmunan, hamshaklan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari hamo’zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o’yin, o’quvchi hayotida o’qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
144. Shaxs rivojlanishi va tarbiyasining o’zaro uyg’unligi
Shaxs, individ, barkamol shaxs, o'quvchilarning yosh davrlari to'g'risida ma'lumot berish hamda ularda dunyoqarash, axloq, inti-zomni shakllantirish.Shaxs va individ tarbiya jarayonini obyekti va subyekti ekanligi, shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatlarini yoritish; shaxsni kamol toptirishda ta'sir etiivchi omillarning rolini ko'rsatish; shaxs shakllanishini yosh xususiyatlariga ko'ra davrlarga boyish; barkamol shaxs tarbiyasida ma'naviy-ma'rifiy asoslarini ko'rsatish.
Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salomatlik, ta'lim-tarbiya, shaxsning rivojlanishi, shaxsni rivojlantiruvchi omillar, ta'lim-tarbiya, biologik, ijtimoiy omillar, irsiyat, muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, mahalla, maktab, tarbiya, shaxsning kamol topishida tarbiya va faoliyatning bog'liqligi, go'daklik davri, yangi davr, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, O'smirlik davri, o'spirinlik davri, jismoniy va ruhiy kamolot, barkamol shaxs.
3.1. Individ va shaxs haqida tushuncha. Shaxs - tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillar.Dunyoga kelgan go'dak ma'lum yoshga qadar individ hisobla-nadi. «Individ» lotincha «individium» so'zidan kelib chiqqan boiib, «bo'linmas», «alohida», «yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ bio-logik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishidaharakato'zigaxos omil sanaladi. Go'dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyin-chalik reflekslar boiib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo'zg'atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go'dakda nutqning hosil bo'lishi, shuningdek, lining tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo'la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro'y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog'i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so'z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maq-sadga yo'naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo'lishi, ularning samaradorligi va h.k)
Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ongli faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan.
Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xusu-siyat va o'xshashliklarning nasl (bola)ga o'tish jarayoni. Nasldan naslga o'tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amailar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari ham nasldan naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan ernas. Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettirdi, xolos. Layoqat go'yo «mudroq» holatda bo'lib, uning «uyg'onishi» — rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi. Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Bu jamiyatning ma'naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog'liq.
Muhit - bu shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar majmuyi. «Muhit» tushunchasi o'ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog'da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o'z ichiga oladi
Oila muhiti - mikromuhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu bois mustaqillikka erishilgandan so'ng, o'tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Mavjud ijtimoiy muhit insonning o'sib borayotgan ongiga ta'sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta'siri ham shunchalik yuqori boiadi.
Dostları ilə paylaş: |