1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə111/148
tarix05.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#72435
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

KASBIY PEDAGOGIKA – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida qator nazariy va amaliy mahlumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi bir necha bo’limlariga bo’linib, bu bo’limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muhim malasalalarini, yahni kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. SHuningdek ularda kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-sharoitlari, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limi huquqi o’rganiladi.
KASB TA’LIM TEXNOLOGIYaSI - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning tizimi usuli bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda insonlarning o’rganish qobiliyati va ular o’rtasida muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirishning jonli, jonsiz vositalari bilan shug’ullanishga asoslanadi.
DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’tgataman mahnolarini anglatadi. SHunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir. Didaktika ukitish jarayonining shakllari, metodlari,tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maksadlarini ishlab chikadi.
METODIKA– Pedagogikaning o’qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalari nazorat qilib baholash metod hamda vositalarini o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. Har bir o’quv fani o’qitish sohasi o’rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko’rinishi haqidagi metodika asosida quriladi.
O’QITISH METODIKASI - bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy dars va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir.
Kasbiy ta’lim metodikasi ijtimoiy hayotning mahlum sohasida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog’idir.
METOD– iborasi (yunoncha-methodas-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya, ta’limot mahnosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan. Metod – pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda – tarbiya, o’qish, o’rganish amalga oshadi. Metodning asosiy vazifasi – qobiliyatni rivojlantirish. Kasbiy faoliyatda metodning asosiy ko’rsatkichi – uning kasbiy faoliyat vositalariga mosligidadir.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin