1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə139/148
tarix05.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#72435
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Perseptiv qobiliyatlar – bu psixologik kuzatuvchanlik, bola shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, bolaning vaqtinchalik psixik holatlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.

Nutq qobiliyati – pedagogning o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu pedagoglik kasbidagi muhim hislatlardan biri hisoblanadi. Chunki pedagogdan bolalarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. Pedagog nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda bolalarning diqqat-e’tibori yuqori darajada faollashtirilishi lozim. Qobiliyatli pedagogning nutqi jonli, obrazli, intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy bo‘lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo‘lmasligi lozim. Bir xil ohangdagi nutq bolalarni juda tez toliqtiradi. Shu bilan birga bunday nutq I.P. Pavlovning fiziologik ta’limotiga ko‘ra, doimiy ta’sir etuvchi qo‘zg‘atuvchiga aylanib, bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonini yuzaga keltiradi.
Nutq tezligi ko‘p jihatdan pedagogning individual psixologik xususiyatlariga bog‘liq .
Shoshqaloq nutq bilim o‘zlashtirishga halaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O‘ta sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo‘ladi. Nutqning balandligi - qattiq gapirish ham xuddi shu singari hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish bolalarning asabiga tegib, ularni tez toliqtiradi.
Tashkilotchilik qobiliyati – bu dars jarayoni va darsdan tashqari faoliyatlarni tashkil eta bilish, bolalar jamoasini uyushtira bilish va jipslashtira olish, shuningdek o‘z shaxsiy ishlarini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
Pedagogning o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali pedagoglarda vaqtta nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin. Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tajribali pedagoglar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin