1,Ta’lim tizimi va turlari


O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə146/148
tarix05.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#72435
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

3.2.O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari
Chunki аynаn pеdаgоgik vоqеlikdа o’z-o’zini tаhlil etish ko’nikmаlаrini rivоjlаntirishning аhаmiyati ulаrning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri, qiziqishlаri, mоtiv, ehtiyojlаri tizimi sifаtidа tushunilаdigаn “Mеn-kоntsеptsiyasi”ning rivоjlаnishigа undоvchi ichki оmillаrning eng аsоsiylаridаn biridir.
O’z-o’zini tаhlil etish usullаri quyidаgilаrgа e’tibоr qаrаtishni tаlаb etаdi:
1) ijtimоiylikkа yo’nаltirilgаn o’zаrоhаrаkаt vаziyatlаridаn shахsiy хulq-аtvоr, tаrbiyalаnuvchi shахsi, uning o’zigа хоsliklаri, qаdriyatlаri tizimi kаbilаrni оb’еkt sifаtidа ko’rib chiqish;
2) o’z хulq-аtvоri, shахsiy fаzilаtlаrini tаhlil etish mеzоnlаri tizimini аniqlаsh;
3) nоmа’lumdаn mа’lumni аjrаtib оlish;
4) qаrаmа-qаrshiliklаrni аniqlаsh.
O’z-o’zini tаhlil etish o’z-o’zini аnglаshdаn аvvаl kеlib, аynаn uning аsоsidа shахsning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri umumlаshgаn ko’rinishgа o’tаdi. O’z-o’zini аnglаsh nаtijаsidа shахsdа o’zining kimligini аnglаsh, o’zining jаmiyatdаgi o’rnini tushunib еtish, bоshqаlаrning ko’z o’ngidа kim sifаtidа gаvdаlаnishini his etish kаbilаr shаkllаnаdi. O’z-o’zini аnglаsh o’z-o’zigа munоsаbаt sifаtidа shаkllаnuvchi hissiy vа mаntiqiy jihаtlаrni o’zidа аks ettirаdi.
Mа’lumki, o’z-o’zini аnglаsh usullаri hаm mаntiqiy, hаm emоtsiоnаl dаrаjаdа o’z-o’zini tаhlil etish nаtijаsidа оlingаn ахbоrоtlаrni аniqlаshtirish vа umumlаshtirishni tаlаb etаdi.
Хulоsа qilib аytgаndа, o’z-o’zini tаhlil etish vа o’z-o’zini аnglаsh pеdаgоgdа o’zi vа bоshqаlаrning u hаqidаgi tаsаvvuri sifаtidаgi kаsbiy “Mеn qiyofаsi”ning shаkllаnishigа оlib kеlаdi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazo­lash, jamoatchilik fikri.
Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiya­lanuv­chi­ga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘­bat­lantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘­yi­ladi.
Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini tako­millashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluv­chanlikni rivojlantiradi.
Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshi­riqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaq­bul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natija­lariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamo­aning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bir-birlariga do‘stona munosabatini shakl­lantiradi.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarini o‘rganish pedagogik ta’sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko’rsatadi.
Ishontirish - o‘quvchilarga xatti-harakatlarning to‘g`riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g`riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o‘quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me’yor (mezon) bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, oqibat natijada o‘quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga, ya’ni o‘quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, xatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘nalgan bo‘ladi. Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik mexanizmlari turlichadir.
O‘sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o‘zaro ta’sirlanadilar. Bu o‘zaro ta’sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me’yorlar majmui vujudga keladi.
Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch real voqelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O‘zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo‘lishi uchun kishi hatto o‘limiga ham rozi bo‘ladi. Masalan, Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizning jang maydonida ko‘rsatgan matonatlari.
Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun zararli bo‘lgan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o‘quvchilarning o‘zi va atrofidagilar ta’sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi.

195. O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish uslubi


O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoli­yatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga eri­shishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimi­ni oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgar­tirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi:




  • o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi;

  • munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi;

  • bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘r­natish;

  • munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar aso­sida oqilona boshqarish;

  • munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim.

O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqador­likka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.





  1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish.

  2. O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maq­sadga muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassu­rotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini o‘rganib, muomala haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o‘quvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish.

  3. O‘zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida ishlash.

  4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan o‘zaro fikr almashish faoliyatida ko‘nikma va malakalar (ma’ru­zalar, suhbatlar, kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo‘ladi.

  5. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vazi­yatlar tizimini yaratish.

  6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona mu­o­mala madaniyati, milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yon­dashish.

  7. O‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish va uni nut­qiy mahorat bilan ifodalash ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan o‘qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biri­dir.

Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o‘qituvchi kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo‘lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni shakllantiradi. O‘qituvchi kasbiy faoliyati davo­mida nutqidagi so‘z qudratini takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali so‘z boyligini go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, go‘zal va ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Bu san’atdan bebahra bo‘lgan o‘qituvchining kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni o‘qitishdan qat’iy nazar, o‘qituvchining asosiy quroli so‘z boyligidir, u so‘z qudrati asosida kommunikativ qobiliyatini namoyish etadi.

196. “Muloqat” atamasining falsafiy, ijtimoiy, psixologik va pedagogik mohiyati


Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o`zaro bir-biriga bog`liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv. 1. Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o`zaro ma’lumot almashinishidir. 2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat. 3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.


Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiejlaridan kelib chikadigan, aloka almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshkalarni tushinish, odamlar urtasida kontakt urnatish va rivojlantirish jaraeni.
Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir.
2. Muloqotning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S. L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo`ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go`yo o`qib ya’ni mag`zini chaqib chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”.
Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar bilan muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo`ladi.
Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi kishini uning ta’rifini o`z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi orqali tushinish usulidir.
Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa, xabar beruvchi funktsiyani va o`zini - o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi. Steriotiplashtirish – xulq -atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan ya’ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini o`zgartirishdan iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok etishlari «ijtimoiy pertseptsiya» sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning bu jihati ijtimoiy pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar aro pertseptsiya haqida hamdir. Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi xulq - atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa odamni bila turib, o`rganayotgan individning o`zi ham shakllanadi» deb yozgan edi L.S.Egodskiy. Insonni inson tomonidan idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim bo`lib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. O`zini boshqa inson tahlil qilishini o`z ichiga identifikatsiya va reflektsiyani kiritadi.
3. Odamlarda samarali muomala o`rnatish malakalarini tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi. Katta maktab yoshidagi o`quvchilar xulq - atvori qoidalariga bag`ishlangan ommabop adabiyotlarni o`qir ekan, muloqot madaniyatining ba’zi jihatlari bilan tanishadi. Lekin muomala malakalarini maxsus o`rgatilishi alohida bir vazifa bo`lib pedagog uchun uning qanchalik muhim ekanligini trening, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining mazmunan ikki xil vazifani: 1. Muomalaning va shu jumladan pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini. 2. Pedagogik kommunikatsiyaning texnologiyasini egallash, ya’ni professional pedagogik muomala va malakalari shakllanishini o`z ichiga oladi. Psixologik pedagogik trenining shakllaridan yana biri tipik pedagogik vaziyatlarining misol uchun imtihonlarni modellashtiruvchi amaliy o`yinlari. Muomala trening, ya’ni muomalani mashq qilish o`qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish sistemasida pedagogik ishning yangi shakli bo`lib, pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli hisoblanadi.
Bog`lanish lotincha son ya’ni “yaqinlashish” degan so`zdan olingan, munosabatga kiruvchilar o`rtasida ikki tomonlama aloqa bo`lishini taqoza etadi. Bunga erishish va uni ko`ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatiga kirishuvi shaxslarni o`zaro bir-biriga hurmati va ishonchidan iboratdir. Agar pedagog o`z tarbiyalanuvchilariga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo`lsa, u har qancha printsipial va talabchan bo`lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo`ladi.
Munosabat jarayonlari har doim va barcha vaziyatlarda ham sip – silliqgina va ichki qarama qarshiliklarsiz yuz beradi deb tasavvur qilishi yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vaziyatlar va maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antoganizmi yuzaga chiqadiki, ba’zan bu o`zaro adovatni keltirib chiqaradi, shaxslararo majaro sodir bo`ladi. Majarolarning kelib chiqishiga, shuningdek munosabatga kiruvchilarning o`zaro birgalikda harakat qilishlariga g`ov bo`lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar ham sabab bo`ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik - bu aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning ma’nosi munosabat bog`lashga sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hol ularning o`zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilish uchun to`sqinlik tug`diradi.
4. Har qanday ma’lumotni belgilar aniqrog`i belgilar tizimi orqali bilish mumkin. Kommunikativ jarayonida qo`llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Bular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog`liq bo`lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir. Verbal kommunikatsiyada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan iborat bo`lib, ular orqali muloqotdan olingan ma’lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Bu jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so`z belgilari tizimi bo`lib, u muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo`lib yuzaga keladi.

Nutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan edi. So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi.


197. Sharqona muloqatga kirishda mimika va pantomimikalarning ahamiyati


Sharqоna mulоqоtga kirishda mimika va pantоmimikalarning ahamiyati hamda o`ziga хоsligi.O`qituvchi faоliyatida Sharqоna mulоqоtning tutgan o`rni


O'qituvchining tashqi ko'rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o'qituvchining imo-ishorasida, ma'noli qarashlarida, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo'iadi va ular o'qituvchi-tarbi--yachining pedagogik ta'sir ko'rsatishida, mashg'ulotlarni samarali va mazmunli o'tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
MIMIKA - bu o'z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko'z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san'atidir. Ba'zan o'qituvchi chehrasining va nigohining ifodasi o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi.
Mimik harakatlar, ifodalar ma'lumotlarning hissiy ahamiyatini ku-chaytirib, ularni chuqur o'zlashtirish imkoniyatini beradi. O'quvchilar o'qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, muno­sabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun oiladagi ba'zi noxush-liklar, hissiyotga berilish, g'am va tashvishning o'qituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. Chunki ushbu noxushliklar o'qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg'ulotlarini mukammal bajarishida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. O'qituvchining chehra­sida, mimik belgilarida faqat dars mashg'ulotlariga xos boigan, o'quv­chilarga ta'lim va tarbiyaviy topshiriqlarni yechishga yordam bera ola-digan ko'rinishlarni ifodalash lozim.
O'qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o'quvchilar bilan o'zaro munosabati uning individual xarakteriga mos bo'lishi kerak. O'qituvchi chehra ko'rinishidagi mimik ifoda, taiim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, ma'qullash, ta'qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquv-chanlik, befarqlik, ikqilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Bunda ovozdagi turli o'zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi mu­him ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etish-da qosh, ko'z, chehra ko'rinishi ishtirok etadi.
Qosh, ko'z, chehra o'quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo'lish, faxrlanish yoki e'tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo'lish va boshqa belgilarni ifodalash bilan birga, o'quvchilar diqqatini boimasdan, bosh-qalarga xalaqit bermasdan taiim-tarbiya ishlarini samarali olib borishga ham yordam beradi. Shuni alohida qayd qilib o'tish joizki, mimik ifodalar o'qituvchining xarakterini, ichki dunyosini, ma'naviyatini, peda­gogik faoliyatining individual xususiyatlarini bekamu ko'st namoyish etadi. O'qituvchining mimikasi ifodalangan nigohi o'quvchilarga, yoki ayrim o'quvchiga qaratilgan bo'iadi. Doskaga, eshikka, derazaga, ko'r­gazmali qurollarga yoki devorga nigoh tashlab raimik ifodalarni namo­yish qilish aslo mumkin emas.
PANT0M1MIKA - bu o'qituvchining gavdasi, qoi, oyoq haraka-tini tartibga soluvchi uslubdir. O'qituvchilarning taiim-tarbiyaviy faoli­yatida o'quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga maium. Biroq o'quvchilar bilan muloqotda o'qituvchining pantomi-mikasi, ya'ni, gavda, qoi, oyoq harakati to'g'ri ifodalanmasa, taiim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O'qituvchi o'z gavdasi, qo'li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik maiumotlaming obrazini "chiza" olsa, o'quvchilar bundan zavqlana-dilar, ular ichki his-tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo'shilib butun ongini o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirishga qaratadilar. Panto-mimika gavdani rost tutib yura bilish, qoi va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq va to'liq bayon qilib qo'lini, boshini turli harakatlarda ifodalash o'qituvchining o'z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun o'qituvchining o'quvchilar oldida o'zini tuta bi­lish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O'qituvchining yurishi, qoi va oyoq orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo'lishi kerak. Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qoilari bilan turli imo-isho-ralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holatlar dars davomida o'quvchilarning e'tiborini boiib, g'ashini keltiradi va o'r-ganilayotgan fanga, o'qituvchiga nisbatan hunnatsizlik kayfiyatini uyg'otadi.
O 'qituvchi mashg 'nlot o 'tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi. Uyondan, buyongayurish talabalarfikrini bo'ladi. Old tomonga yuravotganida o 'qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki bunda talabalar o'qituvchini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo 'ladilar.
Dars hamda darsdan tashkari jarayonda o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi mulоqоt, unga qo’yiladigan talablar.
Muloqot-yunoncha so'z bo'lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr almashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarnfng so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijti­moiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixo­logik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o'z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomaia kategoriyasi keng ma'noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o'qituvchi va o'quvchilar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
muloqot o'qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha­miyatga ega;
o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u hamxuddi shunday muhim rol o'ynaydi;
pedagogikada muloqot - o'qituvchining o'quvchilarga ta'sir o'tka­zish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi;
noto'g'ri pedagogik muloqotdan o'quvchilarda qo'rquv, o'z kuchi-ga ishonchsizlik paydo boiadi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqii va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedagogik muloqot - bu o 'qituvchining o quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o 'zi uchun eng qulay bo 'Igan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
198. Pedagogik muloqatni tashkil etish bosqichlari va usullari

Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogikpsixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.


Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:

  • muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;

  • muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;

  • o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;

  • pedagogikada muloqot – o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;

  • muloqot – hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;

  • noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqate’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.

Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin