Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishni o’z ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o’quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ishlash, ekskurtsiyalar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi.
57. Ta’limning individual shakli afzalliklari
Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun bu usul bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi o’quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to’la individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta’lim o’qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo’lishini talab etadi.
Individual taʼlim - oʻqituvchining oʻquvchiga pedagogik taʼsirini amalga oshiruvchi oʻquv mashgʻulotlari shakllaridan biri. Oʻqituvchining oʻquvchi bilan sinf jamoasidan tashqarida olib boriladitan faoliyati tushuniladi. I.t. taʼlim shakllarining eng qadimiysi boʻlib, u qad. davr va oʻrta ayerlarda keng qoʻllanilgan.
Oʻzbekiston taʼlimi tarixida I.t. shakli keng qoʻllanib kelingan. Uning samarasi, ayniqsa, amaliy sanʼat, hunarmandchilikda ustoz-shogird taʼlimi tarzida namoyon boʻlgan. Mashhur xalq ustalari Toshpoʻlat Arslonqulov, Us t a Shirin Murodov, Qodirjon Xaydarov, Mahmud Usmonov, Hamro Rahimovlar shu tarzda taʼlim olganlar. I.t. da bola ruhiyatining individual xususiyatlarini, fan sohalari va kasb egallashga boʻlgan tabiiy moyilliklarini toʻliq eʼtiborga olish imkoniyati taʼminlanadi.
Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, I.t.ga eʼtibor sezilarli tarzda ortdi. Ayniqsa kollej va oliy oʻquv yurtlariga kirishning test tizimi joriy etilishi I.t.ning repetitorlik shakli rivojlanishiga turtki boʻldi. [1]