1,Ta’lim tizimi va turlari


Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə49/148
tarix05.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#72435
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat tо‘g‘risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy duiyoqarashni shakllantirish.
2. Aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma - xil usullarini rivojlantirish.
3. Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
4. Aqliy bilim, kо‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi el pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni tо‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psihologik-pedogogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini kо‘rsatdi.
Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va kо‘nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, xajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak atrof tо‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bо‘ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida bо‘ladi. Tevarak atrofdagi buyumlar tabiat bolaning sezgi organlari - analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi.
Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab kо‘radi, hidlaydi, tortib kо‘radi, nimagadir quloq, soladi. Shu tariqa asta - sekin dunyoni bilib boradi.
Idrok esa ancha murakkab jarayon bо‘lib, sezgilar asosida hosil bо‘ladi. Bola olmani qо‘lida ushlab kо‘rib, qarab chiqib va yeb kо‘rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbо‘y, mazali va h.k. tarzda idrok qiladi.
69. Aqliy tarbiya vositalari



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin