Bunga Forabiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Farobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir»