Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirshavaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»
Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirshavaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»
88. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari. O‘rta asr Sharqining jahonga mashhur yana bir qomusiy olimlaridan biri Abu Rayxon Beruniy bo‘lib, uning olim sifatida shakllanishida o‘sha davrning allomalari alXorazimiy, alForobiylarning ta‘siri katta bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino, Firdavsiy va Daqiqiylar u bilan bir davrda ijod qildilar. Uning qalamiga mansub bo‘lgan asarlar soni 150 dan ortiq bo‘lib, deyarli barcha fan sohalariga bag‘ishlab yozilgan. Olimiing "O‘tmish yodgorliklari", "Geodeziya", "Yulduzlar haqida ilm", ―Hindiston", ―Qonuni Mas‘udiy", "Menerologiya", "Farmakognoziya" kabi asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. U ijtimoiy soxaga bag‘ishlab maxsus asarlar yozmagan, biroq uning barcha asarlarida ta‘limtarbiya, odob va axloq, masalalariga doir butun bir pedagogic qarashlar sistemasiga duch kelamiz. Beruniyning o‘zi tibbiyot tadqiqotchisi sifatida mashxur bo‘lishiga qaramay, uning ijtimoiy hodisalar tadqiqotiga bag‘ishlangan faoliyati o‘zining keng ko‘lamligi, chuqur va mantiqan izchilligi bo‘lgan ko‘p olimlarning xayratiga sazovor bo‘lgan. ―Beruniy ilmiy merosida u yaratgan tabiatni o‘rganish va bilish metodi katta o‘rin egallaydi. Bu uning dunyoviy va ilmiy fanlarga bo‘lgan munosabatini ham belgilab bergan. Uningcha, fan javob berolmagan bilim sohalarini diniy bilimlardan izlash lozim. U sovet tuzumi davrida ba‘zi tadqiqotchilar ta‘kidlashganidek, hech qachon dinga qarshi bormagan, dinga e‘tiqodli, chin musulmon bo‘lgan‖
Beruniy ilmiy metodni xarakterli xususiyati sifatida uning obyektivli kuzatish, tajribalarga tayanish, og‘zaki va yozma yodgorliklarni o‘rganish, faktlarga tanqidiy yondashish, ularni allaqachon ma‘lum bo‘lgan haqiqat bilan chatishtirish, mantiqan umumlashtirishga, aqliy umumlashtirishdan nazariya hosil qilish kabi ilmiy operatsiyalarni, usul va metodlarni ko‘rsatib o‘tadi. Abu Mansur asSaolibiy. Ajoyib ma‘lumotlar. (Tadqiq qiluvchi, tarj., izoh va ko‘rsatkichlarni tuzuvchi I.Abdullayev).
A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr.,1995. – 144 b. Beruniy milodning 1000 yilida "O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar"
asarini yozadi va unda qadimiy Sharq xalqlari, arablar, suriyaliklar, yahudiylar, eroniylar, sug‘dlar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning urf odatlarini ilmiy asosda tekshirib, bu bilan Sharq xalqlari etnografiyasiga asos soladi. Bu asar Sharq xalqlari etnografiyasi tarixiga doir qimmatli ma‘lumotlar asosida yozilgan. Uning mazkur asari A.Rasulov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, qisqacha mazmuni prof.A.Qayumovning Abu Rayxon Beruniy va Ibn Sinoga bag‘ishlangan kitobida keltirilgan. Asarda kecha va kunduzning almashinishi, quyosh va yer harakati, yil va oy haqida, eroniylar, sug‘diylar, xorazmiylarning qarashlari to‘grisida shaxsiy ma‘lumotlar bayon qilingan. Sharq mamlakatlari, rimliklar, yahudiylar, arablar yil hisobi haqida xabar berilgan. Unda inson yashay boshlagan payt hisobiga doir jadval mavjud, unda turli xalqlar orasidagi inson paydo bo‘lishiga doir tasavvurlar qaqida ham ma‘lumotlar mavjud. Masalan eronliklar tarixining boshlanishini Qayumarsdan Aleksandr Makadonskiyning Doro ustidan g‘alaba qozonganigacha, bu davrdan Sosoniylar shoxi Ardasher Babak (226241) davrigacha so‘ngra, u davrdan Islomgacha bo‘lgan jami uch davrga bo‘ladilar. Xorazimliklarning tarix hisobi xaqida esa Beruniy quyidagalarini yozadi: "Ular (Xorazmliklar - Yu.A.) Xorazmga odam joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari edi."
89. Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o`ziga va boshqalarga nisabatan xatti - harakati me`yorlari va qoidalarini o`rganadi.
Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta`riflaydi:
Dunyoda mavjud bo`lgan jami narsalar tabiatiga ko`ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o`zi esa mohiyat e`tibori bilan yaxshilikdir...»
Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har biriga ta`rif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo`ladi, yomon illatlardan o`zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat, mo`tadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qat`iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.
Qanoat va mo`tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni g`azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.
Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o`zini ta`magirlikdan tiysa, mo`tadillikka rioya qilsa, o`zida xirsning namoyon bo`lishini yengadi, inson yomon iilatlarni yengishda o`z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta`rifini beradi: mo`tadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq ma`yorlariga to`g`ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;
sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga ko`maklashuvchi insoniy quvvat;
g`azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o`z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;
aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma – shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma`nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga duchor bo`lganda, ular bilan xushmuomalada bo`luvchi insoniy quvvat; kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug`ullanishdan to`xtatuvchi kuch sifatida ta`rif beradi.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida to`siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko`rsatib o`tadi. Johillikni – ilmga, nodonlikni – zehni o`tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni – sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta`riflaydi.
Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do`st bo`lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do`stona yashashga intiladi.
Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo`shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o`zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o`zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do`st muhim rol o`ynaydi, deydi. Olim do`stlikni shunday ta`riflaydi:
har qanday qiyinchiliklarga qaramay o`z do`stini xavf-xatarda yolg`iz qoldirmaydigan do`stlik;
manfaatlari o`xshash va g`oyaviy yaqin do`stlik;
o`z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do`stlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do`stlikni haqiqiy do`stlik deb e`tirof etadi.
Olim haqiqiy do`stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bo`lishi mumkinligini aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy, ham fiziologik jihatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko`rinishiga qarab emas, balki ularning ichki, ma`naviy dunyosiga qarab baho berish kerakligini uqtiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg`usiga ega, u tabiiy zarurat sifatida namoyon bo`ladi, lekin inson o`z tuyg`ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan haqiqiy sevgini hirs tuyg`usidan, ehtiros kuchidan ajrata oladi. Chunki haqiqiy sevgi, olimning fikricha, inson zimmasiga axloqiy, huquqiy burch yuklaydi. Bu esa olimning sevgiga ijtimoiy omil sifatida ham qaraganligini ko`rsatadi.
Tadqiqotchilar ibn Sino musiqaga oid ham asarlar yaratganligi, lekin ularning faqat bir qismigina bizgacha yetib kelgani haqida ma`lumot beradilar
. Shulardan biri «Musiqa bilimiga oid to`plam» bo`lib, bunda tovushning sezgi a`zolariga ta`siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo`lishi kabi masalalarga to`xtaydi. Unda musiqaning kishi hayotida qanchalik zarurligi haqida ham fikrlar bayon etiladi. Olimning fikricha, inson tabiatan yoqimli narsalar orqali yengil tortsa, uning aksida oromi yo`qolib, nafrati paydo bo`ladi. Ibn Sino musiqa ovozlarining kishi ruhiga ta`siri haqida ham o`z fikrlarini bayon etadi.
Ibn Sinoning musiqaga oid asarlari u yashagan davr musiqa ilmidan juda muhim ma`lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir.
Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o`rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya ko`proq yaxshi axloqiy xislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb ta`lim berdi.
Inson hissiy va ma`naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-sekin inson fe`l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o`rab olgan tashqi muhit, odamlar alohida rol o`ynaydi, ana shu tashqi muhit va odamlar insonning atrof-dunyoni bilishigagina emas, balki uning hulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishiga ham ta`sir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo`lish kerakligini, bola yomon odatlarga o`rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o`rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga yetadi.
Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e`tibor beradi. Oila munosabatlariga to`xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o`rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta`sirini ta`kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug`laydi va qimorboz, sudho`r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta`sir etishini to`g`ri talqin etadi.
Ibn Sino aqliy, ahloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etadi.
Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta`siri haqida bir butun, yaxlit, ta`limot yoritilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo`lib jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi.
Jismoniy mashqlar, to`g`ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog`lig`ini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy ham amaliy jihatdan asosladi.
Bolaga ham hali u tug`ilmasdan turib g`amxo`rlik qilish, go`daklik lavridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta`kidlaydi. Bolaning yetuk nson bo`lib shakllanishida unga g`amxo`rlik, poklik, mas`uliyatni his etish, do`stona manosabatlar tuyg`usini singdirib borish zarur, deydi olim.
Chunki, Ibn Sino merosinining asosiy qimmat va qudrati uning keng va kuchli gumanistik mazmunidir.
U o`z ilmi, merosi bilan o`rta asr Sharqining ilmiy madaniy qudratini butun dunyoga namoyon qildi. Butun insoniyat madaniyatining rivojiga ulkan hissa qo`shdi.
Shuning uchun ham Ibn Sino jahon madaniyatining buyuk siymosi, insoniyat uchun hurmat qilgan olim, buyuk tabib, eng katta faylasuf, tabiatshunos, insonshunos, mashhur ensiklopedist sifatida tan olindi.
Ibn Sinoning jahon fani va madaniyati rivojiga qo`shgan hissasini e`tiborga olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotel, (vrach) tabib Golenlar bilan teng qatorga qo`ysa, A.Dante o`zining «Ilohiy komediya»sida olimni Ptolomey, Evklid, Gippokratlarga tenglashtiradi. Nemis faylasufi L.Feyirbax olimni «mashhur tabib va faylasuf»dir desa, Hindostonning buyuk davlat arbobi J.Neru o`zining «Hindistonning ochilishi»degan asarida O`rta Osiyo olimlarining tilga olar ekan, Ibn Sino nomini alohida ta`kidlab:
Demak, ibn Sinoning shaxsiy faoliyati dunyoviy ilmlarni o`rganish haqidagi ti`limotlari, ta`lim-tarbiya haqidagi mulohazalari, umuminsoniy pedagogik fikr taraqqiyotida o`ziga xos o`rinni egallaydi.
90. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari
Dostları ilə paylaş: |