1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə143/148
tarix24.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#59331
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

O 'qituvchining o 'quvchilar bilan o 'zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham


berish;
• o 'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko 'nikmalarini hosil qilish;
• o 'quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o 'z fik-mulohazalarini cho 'chimasdan bayon qilib unga tayanishga o 'rgatish;
• o 'quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish.
A.S.Makarenkoning fikricha, o'qituvchi muloqoti hypmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida boiishi lozim.
V.D.Suxomlinskiy o'qituvchining "...maktab hovlisida gapirgan har bir so 'zi puxta o 'ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma 'lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo 'lishi kerak" deb ta'kidlaydi. O'qituv­chining har bir so'zi olimning fikricha, nafaqat o'quvchi qulog'iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo'lishi shart. Umuman ilg'or o'qituvchilarning fikricha, ta'lim va tarbiya faqat o'qituvchi va c'quvchining o'zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.
Muloqot jarayonida o'qituvchi qisqa muddatda o'zining psixologik bilimlariga tayanib o'quvchilamiog psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. O'quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo'Hash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o'quvchilar bilan o'zaro muloqotni tuzatib bo'lmas darajada buzilishiga, o'quvchilarning yashirin holatga. o'z "qobig'F'ga kirib olishiga sabab bo'ladi.
O'qituvchilarning o'zaro axborot almashishi bilan bog'liq xusu-siyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog'liq. Sinf jamoasida ro'y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o'qituv-chilar nazoratida boiishi, ularning oqibatini'o'qituvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol o'quvchilar bilan axbo­rot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, o'qituv­chining o'quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar beradi.
O'qituvchi ta'lim - tarbiyaviy faoliyatni o'quvchilar bilan birgalikda tashkil etadi. Bunda sinfning faol o'quvchilari hamda norasmiy liderlari bilan o'zaro muloqotning adolatli bo'lishi muhim ahamiyatga ega: o'quvchilarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil bajarishga jalb etish, bunda o'quvchilarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.
O'qituvchining to'g'ri tashkil etilgan muloqoti o'quvchining o'zli-gini anglash fonksiyasini takomillashtiradi. Bunda o'qituvchining vazi-fasi muloqot asosida o'quvchilarga o'zining "Men"ligini anglashni, shaxs sifatida o'z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o'z o'rnini bilishni, o'z-o'zini baholashni o'rgatishi kerak.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o'qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqotiga ko'plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, awalo, o'qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo'ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o'qituvchiga yo'nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A. Kan-Kalikning fikricha, o'qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
1.Prognostik bosqich (modellashtirish): O'qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan boiajak muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa: O'quvchi bilan dastlabki o'zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: O'qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo'lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahJil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun model­lashtirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo'nalishlarini quyidagicha ta'riflash mumkin?

Modellashtirishbosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o'quvchining psixologik xususiyatlarini o'rganishi, ta'lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko'ra olish va bartaraf etish, muloqotning o'zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya'ni muloqot o'qituvchi shaxsiga emas, balki o'quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta'minlash zarur.
193. O’qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, bilish va anglash qobiliyatlari



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin