Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin haxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik
omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon
davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar kata ta'sir ko'rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o'z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi,natijada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning
mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni kishi ijobiy va salbiy ta'sirlar natijasida kamolga etadi. Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining
har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Xususan, pedagogtarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko'rsatishini bilishi lozim. Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil (irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi. Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha,
shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldannaslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatanberilgandir. G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern yangi
tug'ilgan bola hali inson emas, deb hisoblaydi. U faqat sut emizuvchi hayvondir. Yarim yoshdan oshgandan so'ng u maymunga tenglashadi. Ikki yoshida bola boshlang'ich insonlik holatiga etadi (yuradi, gapiradi). Besh yoshgacha bo'lgan bolalarning ruhiy hususiyatlari ibtidoiy davr odamlari xususiyatlariga mos keladi. o'smirlik yillarida kishi o'zida o'rta asr ongini aks ettiradi va etuklik yoshidagina avjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo'ladi, deydi. Ya'ni, inson 17-18 yoshida mavjud jamiyatning ya'zosi bo'ladi deb hisoblaydi.
22. Didaktika - pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo'lib, unda o'qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so'zma-so'z tarjimasi "ta'lim nazariyasi" ma'nosini anglatadi. Didaktika "yunoncha" so'zdan olingan bo'lib, "didacticos" - o'rgatish, o'qitish ma'nosini bildiradi.
Didaktika - ta'lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta'lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida "Buyuk didaktika" asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy "hammani hamma narsaga o'rgatish san'ati" deb tushuntirdi.
"Didaktika" atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening "Didaktika yoki ta'lim san'ati" (1613-yil) deb nomlangan ma'ruzasida qo'llanilgan.
Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika" (1657-yil) asarida ochib berilgan.
Didaktikada ta'limni tashkil etishning umumiy masalalari, o'qitish jarayonining mohiyati, ta'limning mazmuni, o'qitish qonuniyatlari, o'qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Pedagog - olimlar yillar davomida ta'lim tizimida Nega o'qitamiz? Nimani o'qitamiz? Qanday o'qitamiz? Qaerda o'qitamiz? kabi savollarga javob izladilar. Didaktika "nimaga o'qitish?", "nimani o'qitish?", "qaerda o'qitish?", "qanday o'qitish?" kabi savollarga javob beradi.
Ushbu holatga asosan 1990 yillarning o'rtalarida ta'lim sohasiga oid teoriyalar va ularning asoschilari, o'sha davr amaliy darslari va o'qitish tarixi, talqin qilish kabilar bevosita ta'sir ko'rsatadi. Men o'z hamkasblarimga qarata o'zida " qanday o'qitish" kabi savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo'lgan qo'llanmalar avval ham, xozir ham ta'lim jarayonida asosiy ustun bo'lib kelgan va talabalar, izlanuvchilarga amaliy maslahat ko'rsata olgan deb ayta olaman.
Didaktikaning ob'yekti - o'sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyatning asosiu turi hisoblangan ta 'lim berishdir.
Didaktikaning predmeti sifatida o'rgatish (o'qituvchi faoliyati) va o'rganish (o'quvchilarning bilish faoliyati), ularning o'zaro harakati aks etadi.
O'qitish jarayoni pedagogning o'rgatuvchilik faoliyatini va o'quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o'z ichiga oladi. Shu o'rinda bu jarayonlarning tahliliga e'tibor qarataylik. Ta'limda o'qituvchining boshqaruvchilik roli o'z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo'lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo'yadi.
Bularning barchasi o' qituvchining ta' limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o'z aksini topmog'i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida o'qituvchi o'quvchilariga qo'lga kiritilgan bilimlarni o'rgatadi. O'quv faoliyatida ularni ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o'quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. O'qituvchining faoliyati o'quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o'quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o'quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O'quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o'tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta'lim jarayonini tashxis qiladi. O'z navbatida o'quvchilarning faoliyati o'quv jarayonida o'rganishga, bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallashga, o'zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo'naltiradi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning faoliyati ko'p qirrali yo'nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o' zaro bog' liqlikda joylashadi. Didaktika o' qitishning umumiy qonuniyatlarini o'rganadi. Aniq bir predmetni o'qtishning o'ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo'lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi.