1,Ta’lim tizimi va turlari


Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə14/148
tarix24.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#59331
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

18. Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
SHaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealartabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho beribijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.

Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz «…yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz …».
SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta’sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir.
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.

19. Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimi.


Jaxonning yuksak darajada tarakkiy etgan davlatlarida ta`lim- tarbiya ishlarining yulga kuyilishi, maktablarda amalga oshirilganini urganish orkali biz mustakil respublikamiz milliy ta`lim tizimlarini yangitdan tashkil kilishda, ta`lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, uz dolzarbligini yukotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezrok xalos bulish, uni munosib tarzda yangilashda kushimcha boy manbalarga xam ega bulamiz. Zotan, xozirgi zamon ta`limida davlat va jamiyat talabi xamda manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika tarakkiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffakkiyatli faoliyat kursata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yunaltirish xamda urta ta`limning kup variantli uchinchi boskichini joriy etish, ta`lim-tarbiya berishda eng ilFor pedagogik vositalarni kullash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul ochish, uning eng makbul tizimlarini yaratish kabi jaxon tajribalarini urganish maksadga muvofikdir.
Bugungi kunda keng kulamdagi isloxotlarni uz boshidan kechirayotgan bizning ta`limimiz uchun bu katta axamiyatga ega. Keyingi yillarda jaxon ta`limi buyicha kupgina makolalar, broshyuralar, kullanmalar chop etildi, unga baFishlab seminarlar, anjumanlar, ukishlar, uchrashuvlar utkazildi. Bu bizning ta`lim tizimimizda, chet ellarda ukuv-tarbiya ishlarining yulga kuyilishiga. e`tibor va kizikishning
tez sur`atlar bilan usib borayotganligidan dalolatdir. Xalk ta`limi tizimlarida jaxon ta`lim tizimini urganish bilan shuFullanuvchi muassasalar xam tashkil topmokda. Jaxon ta`limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni vokif kilishda BMTning Uzbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AKЩning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalkaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamFarmasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshka kuplab tashkilotlar yakindan yordam bermokdalar. Darxakikat, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof kilingan xakikatdir. Shu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iktisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag` mikdori yildan-yilga oshib bormokda.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadkikotlarni amalga oshiradigan kup sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortik. Fransiya, AKSh, Yaponiya ta`lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadkikot markazlari shuFullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalkaro ta`lim markazlari, masalan, AKЩda xalkaro ta`lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Kupchiligining faoliyati ukuv dasturini takomillashtirish va kayta kurishga karatilgan.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AKDTdagi singari urganilishi majburiy bulgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar ukuv setkasining yadrosini tashkil etadigan buldi. K,olgan predmetlarni tanlab olish ta`lim oluvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. “Yangi dunyo”ning pedagogik F0yalari Fransiya va G yermaniya ta`limiga xam sezilarli ta`sir etdi.
Germaniya tuliksiz urta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir katorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan ukuv Dasturlari xam amalga oshirildi. Bu ukuv dasturi tobora tuliksiz urta maktab doirasidan chikib, urta maktablar va gimnaziyalarni xam kamrab olmokda.

Fransiya boshlayetich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti xamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografn, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mexnat, ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bulinadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinrok Amerika ta`limi yulidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat ukuv dasturida bir kator farklar kuzga tashlanadi. Yaponiyada ukuv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir kator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta`lim maktablarining yangi musika ta`limi ukuv dasturiga milliy va jaxon mumtoz musikasini urganish xam kiritilgan.
Shuni ta`kidlash lozimki, iktisodiy rivojlangan davlatlarda 80- yillarda tabiiy ilmiy ta`lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba`zi xollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AK,Sh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil ukitiladi. Ukuv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bula boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda tuliksiz urta maktablar ukuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
Xrzirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar ukuv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish tula amalga oshirishdi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan isloxotlar ta`lim ishini tabakalashtirish muammolarini keltirib chikardi. Iktisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta`limni tabakalashtirish engdolzarb masalaga aylangan. Ta`lim oluvchilarni tabakalashtirib ukitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlayetich ta`lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta`lim jarayonida sinf ta`lim oluvchilarini uch tabakaga ajratib ukitishnn afzal kuradilar.

20. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang.
21. Shaxsning ijtimoiylashuvini

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin