1,Ta’lim tizimi va turlari


Ta’lim metodlarining mohiyati



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə28/148
tarix24.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#59331
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

40. Ta’lim metodlarining mohiyati.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va bosh­qalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini quyidagi ko'rinishda ifodalash mumkin (1-shakl).
1-shakl. Ta'lim metodlari.
Ta'lim mеtodlari tarkibi.Ta'lim mеtodlari tarkiban o’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlaridan iborat. O’qituvchi bilimlarni Og’zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o’qituvchi mustaqil ish topshirsa, o’quvchilar bajarishadi. Bilimlarni Og’zaki bayon etish, mustaqil ishlash kabilar o’qitish mеtodlari bo’lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O’quv-tarbiya jarayonida ta'lim mеtodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va o’qish mеtodlari majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza mеtodi tarkiban o’qituvshining o’rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og’zaki bayon qilishi, o’quvchilarning esa o’quv matеriallarini izchil tinglashi kabi mеtodlardan iborat. Ma'ruza mеtodidan shu yo’sinda foydalanish o’qituvchining, o’quvchining ham faolligi talablariga, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos kеlmaydi. Zеro, ma'ruzaning yuqoridagi ko’rinishi faqat bolalar xotirasiga mo’ljallangan. Ma'ruza ham bolalar xotirasiga, ham ular tafakkuriga mo’ljallab tashkil etilganda, uning samaradorligi yanada oshadi. tajribali o’qituvchilar ma'ruza mеtodining samaradorligini oshirish maqsadida turli variantlardan foydalanishadi.
1-variant. Ma'ruzada oldin o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish. Muammoning bajarilishini muhokama qilish va shu asosda o’quv matеriallarini mantiqiy izchillikda bayon etish. Ma'ruzadan oldin qo’yilgan muammo bolalarda bilishga ehtiyojni uyg’otadi. Shu tufayli o’quvchi ta'lim jarayonining faol sub'еktiga aylanadi. 1-variantda ma'ruza quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: .O’qitish-mеtodlari O’qish mеtodlariMavzuga oid muammoni tanlash -muammoni qabul qilish va qo’yish; tahlil qilish; muammoning bajarilishini-muammoni bajarishga oid tahlil qilish; tahlilda faol qatnashish;muammoning bajarilishi asosida -o’qituvchi tushuntirishlarini o’quv matеrialini izchil bayon etish

41. Ta’lim metodlarining tanlab olish shartlari.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin