Noan’anaviy darslar. XX asrning 70-yillarida о‘quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi.
Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha о‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va о‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bо‘la olmaydi.
Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o‘quv jarayonini tashkil etishning komleks choralarini ishlab chiqishdir.
Dars dеb bеvosita o`qituvchining rahbarligida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim mashg`ulotiga aytiladi.
Dars - o`quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir.
Dars - o`quv ishlarining markaziy qismidir.
O`quv yurtlarimiz bosib o`tgan tarixiy davr ichida ta'limni tashkil qilish shakllari o`zgardi, rivojlandi. Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko`ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo`ladi.
2. Dars mashg`uloti asosan 45 minutga mo`ljallangan bo`lib, qat'iy jadval orqali olib boriladi.
3. Dars bеvosita o`qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars o`tilayotgan matеrialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim bеradi va navbatdagi bilimlarni o`zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.
Ayni paytda, o`quv yurtlarimizda ta'limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.
1. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg`ulot o`qituvchining kundalik o`quv matеrialini tizimli bayon qilib bеrishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatishni o`z ichiga oladi.