2- amaliy mashg ʻ ulot obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari reja



Yüklə 35,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü35,26 Kb.
#185919
1   2
2-amaliy mashg\'ulot

Object Inspector oynasi 
(Object Inspector) obyekt xossalari va 
hodisalarini tahrirlash uchun xizmat qiladi. Obyektga yoʻnaltirilgan 
dasturlashda dastur bu obyektlar tizimi boʻlib, har bir obyekt bir qator 
xossalarga ega boʻlishi mumkin. Xossa esa ma’lumotlar va ularni 
boshqarish usullaridan iborat. Obyekt xossalari bu – obyektga berilgan 
xarakteristika boʻlib, uning koʻrinishi, joylashishi va holatidir. Bundan 
tashqari obyekt turli hodisalarni ham oʻrnatishi mumkin. Hodisa deb 
bajarish, boshqarish usuliga aytiladi, masalan, sichqonni bosish, kursorni 
siljitish va hokazo amallarga aytiladi. 
Object Inspector oynasi xossa va hodisalar parametrlarini oʻrnatish 
uchun moʻljallangan boʻlib, u ikkita sahifadan iborat: Propierities 
(xossalar:a-rasm) va Events (hodisalar: b-rasm). 
a) 
b) 
47- rasm. Object Inspector oynasi 
a) “Properties” darchasi, b) “Events” darchasi 
Propierities sahifasi ajratilgan obyekt yoki komponentaning xossalarini 


oʻrnatadi. Masalan, Caption (yozuv) yordamida obyekt yozuvini oʻrnatish 
mumkin, Color (rang) xossasi obyektning rangani oʻrnatadi. 
Events (hodisalar) sahifasida Forma ilovasida tanlangan obyekt uchun 
dastur bajarilishi jarayonida hodisa, ya’ni uni ishga tushirish holati 
belgilanadi. Har bir holatning standart nomi belgilangan. Masalan, 
OnClick – sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish, OnDblClick – 
sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish. 
Obyektlar roʻyxatini koʻrish oynasi
(Object Tree View) dasturda 
ishlatilayotgan komponentalarni daraxt koʻrinishida tasvirlab beradi. 
Komponentalarni joylashuvini va ularning holatini koʻrsatib turadi.
48-rasm. Obyektlar roʻyxatini koʻrish oynasi
Dastur kodlarini kiritish oynasi 
(Unit.cpp) yaratilayotgan yangi 
dasturning kodini (matni) kiritish va uni tahrirlash uchun foydalaniladi. 
Dasturda ma’lum jarayonini amalga oshirishi uchun kerak boʻladigan 
operatorlar ketma-ketligi kiritiladi. 
49-rasm. Dastur kodlarini kiritish oynasi
Konsol muhitida “Hello world” soʻzini chiqaruvchi dasturni koʻrib 
chiqamiz. Buning uchun yangi konsol muhitini ochamiz. Ochilgan 
muhitda quyidagi dastur matni kiritiladi: 
#include  
#include  
#include  
#pragma hdrstop 
// 
#pragma argsused 


int main(int argc, char* argv[]) 

cout << "Hello, World!" << endl; 
getch(); 
return 0; 

//
Natijada quyidagi dastur koʻrinishi paydo boʻladi: 
Misol. R radiusli sharning hajmi quyidagi formula boʻyicha 
hisoblansin: 

=


R
2

Dastur quyidagi koʻrinishda boʻladi. 
#include  
#include  
#include  
#include  
#include  
#pragma hdrstop 
// 
#pragma argsused 
int main(int argc, char* argv[]) 
{ float pi=3.14; 
float r,v; 
cout << "R radius qiymatini kiriting:"<<"\n"; 
cin >>r; 
v=4/3*(pi*pow(r,2)); 
cout << "Natija: "<<"\n"; 
cout <<"Shar hajmi x="<getch(); 


return 0; 

//
Dastur matni kiritib boʻlingandan soʻng F9 tugmasi bosiladi va natijada 
quyidagi dastur koʻrinishi paydo boʻladi: 
1-misol. 

funktsiyaning qiymatini aniqlash dasturi tuzilsin. Konsol 
muhitida amalga oshirilsin Dastur matni quyidagi koʻrinishda boʻladi: 
// 
#include  
#include 
#include 
#include  
#include  
#pragma hdrstop 
// 
#pragma argsused 
int main(int argc, char* argv[]) 
{ float y, r, m; 
cout<<"r -qiymatini kiriting"<<"\n"; cin>>r; 
cout<<"m -qiymatini kiriting"<<"\n"; cin>>m; 
if (r>=m+1) 
{y=(4*r+3*pow(m,2))/(r-m); 
cout<<"Funksiya 1-shart asosida aniqlandi, y="<{y=fabs(r-m); 


cout<<"Funksiya 2-shart asosida aniqlandi, y="<
getch(); 
return 0; } 
//
Dastur matni kiritib boʻlingandan soʻng F9 tugmasi bosiladi va natijada 
quyidagi dastur koʻrinishi paydo boʻladi: 
Nazorat savollari:
1.
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayoniga ta’rif bеring. 
2.
Shartsiz o‘tish opеratori va uning qo‘llanishi. 
3.
Shartli o‘tish opеratorining to‘liq ko‘rinishi. 
4.
Shartli o‘tish opеratorining qisqa ko‘rinishi. 

Yüklə 35,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin