2 – amaliy mashg‘ulot



Yüklə 59,64 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü59,64 Kb.
#163304
1   2   3
2-АМАЛИЙ МАШГУЛО

Maqbul ish joyini tashkil qilish
Ish joylarida to`liq va zararsiz va xavfsiz ish sharoitini yaratish amalda mumkin emas. SHu sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarinining ishlovchilarga zararli ta`sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan, ishlovchilarni shikastlanishlarini oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi.
Yong’in xavfsizligi – ob`ektda yong’in paydo bo`lish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta`sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omil – ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda ta`sir etganda shikastlanishga yoki sog’liqning keskin yomonlashuviga olib keladigan omil. Harakatlanayotgan mashina, mexanizm, yuk ko`tarish vositalari bilan ko`tariladigan yuk, mashina va mexanizmlarning muhofazalanmagan aylanuvchi, ilgarilanma- qaytma harakat qiluvchi qismlar (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali, friktsion uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi.
Ishlab chiqrishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida ta`sir etib kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Zararli omillarga neft’ mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg’isi bug’lari, pestitsidlar, mineral o`g’itlar, chang, shovqin, titrash, tebranish), ish joyida namlikni ortishi yoki kuchli yoritilganligi, iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi.
Elektr xavfsizligi kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli va xavfli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi.
SHikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta`sirlar natijasida inson organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.

Yüklə 59,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin