Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta`sir etadigan omillar majmui.
SHaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar. SHaxsiy himoya vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko`zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlabchiqarishdagibaxtsizhodisa– ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta`siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir.
Ruxsat etilgan kontsentratsiya (daraja, miqdor) (REK, RED, REM)– 8 soatli yoki boshqa ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo`lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud sog’ligida o`zgarishlar keltirib chiqarmaydigan kontsenratsiya (daraja, miqdor)