Demak, dastgohning bikrligini aniqlash uchun avval uning barcha qismlarining bikrligini, dastgohning turqunlik (xarakatsiz) xolida aniqlash kerak ekan. Lekin turqunlik xolida aniqlangan bikrlik aniq chiqmaydi, chunki dastgoh ishlayotgan paytda kesish kuchi o’zgarib turadi. Birikmalardagi oraliqlar xam bikrlikka ta'sir qiladi.
Shuning uchun biz dastgohning bikrligini aniqroq usul bilan, ya'ni uni ishlab turgan jarayonda aniqlaymiz. Bu usul bir xilda quyimga ega bo’lmagan tayyorlamaga ishlov berib dastgohning bikrligini aniqlashga asoslangan.
Bikrlikni aniqlash uchun maxsus ekstsentrik shakldagi tayyorlamalarni kesish jarayonida kesish chuqurligi tkichik dan tkatta ga o’zgaradi. Kesish chuqurligining o’zgarishi esa kesish jarayonida R y kuchini o’zgarishiga va natijada DMAD elastik birligining bu kuch tasirida siljishiga olib keladi.
Wk, Jk –kesuv asbobining( keskichning) beriluvchanligi va bikrligi;
Wd, Jd –dastgohning beriluvchanligi va bikrligi;
Wt, Jt – tayyorlamaning beriluvchanligi va bikrligi.
Ma'lumki Py kuchi keskich bo’ylab ta'sir qiladi, demak keskichning bikrligi juda kata sonni tashkil qiladi. (Py kuchi ta'sirida keskich egilmaydi), shuning uchun Wa – (1) formulada xisobga olinmasa xam bo’ladi.
Kesish jarayonida kalta va diametri katta tayrlama ishlatish (bikrlikni oshirib) xisobiga Wt ni xisobga olmasa xam bo’ladi.
Unda
Wbir= Wd yoki Jbir= Jd
Malumki dastgoxning bikrligi:
Jd=Py/y n/mm
Kesish nazariyasi bo’yicha keskich bo’ylab yo’nalgan kuch - Ru
Kesish nazariyasi bo’yicha keskich bo’ylab yo’nalgan kuch - Ru
u- Ru kuchi tasirida dastgohningshu yo’nalishdagi siljishi, mm
Bu xolda dastgoxning bikrligi quyidagicha bo’ladi:
bu erda Sr –ishlanadigan metallning mexanik xossalariga boqliqlik koeffitsienti
Xr – ishlanadigan metallga boqliq bo’lgan daraja ko’rsatkichlari
Ekstsentrik tayyorlamani kesib ishlashda kesish chqurligi tkichik dan tkatta ga o’zgarishi natijasida dastgohning qismlari xam Ukichikdan U katta o’zgaradi.