O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy
axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki,
milliy axborot tizimiga
davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy
axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga
ishlov berish hamda undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan
tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa
vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar
banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.
Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi
va ularning jamiyat turli
jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika fanining
ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni o’rganadi:
Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari;
Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
faktorlari sifatida;
Axborotlashgan jamiyatda shaxs;
Axborot madaniyati;
Axborot xavfsizligi;
Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar ushbu
termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va
foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof
etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson
hamda qulay shaklda etkazib
beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki,
jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalansin. Akademik
V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi
ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari
hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy
mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta
tezlik va
aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni
modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa
vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga_aytiladi.
Bunday jamiyatda:
Хohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur
bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana jlishi;
Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining
taqdim
etilishi;
Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun
zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi
rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish.
Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng
yaqin kelgan davlatlarga AQSh,
Yaponiya, G’arbiy Yevropa davlatlari kiradi.
Axborot katta oqimlarining vujudga kelishi vujudga kelishiga:
Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi;
masalan, XX asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10
tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish etarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib,
bu ro’rsatkich 100 ga etdi.
Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar,
hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib
borishi sabab bo’ldi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion
portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 – yilgasha bilimlarning
to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan brogan bo’lsa, 1900 yildan keyin har 50
yilda 2 baravarga, 1950 yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970 yildan boshlab,
har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda. Axborot
inqirozi bir qancha salbiy holatlarni keltirib chiqardi. Ular orasida insonning
chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari bilan doimiy ko’payib
boruvchi axborot oqimlari o’rtasidagi qarama- qarshilik;
foydali axborotlarni
o’zlashtirishga halal beruvchi ulkan ortiqcha axborot massasining mavjudligi; axborot
tarqalishiga xalaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to’siqlarning
mustahkamlanishi muammolarini ajratish mumkin. Axborotlashgan jamiyat
vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasining
“Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni
Dostları ilə paylaş: