2- mavzu: Bir ho‘jayralilar (Protozoa). Reja



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə1/10
tarix12.05.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#112646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Protozoa-ma\'ruza


2- mavzu: Bir ho‘jayralilar (Protozoa).


Reja:
1. Protozoologiyaga kirish.
2. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) umumiy tavsifi.
3. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) sistematikasi.
4. Xivchinlilar(Euglenozoa) tipi. Evglenasimonlar(Euglenoidea) sinfi.
5. Yoqali xivchinlilar (Shoanoflagellata) tipi. Retortamonada va Axostylata tiplari.
6. Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi umumiy belgilari, vakillari va axamiyati.
7. Kipriklilar (Ciliophora) kenja tipi.
8. Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa) kenja tipi.
9. Amyobasimon bir xo‘jayralilar. (Sarcodina).
10.Foraminiferea, Actinopoda, Radiolaria, Acantharea, Heliozoa sinflari vakillari o‘ziga xos belgilari .
11. Bir ho‘jayralilar kelib chiqishi va evolyutsiyasi.


Tayanch iboralar: Protozoologiya; Eukariot va prokariot ho‘jayralar;Bir ho‘jayralilar- Protozoa; ho‘jayraviy tuzilish; hayotiy funksiya, yo‘nalishlar; oziqlanish; harakatlanish; autotrof va geterotrof organizmlar; Xivchinlilar (Euglenozoa); Evglenasimonlar(Euglenoidea); Kinetoplastidalar; Yoqali xivchinlilar (Shoanoflagellata); Retortamonada va Axostylatalar. Alveolata; Dinoflagellata; Kipriklilar (Ciliophora); Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa); Amyobasimon bir xo‘jayralilar. (Sarcodina); Foraminiferea va Actinopoda; soda hayvonlar kelib chiqishi va evolyusiyasi.


1. Protozoologiyaga kirish.
Eukariot ho‘jayra deb yoki gavdasi bitta ho‘jayradan tuzilgan hayotiy organizmlarga aytiladi. Bir ho‘jayrali eukariotlar – (prokariot ho‘jayradan farqi, prokariot ho‘jayralarda ya’ni bakteriyalar, viruslarda yadro bo‘lmaydi) oddiy ho‘jayra bo‘lib yadro va membrana qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bir ho‘jayrali eukariotlar yoki organizmlar – Protista (Protistalar) nomi bilan ataladi. Protistalar ichida harakatchan formalar ham uchraydi va ular fanda Protozoa (Protozoalar) deb ataladi. Eukariot ho‘jayralar tuzilishi – ko‘p ho‘jayrali hayvonlar, o‘simlik va zamburug‘lar to‘qimalaridagi ho‘jayralarga o‘xshash bo‘ladi. Eukariot ho‘jayralarda quyidagi organoidlar: yadro, mitoxondriya, xloroplast, sitoplazma, endoplazmatik to‘r, ribosoma, Goldji apparati bo‘ladi. Eukariot ho‘jayralar uch xilda: amyobasimon, xivchinli va kipriklar yordamida harakatlanadi.
Yerda hayot paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon asoslangan gipotezalarda yerda kislorodsiz muhitda dastlabki hayot kurtaklari “prokariot ho‘jayralar” 3,5-3,9 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan deb faraz qilinadi. Prokariot ho‘jayralar paydo bo‘lganidan 2 mlrd yildan keyin “eukariot ho‘jayralar” paydo bo‘lgan. Demak bundan 1,5 mlrd yil oldin eukariot ho‘jayralar paydo bo‘lgan, dastlabki “ko‘p ho‘jayrali organizmlar” paydo bo‘lganiga esa 1 mlrd yil bo‘lgan deb taxmin qilinadi.

Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin