Emotsiyalar va motivatsiya
esa atrofimizda sodir bo‘layotgan xodisalar, bizni
o‘rab turgan odamlar va ularning xatti-qarakatlarini ruqan qanday qabul qilib,
ularga bildiradigan qissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo‘lib, ular
ayni vaziyatlardagi real xolatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib
chiqadi.
Ijtimoiy ustanovka
- yuqoridagi barcha xususiyatlar
kompleksiga ega insonning
turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va xarakatlarga ruhan hozirligi va
munosabat
bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir.
Biz yuqorida sanab o’tgan individual psixologik xususiyatlarning ahamiyati katta.
Ular bizning jamiyatdagi o‘rnimiz, obro’ - e’tiborimiz, ishdagi va o‘qishdagi
yutuqlarimiz, inson sifatidagi qiyofamizni, kim ekanligimizni, kerak bo‘lsa,
o‘zligimizni belgilaydi. Individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas
qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimz yo‘naltirilgan muhim
predmet
hisoblanadi. Chunki aynan ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va
ishlarni bajarishdagi individual uslubimizga bevosita aloqador.
Dostları ilə paylaş: