2- Mavzu. Individual – psixologik xususiyatlar klassifikatsiyasi. Talaba shaxsi
tipologiyasi.
Ishdan maqsad:
Individual – psixologik xususiyatlar klassifikatsiyasi, talaba
shaxsi tipologiyasini o’rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumot.
Individuallik tushunchasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, «individium» ya’ni
«bilinmas» degan ma’noni anglatadi. Individuallik har bir insonning o’ziga xos
psixik xususiyatli ko’rinishi bo’lib, u o’zining hayoti va
faoliyati davomida
shaxsda sub’yekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni
rivojlantirish uchun xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va
extiyojining o’sishida bir butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi.
Faqatgina faoliyat jarayonida u jonli narsalar bilan munosabatga kirishish tufayli
shakllanib boradi. Aynan individuallik madaniyatning qaytarilmas ifodalovchisi
(tarqatuvchisi) bilib qoladi.
Inson individualligi
– bu kishining individual rivojlanish sharoiti va turg’un
omillarining birligini qamrab oluvchi ko’p o’lchovli va ko’p darajali bog’lanishlar,
aloqalar sistemasidan iborat. Shunday bo’lishi bilan birga inson individualligi
psixologik jixatdan:
birinchidan har bir kishining ichki dunyosi o’ziga xosligi, qaytarilmasligi,
yagonaligi bilan ajralib turadi;
ikkinchidan inson ichki dunyosi yaxlitligi, tugallanganligi bilan ajralib turadi, ya’ni
yaxshi, yomon, olim, noshud, ikkichi va xokozo.
Har bir shaxs o‘ziga xos qaytarilmas dunyo. Shaxs - qaytarilmas, u o’z
sifatlari va
borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida
uning
individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o’rinda biz yuqorida ta’rif
bergan shaxs tushunchasi bilan yonma - yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga
izoh berish o’rinli deb hisoblaymiz. Bu - “individ” va “individuallik”
tushunchalaridir. “Individ” tushunchasi umuman “odam” degan tushunchani
to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida
mavjudligini tasdiqlaydi va
uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o’z
ichiga
oladi, ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy va
xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ - insonga
aloqadorlik
faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir. “Individuallik” - yuqoridagi ikkala
tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u konkret odamni boshqa bir
konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga
oladi. Shu nuqtai nazardan, shaxs tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, shaxsning
individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari,
emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu
qayd etib o’tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta’minlovchi
kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo’yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko’z
qarashlari, barmoq xarakatlari va shunga o’xshash sifatlari bir xil bo’lgan
insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat
motivatsiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo‘lgan odamni
topib bo‘lmaydi. Ular - individualdir.