2- mavzu: Maktabgacha kichik, o`rta va katta yoshdagi bоlalar nutqini o`stirishning metоdlari va vоsitalari



Yüklə 195,1 Kb.
səhifə5/11
tarix11.06.2023
ölçüsü195,1 Kb.
#128387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу

O’rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to’g’risidagi bilimlarini chuqurlashtirish bo’yicha mukammal ish olib borish ko’zda tutilgan. Bu guruh bolalarining faol lug’ati narsalarning nomlarini, qismlarini, ularning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko’rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so’zlar hisobiga boyib boradi.

Bolalarning o’z nutqlarida umumlashtiruvchi so’zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, mevalar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o’rgatiladi;

  • Bolalarning o’z nutqlarida umumlashtiruvchi so’zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, mevalar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o’rgatiladi;
  • Tanish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish-tovoqlar, choyidishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoqkiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o’rgatiladi.
  • 4-5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan tanishtiriladi, kishilar mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari hamda ularning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va buning natijasida ularning lugatlariga mehnat faoliyatining xususiyatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini bildiruvchi so’zlar kiritib boriladi.
  • O’rta guruhda ona shahriga, qishlog’iga bo’lgan qiziqish va muhabbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat binolarining nomlarini bildiruvchi so’zlar faollashtirib boriladi: pochta, maktab, do’kon, kino-teatr va hakozolar, faollashtirib boriladi hamda shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish bo’yicha olib boriladigan mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so’zlar hisobiga (yangi ko’prik qurishyapti, shahar bog’i tashkil qilindi) lug’atlari boyitib boriladi. Bola tilning lug’at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik qurilishini ham egallay boshlaydi.

O’rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir

  • Besh yoshga etganda uning faol lug’ati boyib, munosabat doirasi kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi.
  • So’z turkumlaridan otni tez o’zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foydalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi.
  • to’rt yoshli bolalar o’z nutqlarida bog’lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko’plik, birlik, bo’lishli, bo’lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to’g’ri ishlata oladigan bo’ladilar. Otlardan so’ng so’z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o’zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o’zlashtirilgan so’zlarni hamma vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qolaolmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmaydi.
  • Fe’llarning zamonga qarab o’zgarishini (hozirgi, o’tgan va kelasizamon) tezda to’g’ri o’zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarning zamon qo’shimchalarini almashtirib yuboradilar.

Yüklə 195,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin