2- mavzu: Maktabgacha kichik, o`rta va katta yoshdagi bоlalar nutqini o`stirishning metоdlari va vоsitalari


Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ayrim bolalarning bog‘lanishli nutqida yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi



Yüklə 195,1 Kb.
səhifə3/11
tarix11.06.2023
ölçüsü195,1 Kb.
#128387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ayrim bolalarning bog‘lanishli nutqida yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ayrim bolalarning bog‘lanishli nutqida yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

  • Ona tili boyligidan unumli foydalanish.
  • Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash.
  • Nutqni rivojlantirish jarayoni.
  • Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik.
  • Nutqni rivojlantirish mazmuni.
  • Nutqni rivojlantirish shakllari.
  • Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi.
  • Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi.

Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar:

  • bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob berishi, o’z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko’rsatib fikr bildirishga intilishini qo’llab-quvvatlash;
  • - tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o’z taassurotlarini ular bilan o’rtoqlashishni istashi, o’yin harakatlari, ro’y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag’batlantirish;
  • - bolangizning lug’at zahirasini kishilar, o’simliklar, oziq-ovqatlar,kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o’yinchoqlar, narsa-buyum qismlari (ko’ylak yengi, cho’ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va g’ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib borish. Gapda so’zlarni bir-biriga to’g’ri bog’lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi», «Kecha boraman» emas, «Bugun boraman») o’rgatishga alohida e’tibor berish;
  • - bolalarni unli va undosh tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish.

Bolaga oilada va maktabgacha ta’lim tashklotida psixologik jihatdan qulay bo’lishi, uning kattalar va tengdoshlari o’rtasida emotsional jihatdan qulay muhit yaratish, ular bilan o’zaro munosabatlardan quvonch va zavq olishlari uchun quyidagilar zarur:

  • bolaga kattalar va tengdoshlarining turli emotsional holatdagi hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish;
  • bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi uchun sharoit yaratish;
  • quvonchli, qayg’uli, hotirjam, emotsional holatini ko’rish va tushunishga bo’lgan intilishni rivojlantirish;
  • o’zini tutib turish va g’azab, qo’rquv, jahl hislarini ijtimoiy jihatdan maqbul shaklda namoyon qilishni rivojlantirish (boshqa bolani turtmaslik, urmaslik, o’yinchoqni qo’ldan tortib olmaslik va h.k.);
  • jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish ko’nikmasini tarbiyalash: ochiq chehra bilan salomlashish va xayrlashish, o’z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish; yordam berganlik, mehmon qilganlik uchun, o’yinchoqni berib turganlik uchun minnatdorchilik izhor qilish; o’rtog’ining iltimosiga xushmuomalalilik bilan javob qaytarish; javobini xotirjamlik bilan tinglash; o’rtog’ini xafa qilmaydigan ohangda o’z noroziligini izhor qilish.

Yüklə 195,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin