differensiatsiya jarayonini tashkil qiladi. Differensiatsiya tillarning dialektlarga parchalanishidir.
Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga yaqinlashish kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu jarayon integratsiya deb yuritiladi. Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til me’yorlariga yaqinlashuvidir. Bunday jarayonlar tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat rivojiga, ijtimoiy hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog‘liq tarzda sodir bo‘ladi.
Tillarning o‘zaro ta’siri natijasida, ko‘p hollarda, madaniy va iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan xalqning tili ta’sirida ikkinchi tilga ko‘pgina so‘zlar o‘zlashadi.
Tillarning o‘zaro ta’siri ularda so‘zlashuvchi xalqlarning yonma-yon yoki yaqin hududda yashashiga, ba’zi hollarda, bog‘liq bo‘lmaydi. Ba’zi baynalmilal so‘z va terminlarning bir yo‘la bir necha tillarda qo‘llanishi bunga misoldir.
Ko‘pincha tillarning o‘zaro ta’siri leksika sohasida, xususan, so‘z qabul qilish bilan boshlanadi va keyinchalik u fonetika va grammatikada ham kuzatiladi. O‘zbek tilida arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlar ko‘p. Arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda o‘zlashma fonetik hodisalar ham mavjud: toat, tal’at, soat, sur’at kabi. Bu so‘zlarda arabcha “ayn”ning cho‘ziqroq talaffuzi kuzatiladi; s /ts/ (sirk, sirkul), /j/ (jyuri, jurnal) fonemalari o‘zbek tiliga grek tilidan kirib kelgan so‘zlar bilan birga o‘zlashgan.
Bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashishi natijasida ulardan birining tarkibida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday ta’sir tillardan birining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Saqlanib qolgan tilda yo‘qolgan til unsurlarining bo‘lishi substrat (lotincha sub “yuqori’, stratum “qatlam”) deb ataladi. Substrat ko‘proq fonetika sohasida kuzatiladi. Masalan, german tillaridagi “yuz” va “ming” sonlari qadimiy ingliz, qadimiy sakson tillarida hund, qadimiy yuqori nemis tilida hunt, boshqa german tillarida hunda shaklida o‘zlashgan. “Ming” so‘zi thusundi shaklida (qadimiy ingliz tilida thusend, qadimiy friz tilida thusend, qadimiy sakson tilida thusundig, thusint kabi) o‘zlashgan. Bu so‘zlarda fonemalar almashuvi kuzatiladi. Qrimdagi gotlar tilida sada “yuz”, o‘rta osetin tilida sada, fin-ugor tillaridan o‘zlashgan sada va hazar “ming” (o‘rta fors tilida hazar, venger tilida o‘zlashgan ezer shakli mavjud)13.
Kishilar ikki va undan ortiq tillarda so‘zlasha oladilar. Shunga ko‘ra ikki tillilik bilingvizm (grekcha bi “ikki”, lingua “til”) va ko‘p tilda so‘zlashish – polilingvizm (grekcha poly “ko‘p’, lingua ‘til’) farqlanadi.
Tillarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm masalasi, uning o‘ziga xos ko‘rinishlarini ilmiy jihatdan yoritgan mutafakkirlardan biri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiy turkiy va sart xalqlarining tilni bilish, til ko‘nikmalariga ega bo‘lish madaniyati haqida so‘z yuritar ekan, bu xalqlarning tildan foydalanish darajalarini bayon etadi. Turkiylarning sart tilini to‘liq o‘zlashtirgani, kichigidan tortib kattasigacha bu tilni mukammal bilishlari haqida ma’lumot beradi: Ammo turkning ulug‘din kichigiga degincha va navkardin begiga degincha sort tilidan bahramanddurlar. Turkiylarning sart tilini shunchaki bilibgina qolmay, uning nozik jihatlarini farqlashlari, shu tilda rangin ash’orlar bitishlari haqida yozgan: Andoqkim, o‘z xurd ahvolig‘a ko‘ra ayta olurlar, balki ba’zi fasohat va balog‘at bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim, forsiy til bila rangin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar. Sartlarning turk tilida so‘zlasha olmasliklari, bu tilni tushunmasliklari, yuztadan, balki mingtadan bittasi bilsa ham, talaffuzida o‘z tiliga xos xususiyatlar sezilib turishini ta’kidlagan: ammo sort ulusining arzolidin ashrofig‘acha va omisidin donishmandig‘acha hech qaysi turk tili bila takallum qila olmaslar va takallum qilg‘onning ma’nisin ham bilmaslar. Agar yuzdin, balki mingdin biri bu tilni o‘rganib so‘z aytsa ham har kishi eshitsa, bilur va aning sart ekanini fahm qilur14. Jamiyatdan tashqarida yashagan inson qancha umr ko‘rmasin, u gapira olmaydi. Chunki til nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tmaydi, ya’ni uni irsiyatga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Irsiyat qonuniga binoan, bolaning biologik, antropologik xususiyatlari avloddan avlodga o‘tadi, lekin o‘zbek oilasida tug‘ilgan bola faqat o‘zbek tilida gapiradi, deyish noto‘g‘ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi qaysi oila, qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bog‘liq. Bolaning qaysi tilda so‘zlay boshlashi uni o‘rab turgan til muhitiga bogliq. Masalan, fransuz bolasi go‘daklikdan yaponiyaliklar orasida tarbiyalansa, u faqat yaponcha so‘zlab, ajdodlari tilini bilmaydi, yapon tili uning ona tiliga aylanadi. Ammo bolaning biologik belgilari (yuz tuzilishi, sochining rangi va hokazolar) o‘zgarmagan holda shakllanib boradi.
“Tilning pаydо bо‘lishi, uning tаkоmillashib bоrishi, оdаmzоdning bundаy buyuk nе’mаtgа nоil bо‘lishidаy murаkkаb jаrаyondа ijtimоiy muhitning, kishilik jаmоаsining hаl qiluvchi оmil ekаnligidаn ibоrаt hаqiqаtni insоn аqli tо‘liq аnglаgungа qаdаr kо‘p zаmоnlаr о‘tgаn. Erаmizdаn оldin hаm, bizning erаmizdа hаm dunyoning turli burchаklаridа аnа shu hаqiqаtni izlаb turli-tumаn tаjribаlаr о‘tkаzilgаn. “Mо‘g‘ullаr impеriyasining umumiy tаhriri” (Pаrij, 1705) nоmli kitоbdа ХVI аsrdа Аkbаrshоh tоmоnidаn о‘tkаzilgаn bir g‘аrоyib tаjribа hаqidа bаtаfsil yozilgаn. Ulug‘ shоh “Birоn-bir tilgа о‘rgаtilmаgаn оdаmning tаbiiy tili yahudiy tili bо‘lаdi” dеgаn g‘аyriilmiy gаpni eshitib qоlаdi. Shundа Аkbаrshоh bоlаgа hеch qаndаy til аtаylаb о‘rgаtilmаsа, u qаysi tildа gаpirаdigаn bо‘lishini bilishni istаydi. Аnа shu mаqsаddа shоh о‘n ikkitа emizikli bоlаni аjrаtib оlib, Аgrаdаn оlti mil uzоqlikdаgi qаl’аgа jоylаshtirаdi, ulаrni tаrbiyalаshni о‘n ikki sоqоv enаgаgа tоpshirаdi. Tilsiz qоrоvulgа qаl’а dаrvоzаsini оchish qаt’iyan tаqiqlаnаdi, dаrvоzа оchilsа, uning bоshi olinishi аytilаdi. Vаqt о‘tib, bоlаlаr о‘n ikki yoshgа yеtgаndа, shоh bоlаlаrni huzurigа kеltirishni buyurаdi vа sаrоygа bаrchа tillаrni bilаdigаn dоnishmаndlаrni hаm tаklif qilаdi. Ular Аgrаdа yashаydigаn yahudiy bоlаlаr chindаn hаm yahudiychа gаpirishi yoki gаpirmаsliklаrigа hаkаmlik qilishi kеrаk edi. Аgrаdа аrаblаr vа хаldеy (sоmiylаrdаn bо‘lgаn qаdimiy хаlq)lаr kо‘p edi. Hind fаylаsuflаri bu bоlаlаrning tili sаnskrit (qаdimgi hind tili)chа bо‘lib chiqаdi, dеb hisоblаrdilаr. Аmmо bоlаlаr shоh huzurigа kеltirilgаndа, bаrchа hаyrаtdаn tоsh qоtаdi. Chunki bоlаlаr hеch bir tildа gаpirmаs edilаr. Ulаr о‘z enаgаlаridаn fikrlаrini fаqаt turli imо-ishоrаlаr bilаn ifоdаlаb, hеch qаndаy tilsiz muоmаlа qilishni о‘rgаngаn edilаr. Ulаr bu nоtаnish, bеgоnа jаmоаdаn qо‘rqib-hurkib turаrdilаr, оchilmаy tugilgаn bu tillаrining tugunini yеchmоq tаmоmаn mushkul edi, bu tillаrgа nutq tоvushlаrini аyttirmоq zаmоni о‘tib bо‘lgаn edi”15.
Boshqa bir misol: 1920 yilda Hindistonda ovchilar bir uyada ikki bo‘ri bolasi va ikki qizchaga duch kelganlar. Ular (ayniqsa, ularning kattasi – Kamola) o‘zlarini bo‘ri sifatida tutganlar. Kamola bo‘rilar bilan 15 yil birga hayot kechirgan. Lekin u gapirishni umuman bilmagan. Faqat o‘rgatishning uchinchi yilida ikki oyoqda turishni (shunda ham orqasidan ushlab turilsa) o‘rgangan. Yetti yildan keyingina ikki oyoqda yura boshlagan. Lekin, baribir, yugurish zaruriyati tug‘ilsa, emaklab chopgan. Uni gapirtirish yana ham qiyin bo‘lgan. To‘rt yil davomida faqat olti so‘zni bilib olgan. Yetti yil davomida Kamolaning lug‘atidagi so‘zlar ellikka ham bormagan. 16 yoshida bu qiz o‘zini 4 yoshli qiz holida tutgan.
1998-yilda matbuotda London shahridagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida itlar bilan yashab yurgan 7-8 yashar bola topilgani, uning gapira olmasligi, itlarga xos emaklab yurishi, yugurishi, suvni tili bilan yalab ichishi, itlar kabi uvlashi haqida xabar e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, ota-ona ichkilikka berilib ketib, bola bir yarim-ikki yasharlikda dom-daraksiz yo‘qolgan. Hech kim qidirmagan, izlamagan. U emaklab ko‘chaga chiqqanicha, itlarga qo‘shilgan, go‘dakligidan to 7-8 yoshigacha ular bilan birga bo‘lgan. Jamiyatda yashab turib, jamiyatdan ayro tushgan. Natijada insonlik qiyofasiga ega bo‘lmagan, turgan gapki – so‘zlashni ham bilmagan. Bu fojea texnika takomillasha borgani, jamiyat rivojlangani sari mehr-oqibat, boshqalar hayotiga e’tiborning susayib borayotganidan dalolat beradi.
Keltirilgan misollar ham tilning jamiyat bilan bog‘liqligini, uni jamiyatdan ajratish mumkin emasligini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ma’lumki, jamiyatga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda ko‘p. Ammo bu hodisalarning jamiyatda bajaradigan funksiyalari, o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanish doirasi bor. Masalan, bazis jamiyatning iqtisodiy tuzilishini, ustqurma esa jamiyatning siyosiy, yuridik, ideologik me’yorlarini belgilab beradi. Har bir tuzumning o‘z bazisi va ustqurmasi bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarining o‘zgarishi bilan bazis va ustqurma ham o‘zgarib turadi. Til esa na bazis va na ustqurma tarkibiga kirmaydigan o‘ziga xos ijtimoiy hodisadir.
“Tilim - iftixorim” mavzusida avval o’z shevangizda,
so’ng adabiy tilda matn yarating va so’z qo’llashdagi o’ziga
xoslikni, farqni tushuntiring