2- mavzu. Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi



Yüklə 57,47 Kb.
səhifə2/8
tarix15.10.2023
ölçüsü57,47 Kb.
#155791
1   2   3   4   5   6   7   8
Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi krip-fayllar.org

OVUM, Mashine Research va Nokia kompaniyalari tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, 2020-yilda tarmoqqa ulangan sanoat qurilmalarining soni 530 mln. birlikdan orti, 2025-yilga kelib esa ularning soni 20 dan 200 mlrd birlikkacha bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish resurlarini boshqarish texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, ulardan virtual foydalanish manfaatlarida, raqamli iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va o‘zgartirish davlat dasturlariga binoan bajariladi: Germaniyada Industrie 4.0, AQShda Advanced Manufacturing Technology, Xitoyda esa asosiy e’tibor ilg‘or texnologiyalar joriy qilish, sifat va innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik konsepsiyasi, Buyuk Britaniyada Innovate UK, Avstraliyada National Digital Economy.


IoT-platformalar yaratish va joriy qilish bo‘yicha loyihalar, amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalga oshirilmoqda. Internet tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi internetni rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqdi hamda buyumlar interneti Assotsiatsiyasini ta’sis etdi. Rosstandart doirasida faoliyat yurituvchi «Kiber fizicheskie sistemi» standartlashtirish bo‘yicha yangi texnik qo‘mita faoliyati doirasida buyumlar interneti sohaida standartlar ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilgan.
Katta ma’lumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlar katta hajm bilan, xizma-xillik va yangilanish tezligi bilan tariflanadi, bu esa axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi.
Shunday qilib, katta ma’lumotlar texnologiyasi katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir. Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud joylarda paydo bo‘ladi. Ular asosida makro darajadagi hodisalarni tahlil va prognoz qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek, ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalri asosida trendlarni aniqlash mumkin. Tijorat loyihalari hamda davlat loyihalari uchun katta ma’lumotlar sohasidagi asosiy muammo – ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi.
Tahlil algoritmidagi eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar tezligini baholay oladiganlar emas, balki bu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda katta ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, katta ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beruvchi ko‘p sonli usullar va kompleks dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan, IBM, Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation (HADOOP)va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
 Internetda foydalanuvchilar xulq-atvori loglari;
 avtomobillardan transport kompaniyasiga keladigan GPS-signallar;
 bankning barcha mijozlari tranzaksiyalari haqidagi axborotlar;
 yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi axborotlar;
 ko‘p sonli shahar IP-videokameralaridan olingan axborotlar;
 sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish datchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar.

Yüklə 57,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin