Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi krip-fayllar.org
2.3. Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliya-bank tizimining transformatsiyasi Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz kreditlash kabi elementlarning bozordagi ulushi shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar (2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan) va bir-birini (peer-to-peer – P2P) kreditlash (oxirgi 3 yil ichida AQShda 15 baravar o‘sgan va 2015 yil aylanmasi 78 mlrd dollarga etgan) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi.
Ma’lumki, an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (yoki xizmat) ishlab chiqarish shunchalik arzonlashadi. Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan oshishi kuzatilmoqda.
Raqamli banklarning (digitalbanking) asosiy konsepsiyalari qatoriga mijozlarga yo‘naltirilganlik, konsortsium konsepsidan raqamli banking konsepsiyasiga o‘tish, CRM (Customer Relationship Management) ning rivojlanishi, mijozlarga ishonchning oshishi, takliflarni shaxsiylashtirish va harakatchanlik xususiyati kiradi. Raqamli banklar xizmatlari zamonaviy insonlar hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib borishda kuzatiladi.
Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va xizmatlarni taklif qiladi. Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan xabardor qilish, uning uchun eng yaqin bo‘lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o‘z mijozlariga shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, ubarcha platformalarda ishlay olsin va o‘z faoliyatini asosan mobil qurilmalarga yo‘naltirilsin. Banking raqamli modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin:
omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish;
axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish;
ochiq API tizimidan foydalanish;
moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat;
mobil to‘lovlarning rivojlanishi;
banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish.
Raqamli xizmat ko‘rsatishga to‘la-to‘kis o‘tish nafaqat banklarga, balki xilma-xil bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana oladigan iste’molchilarga ham foyda keltiradi (masalan, xarajatlarning kamayishi, muloqot doirasini qamrab olish imkoniyati, moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq bilish). Respublika bank tizimida zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga asoslangan innovatsion texnologiyalar faol joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markabiy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya xizmatlari tuzilmasida bank xizmatlarining ulushi 88 %ni tashkil qilgan va oldingi yillar bilan taqqoslaganda 1,2 baravarga oshgan. Bundan tashqari, 2019-yil uchun bank tizimi xizmatlari sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash, bu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish bo‘yicha muayyan vazifalar belgilab berilgan.
Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank xizmatlaridan muntazam foydalanuvchi mijozlar ulushi ko‘plab qulay omillar tufayli og‘ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank xizmatlari ko‘rsatishning raqamli kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilayapti. Shuningdek, ta’kidlash joizki, banklarning raqamli xizmatlarga o‘tishi uzoq muddatli va serxarajat, aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni, katta miqdordagi mablag‘lar ajratishni talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.
Hozirgi kunda banklar o‘z mijozlariga bir qator onlayn-xizmatlar va masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki o‘z mijozlariga quyidagi onlayn-xizmatlar taklif qilmoqda:
1) bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish;
2) amalga oshirilgan amallar to‘g‘risida elektron pochta (e-mail) orqali xabardor qilish;
3) mijozlar uchun personal IVR-kabinet tashkil qilish.
Mijozlarga masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish va onlayn-xizmatlar taklif qilish amaliyotining ko‘rsatishicha, mahalliy banklar cheklangan turdagi onlayn-xizmatlar taklif qilmoqda, shuningdek, bank faoliyatini iste’molchilar talablariga nisbatan ommalashtirish jarayoni juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy banklar raqamli kanallar bo‘yicha xilma-xil moliyaviy xizmatlar taqdim etadigan bo‘lsa, iste’molchilarbank servislaridan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanish imkoniga ega bo‘lar edilar.
Mijozlarga masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish va onlayn-xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi:
1) yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi masofani qisqartirish;
2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam maslahat asosida tashkil qilish va rivojlantirish;
3) an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish;
4) mijozlarni bank operatsiyalari o‘tkazishda yangi raqamli texnologiyalardan foydalanishga jalb etish.
Respublikamiz banktizimi resurs salohiyatini oshirish va "raqamli banking"ni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni faollashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylaymiz:
respublikamiz bank sektorida asta-sekinlik bian davlatning monopolik ta’sirini kamaytirib borish va tijorat banklarining bozor institutlari sifatidagi mustaqilligini ta’minlash;