2.2. Kriptovalyutalar – elektron tijoratning aktivi sifatida Yangi raqamli iqtisodiyotda bir qancha turdagi moliyaviy aktivlar bo‘lib, ular jumlasiga kriptovalyutalar ham kiradi. Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda qollaniladigan va hozirgi zamonda borgan sari ommabop bo‘lib borayotgan virtual valyutalar haqida mulohaza qilib ko‘ramiz.
Virtual (raqamli/elektron) valyuta moddiy timsolda mujassam bo‘lmagan, ammo to‘laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘laridir.
Kriptovalyuta – kriptografik algoritmlarni maxsus ko‘rinishlarda qo‘llashga asoslangan emission valyuta turi.
Blokcheyn)'>Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bunda har bir ma’lumotni qayd etish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat, bu esa uni qalbakilashtirish imkoniyatini qat’iy chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual valyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi.
Bitkoin – mavjud virtual valyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgan kriptovalyuta hisoblanadi va u bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi.
Virtual valyutalar kriptovalyutalarga mansub bo‘lmasligiva Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol qilib Yandeks-dengi, Veb-mani (WebMoney) va Kivi-hamyonni (Qiwi) larni keltirish mumkin. Ko‘pchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va blokcheyn atamalarini adashtirib yuboradi va ularni sinonim sifatida qo‘llaydi, lekin bu faqat birinchi – bitkoin uchun to‘g‘ridir.
Gap shundaki, blokcheyn texnologiyasi maxsus Bitkoin uchun ishlab chiqilgan va ma’lum vaqt davomida boshqa hech qayerda qo‘llanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn texnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai nazaridan emas, balki davlat reyestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida blokli zanjirlar bilan amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tarqalib bormoqda.
AQShda sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, Shvetsiyada mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya ta’minoti sohasida ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni tanlagan. Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat AQShning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon bergan bo‘lardi.
Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. Blokcheyn texnologiyasi tobora ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar ovozini hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obro‘-e’tibor, sug‘urta, reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar bunga misol bo‘lishi mumkin. Foydalaniluvchi texnologiyalar va algoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, quyida blokcheyn texnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy xusuyatlarini ko‘rsatib o‘tamiz:
ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o‘zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib qo‘yadi;
har bir qayd etilgan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirish imkonini beradi;
ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi.
Blokcheyn texnologiyasining mazkur xususiyatlari kriptovalyutalarning asosiy xususiyati – ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni:
1. Qalbakilashtirish imkonsizligi.
2. O‘g‘irlash imkonsizligi.
3. Umumiy emissiya markazi yo‘qligi.
4. Ochiq dasturiy kod mavjudligi.
5. Tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari).
6. Transchegaraviylik mavjudligi.
Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish qulayligi va tranzaksiya xarajatlari minimalligi bilan ham o‘ziga jalb qiladi. Bitkoin (yoki boshqa har qanday kriptovalyuta) qiymati maxsus birjalarda (kriptobirja yoki virtual valyutalar birjasida) bozor talab va taklifi asosida belgilanadi. Boshqacha aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aksiyalar, veksellar va boshqa shu kabi moliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar kutadgan natijalar bilan belgilanadi.
Hozirgi paytda turli xil kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan mingdan ortiq kriptovalyutalar mavjud va ularning har bir kriptoiqtisodiyot sohasida bir qancha muhim funksiyalarni bajaradilar. Shulardan biri – ICO (Initial coin offering) bo‘lib, uning yordamida biror bir loyiha uchun jamoaviy mablag‘ yig‘ish jarayonini uyushturish mumkin.
Bunday usulda jamoaviy moliyaviy mablag‘lar to‘plash mexanizmining nomi kraudfunding usuli vositasida innovatsion moliyaviy mablag‘lar topish deb ataladi. Bunday usul yordamida mablag‘ to‘plash uchun original usul taklif etiladi: kriptovalyutada kafolat shartnomalari, ya’ni, blokcheynga asoslangan mmaviy kraudfanding modeli versiyasi tashkil qilinadi – unda tashkilotchilar qatnashchilarning pul o‘tkazmalari kattaligi belgilangan kattalikda bo‘lishi aniqlangach, ular investitsion hamyonga oldindan kelishib olingan miqdordagi pul o‘tkazmalari o‘tkazishadi.
Pul mablag‘lari o‘tkazuvchilarni «ovlash» va to‘plangan mablarni himoya qilish uchun shartli depozit schetlar yaratish o‘rniga blokcheyn va u bilan bog‘liq dasturiy ta’minot bu ishni avtomatik ravishda barchaga ko‘rinib turgan tarzda bajaradi. Maxsus ajratilgan va buzib kirishdan himoya qilingan, faqat dasturiy nazorat ostida bo‘ladigan elektron hamyonda zarur miqdordagi mablag‘lar to‘plangach, u tashkilotning zaxira qilingan mablag‘lari saqlanadigan boshqa hamyon bilan birlashtiradi.
Agar maqsadli investitsion summani to‘plashning uddasidan chiqilmasa, pul mablag‘lari avtomatik ravishda ortga, pul hadya qilganlarning elektron hamyonlariga qaytarib yuboriladi. Shunday qilib, mablag‘lar to‘plash, uni himoyalash, saqlash va qaytarish muammosi hal qilinadi. Endi raqamli texnologiyalar yordamida mulk masalalarini boshqarish tizimini yaratish muammosiga to‘xtalamiz. Intellektual (smart) shartnomalar faqat moliya sohasidagina ishlash bilan chegaralanmaydi.
Agar ular intellektual mulk bilan birlashtirilsa, bunda mulk huquqi hujjatlariva egalik qilishni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar kompyuter dasturlari foydalanishi uchun raqamli shaklga o‘tkaziladi – bu moddiy (masalan, uy yoki avtomobil) yoki nomoddiy (masalan, patentlar) aktivlarga mulkchilik huquqini avtomatik ravishda o‘tkazishni ta’minlaydi. Xuddi shu tarzda kompyuter dasturi mos keluvchi shartnoma shartlariga rioya qilinishi tasdiqlangan hollardagina aktivlar almashinishga ruxsat berishi mumkin.
Hozir kompaniyalar deyarli har bir elektron qurilma yoki tovar birligiga shtrix kodlar, QR-kodlar, mikrochiplar, bluetooth-uzatgichlarni faollik bilan joriy qilmoqdalar, buning natijasida istalgan moddiy boyliklarga mulchilik huquqini aynan shu tarzda berish mumkin bo‘lgan «buyumlar interneti» yaratiladi. Blockchain asosidagi yechimlarning keng tarqalishi texnik, huquqiy, moliyaviy va madaniy xarakterdagi katta to‘siqlarga duch kelmoqda.
Hozirgi paytda yuzlab bunday yechimlar mavjud, lekin ularning ko‘pchiligi oxirigacha ishlab chiqilmagan va qachonlardir amalga oshirilish imkoniyatiga ega bo‘lishi ehtimoli ancha past hisoblanadi. Biroq ularga katta energiya va innovatsion intellektual salohiyati sarflangan bo‘lib, bu bir qator jiddiy loyihalar va startaplar yaratishda namoyon bo‘ldi.
Bunday loyihalarning birinchisi 2012-yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilgan ColoredCoinstizimi bo‘ldi. Undan maqsadodamlarga moliyaviy aktivlar va an’anaviy valyutani bevosita bitkoin blokcheyni orqali almashinish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan (bu tizim orqali ikki kishi, masalan, yevroni oltinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirish haqida shartnoma tuzishi mumkin). Shundan boshlab, mazkur maydonda ko‘plab aynan shunday xarakterli loyihalar paydo bo‘ldi, jumladan, Next, Ripple, Mastercoin, Ethereum, BitShares, Counterparty va Stellar deb nomlangan tizimlar. Ular blokcheyn asosida maxsus ishlab chiqilgan o‘ziga xos elektron platforma taklif qiladi.
2013-yil o‘rtalarida jurnalist Vitalik Buterin qanday qilib bitkoin bu qadar keng ommaviylikka erishgani haqida o‘ylanib qoldi. Uning nuqtai nazaridan, bazaviy bitkoin protokoli dasturchilarga ishonchli va shu bilan bir paytda foydalanuvchiga nisbatan do‘stona bo‘lgan ilovalar dasturiy interfeysi (API – applications program interfeys) yaratish haddan tashqari beso‘naqay bo‘lib ko‘ringan. Uning negizida yaratilgan barcha ikkilamchi protokollar tor doirada ixtisoslashgan bo‘lib chiqdi.
Mohiyatan, bitkoin protokoli Windowspaydo bo‘lishidan oldin ommaviy bo‘lgan DOS operatsion tizimini eslatib yuboradi. Agar istalgan dasturlash tilida yozilgan istalgan ilova faoliyatini ta’minlay oladigan mustaqil protokol va blokcheyn yaratiladigan bo‘lsachi? Dasturchilar «to‘liq Tyuring» deb ataydigan protokol bo‘lsachi? U haqiqatda istalgan normarkazlashgan servisni qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lsachi – onlayn valyuta birjalari, intellektual shartnomalar, aksiyadorlar registrini yuritish, ovoz berish tizimlari, Dapps, DAK, DAO va boshqalar, – bularning barchasi dasturchilarga, ularning fikriga ko‘ra, yetarli darajada jalb etuvchan interfeys bozori yaratishga imkon bersachi?
Taklif qilingan yechim kriptovalyuta olamida haqiqiy dovul ko‘tardi: to‘liq qayta ishlangan, yuz foiz universal, nomarkazlashgan blokcheyn, istalgan shartnomalar bajarilishini tashkil qilish va nomarkazlashgan ilovalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan ochiq platforma sifatida faoliyat yuritishga qodir bo‘ladigan bunday yangi platformaga Ethereum deb nom berilgan. Kriptovalyuta texnologiyalari kelajagiga optimistik qarashlar ko‘plab to‘siqlarga duch keladi.
Kriptovalyutalar haqida hatto bir daqiqaga esdan chiqaradigan bo‘lsak, normarkazlashuv trendi haqiqatda katta salohiyatga ega ekanligini tan olmaslik juda qiyin. Agar uni inqirozdan keyingi davrda Uoll-Strit va Vashington doirasida tobora ko‘proq kuch-qudrat markazlashuv trendi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu ikki egizak yonma-yon ketayotgan emas, balki bir-birining qarshisidan kelayotgan poezdlarni eslatib yuboradi.
Ehtimol, biz global ijtimoiy o‘zgarishlar – uyg‘onish davrida bank ishi va milliy davlatlar keyinchalik ularning atrofida jamiyatning pul va iqtisodiy tizimi vujudga kelishi lozim bo‘lgan ikkita asosiy hukumat markazi sifatida shakllangan XVI asrdan keyingi tarix davomida eng kuchli o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turgandirmiz. Darhaqiqat, buyumlar interneti asrida an’anaviy pul tizimiga asoslangan texnologiyalar foydalanuvchilarni to‘lov tizimlaridagi takomillashtirish bilan hayron qoldirishning har xil usullarini izlaydilar.
Mobil bitkoin hisob-kitoblarining ustuvor vositasiga aylangan smartfon, shu bilan bir vaqtda, hisob-kitoblarni amalga oshirish usullarida inqilob qilishga intilayotgan moliyaviy-texnik kompaniyalarining diqqat-e’tibori markaziy o‘rin olmoqda. Kredit kartalari bilan hisob-kitob qilish an’anaviy texnologiyalrida ham global o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Square kompaniyasidan kontakt kartalari o‘qish uchun portativ qurilma millionlab kichik biznes vakillari – masalan, taksichilar yoki xot-dog sotuvchilarga o‘z smartfon va planshetlarini mobil protsessing qurilmalariga aylantirish imkonini berdi.
Bitkoynchilar odatda kredit va debet kartalar xavfsizlik darajasi yetarli emasligidan asosli ravishda shikoyat qiladilar, chunki ularning tizimifoydalanuvchi shaxsi haqida axborot uzatishga bog‘liq, biroq ta’kidlash joizki, hozirgi paytda tarmoqda bunday ma’lumotlar xavfsizligi sezilarli darajada o‘sgan. Biroq bu yerda yana bir muammo mavjud: yangi texnologiyalar huquqiy tizimga kiritilgani sababli, ular uning ichidagi barcha pul tranzaksiyalari xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Yangi texnologiyalar provayderlari kredit riskini o‘z zimmasiga olish va to‘lovlarni qayta ishlash uchun banklar va an’anaviy tizimning boshqa o‘yinchilariga komission to‘lovlar to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun ozgina ham imkoniyatga ega emas. Yangi hisob-kitob shakllari, texnik jihatdan ilg‘or bo‘lsada, avvalgidek 500 yillik tarixga ega markazlashgan moliyaviy menejment modeli doirasida qolavermoqda. Oddiy mijoz uchun bu ikkiyoqlamalik hech qanday ahamiyatga ega emas, bu hattoki kelajakdagi hamkorlik iqtisodiyoti, qolgan barcha sohalarda insonlarning individual imkoniyatlarini takomillashtirish yo‘nalishida rivojlanishda davom etadigan bo‘lsa-da, an’anaviy pullarga uzoq umr va’da qiladi.
Biroq bu jon saqlash normarkazlashuv yo‘nalishidagi boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq emas. Bu trendlarning barchasi bugun bo‘lmasa ham, taxminan 10 yildan keyin kriptovalyutalar asri kirib kelishi muqarrar ekanligini ko‘rsatadi degan fikrdan uzoqlashish qiyin. Bu asr kelgach, kredit manbasi sifatida banklarning ahvoli nima kechadi deb o‘ylashga majbur qiladi. Ularning bu vazifasiga har qanday tahdid innovatsion texnologiyalar vakillari bilan bozor ulushi uchun kurashda muzokaralar mavzusiga aylanadi.
Ularning fikricha, an’anaviy qog‘oz shaklidagi pullar o‘rniga keluvchi kriptovalyuta tizimi banklarning kredit berish qobiliyatiga putur yetkazishi va shu tariqaxususiy pullar emitentlari funksiyasini bajarishi mumkin bo‘ladi. Agar bunday xavf yuzaga keluvchi bo‘lsa, hammamiz kabi jon saqlashdan manfaatdor bo‘lgan milliy davlat qanday javob qaytarish kerakligini hal qilishi lozim. So‘nggi 500 yilda milliy davlat o‘zining moslashuvchanlik qobiliyatini isbotlab berdi, shu sababli, biz bu safar ham omon qolish va moslashish imkoniyatiga shubha bildirmaymiz.
Xulosa tariqasida davlat kriptovalyutasi chiqarish moslashuv strategiyalaridan biriga aylanishi mumkin ekanligi haqida gaplashamiz. Milliy davlatlarning yana bir shunday strategiyasi – birlashish va pul muomalasi sohasida hamkorlikni mustahkamlashdir. Biz bu nima bilan yakun topshi haqida tasavvurga ham ega emasmiz. Hech nima bilan tugamagasligi ehtimoli ham mavjud. Lekin bunday savollar yuz yilliklar davomida birinchi marta qo‘yilmoqda.