O’quvchilami bilimga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish usullari.
Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib boradi. Hatto o‘zlashtirishlari yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilishi zarur. Mustaqil Respublikamizda xalq ta’limini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, ta’lim metodlarini faollashtirish borasida sermazmun ishlar qilinmoqda. O‘quvchilarni faol va ijodiy bilim olishga o‘rgatish maktab tajribasida muhim masala bo‘lib, bunda sinf rahbarining shaxsiga katta e’tibor berilmoqda. Shu o‘rinda o‘quvchilarning bilim sifatini oshirishda sinf rahbarining vazifasi nimalardan iborat, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bular:
O‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lish va unga mas’uliyat bilan yondoshish hissini tarbiyalash.
Har narsani bilishga qiziqish va bilimga muhabbat uyg‘otish.
O‘quv mehnati madaniyatini oshirish.
O‘quvchilarni o‘quv mehnatida muayyan rejaga amal qilishga o‘rgatish.
Sinfda o‘qish jarayonida o‘rtoqlariga yordam uyushtirish.
Sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlik va yaqindan aloqada bo‘lish.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlar majmuasi quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarning o‘quv mehnati ustidan tizimli nazorat olib borish. Sinf rahbari bolalarning olgan ballarini tartibli ravishda sinf jurnalida va kundaliklarda tekshirib turadi. Xulqi uchun baho qo‘yadi, darsga kechikib kelish va butunlay kelmay qo‘yish sabablarini o‘ziga belgilab oladi. Sinf rahbari o‘quvchi bilan suhbat o‘tkazib, olgan yaxshi baholari uchun uni rag‘batlantiradi, kamchiliklarini ko‘rsatadi, tushuntiradi, tegishli maslahatlar beradi.
Maktab o‘quvchilariga o‘quv mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o‘qish har kimning shaxsiy ishi emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ish ekanligi o‘quvchilarga tushuntirib beriladi. Mustaqil O‘zbekiston davlati va uning fuqarolari maktab dargohida chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilarning yetishib chiqishini istaydi.
Maktab o‘quvchilarining bilimga qiziqishini oshirish. Bolalarning bilimga va o‘quv mehnatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishning turli shakl va metodlaridan muvaffaqiyatli foydalanish hozirgi kunda maktablarimizda odat tusiga kirib qolgan bir holdir. Chunki o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishda har bir fandan o‘tiladigan dars samarali, qiziqarli, imkoni boricha muammoli va qolaversa, sermazmun bo‘lsa, shak-shubhasizki, bu o‘zining yaxshi natijasini beradi. Bundan tashqari, har bir darsda ko‘rgazmalilik va texnika vositalaridan unumli foydalanilsa, o‘quv xonalari turli-tuman fanniy ko‘rgazmalar bilan ji- hozlansa, ozoda, pokiza bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Uy vazifalarining bajarilishini tashkil etishda bolalarga yordam ko‘rsatish. Ayrim o‘quvchilarning yomon o‘qishlarining sababi uy vazifalarini bajarishni to‘g‘ri tashkil eta olmasliklaridandir. Bunday o‘quvchilar uy vazifalarini bajarishda saranjom- sarishtalikka ahamiyat bermaydilar, dangasalik qiladilar, tirish- qoqlik bilan vazifa bajarishga intilmaydilar. Shuning uchun ayrim sinf rahbarilari „O‘qishni o‘rgan“, „To‘g‘ri yoz“, „Bilim — bizning qurolimiz“ kabi ko‘rgazmalar tashkil qiladilar. Bulardan tashqari, sinf rahbarlari tomonidan bolalarga uy vazifalarini to‘g‘ri bajarishda yordam berish maqsadida tuzilgan quyidagi ko‘rsatma maqsadga muvofiqdir:
Har kuni uy vazifani kundalik daftarga batafsil yozib bor.
Uy vazifasini ma’lum bir vaqtda bajarishga o‘rgan.
Vazifani maxsus darsxonangda tayyorla.
Ish joyingni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgan, stoldan ortiq- cha narsalarni olib qo‘y.
Dars tayyorlashni o‘rta qiyinchilikdagi fandan boshlab, sekin-asta qiyin fanga o‘t, so‘ng oson fan vazifasini bajar.
40 — 50 daqiqadan keyin 10—15 daqiqalik dam olish uchun tanaffus qil.
Dars tayyorlash vaqtida diqqatingni bo‘lma, radio eshit- ma, televizor ko‘rma, atrofdagi gaplarga aralashma.
Yozma ishlarni bajarganingdan keyin uni sinchiklab tekshirib chiq.
Agar notanish so‘z uchrab qolsa yoki masalaga tushunmasang, o‘qituvchidan, o‘rtoqlaringdan so‘rab ol.
Har kuni ilgari o‘tilgan dars materialini qaytarib bor.
Darsni tayyorlab bo‘lganingdan keyin dam ol, ochiq havoda aylan va uy ishlarida kattalarga yordam ber.
Dostları ilə paylaş: |