Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari. Tarbiya faoliyatining maqsadlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiya — bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga xos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbayi shaxslar bo‘lib qoladi — bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individuallik va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi.
Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzotdir, jamiyat esa, o‘z navbatida, shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro munosabatlari jarayoni natijasi va jarayonning o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va, demak, jamiyat ularga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makro- sotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to‘g‘risida gap borayot- ganligini ta’kidlaydilar.
Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog‘liqligi turli tomon- lardan qaralishi mumkin. Biroq shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o‘xshash bo‘lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs, katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana shu doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?
Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini amalga oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki, o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.
O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etganligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi.
Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kiri- shishi mumkin.
Jamiyat — bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas. Jamiyat — bu qadriyatlar o‘z maktabini yaratadigan, har qanday subyekt- ni xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o‘zining mavjud- ligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat insonlar to‘plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir.
Shaxs va jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadi. Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular birlashmaydi va ular o‘rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’lum sharoitlarda ular bir- biriga qarama-qarshi turishi mumkin.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qara- ma-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanadi:
Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va ha- yotdan chiqayotganlarini almashtirishning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada bolalar katta bo‘ladilar, o‘z hayotlari va mehnat qobiliyatini yo‘qotayotgan katta avlod hayotini ta’min- laydilar.
Tarbiya — doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo‘ladi va jamiyatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud bo‘ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vositasi hisoblanganligi uchun ham zarurdir. Unda qonuniy o‘zaro bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.
Tarbiya — ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zining vazifasi, mazmuni va shakllari bo‘yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo‘ladi. U jamiyat hayoti xususiyati va tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun o‘z davrining ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar, qatlamlar va guruhlarda bolalarni tarbiyalashning asosiy tenden- siyalari ba’zan qarama-qarshi bo‘ladi.
O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash — ularning ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabat- lari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbi- yalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va oziqalanishlarini ta’minlash- ga, jamiyatda ularning o‘rnini va ularning ruhiy holatini aniq- lashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosabatlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifat- larini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo‘naltirilgan tus oladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab yetishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rganishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi.
Mana shu asosda pedagogika — tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti, faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga mu- vofiq boshqarish maqsadlarida, ulardan foydalanish to‘g‘risida- gi fan yuzaga keladi.
Shunday qilib, tarbiya — ijtimoiy hodisa — jamiyat va individning hayotini ta’minlash usuli sifatida zarurdir. U ma’lum tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishning asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir. Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng umumiy qarama-qarshiliklarining ifodasidir. Tarbiya aks ettiradigan bunday qarama-qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qol- gan ishlab chiqarish munosabatlarining, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishni ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada o‘sib kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yondashishlar mustahkam o‘rnashib olishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi asosida tashkil etilishi ishlab chiqarish o‘sishini ortga surishga olib keldi. Davlat mulkchiligi va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faol- ligi va tashabbuskorligiga, ko‘pincha, to‘sqinlik qiladi. Xalq ta’li- mi tizimida bu o‘zining mazmuni, shakli va metodlari qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi.
Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o‘rtasida yuzaga keladi. Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmunini va tashkil etilishini ko‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivojlanishidan ortda qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib borgan sari o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy tayyorlashga xalaqit qiluvchi „qalpoq“ va konservativ holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda yo‘qotish zarur bo‘ladi. Uni hal etish ta’lim va tarbiya mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta’lim va tarbiya metodlarini hayot talablariga javob bera oladigan qilishni talab etadi. Mana shu holat ijtimoiy hayot yangi sharoitlari va unga bolalarni tayyorlash bilan uning eskirib qolgan usullari o‘rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi.
Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik — insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar o‘rtasida yuzaga keladi.
Erkinlikni cheklovchi avtoritar jamiyat iste’dodlarni so‘ndi- radi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq ras- miyatchilarga, ishlab chiqarish jarayonining bir ortiqcha qismi- ga, ijtimoiy hayotda to‘siqqa aylantiradi. Demokratik jamiyat esa moddiy-texnik bazasini rivojlantira borib, turli ijtimoiy munosa- batlarni takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy hayot talablariga mos va o‘zida mavjud tabiiy kuch, iste’dod va qobiliyatlarga nisbatan rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi.
Tarbiyaning to‘rtinchi qarama-qarshiligi — bolaning faol tabiati, uning ijtimoiy hayotda, turli munosabatlarda, muomalalarda ishtirok etishga intilishi bilan hayot jarayonida amaliy, haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilim, malaka va ko‘nikmalari yetishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi o‘rtasida kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik bolalar uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga haqiqiy harakatlantiruvchi kuch, rag‘bat hisoblanadi. U bolani faqat tarbiyaviy o‘zaro munosabatlar obyekti sifatida emas, balki subyekti sifatida ham ijtimoiy hayotda ishtirok etishga ta’lim-tarbiyaviy tayyorlashga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |