2- mavzu: Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja


Internetda axborotlar xavfsizligini ta’minlash asoslari



Yüklə 57,48 Kb.
səhifə11/14
tarix22.12.2022
ölçüsü57,48 Kb.
#77234
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2- mavzu Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja

Internetda axborotlar xavfsizligini ta’minlash asoslari Internet ga ruxsatsiz kirish usullarining tasnifi Har qanday tashkilot Internetga ulanganidan so‘ng, hosil bo‘ladigan quyidagi muammolarni hal etishlari shart: tashkilotning kompyuter tizimini xakerlar tomonidan buzilishi;
Internet orqali jo‘natilgan ma’lumotlarning yovuz niyatli shaxslar tomonidan o‘qib olinishi;
• tashkilot faoliyatiga zarar yetkazilishi.
Internet loyihalash davrida bevosita himoyalangan tarmoq sifatida ishlab chiqilmagan. Bu sohada hozirgi kunda mavjud bo‘lgan quyidagi muammolarni keltirish mumkin:
•ma’lumotlarni yengillik bilan qo‘lga kiritish;
•tarmoqdagi kompyuterlar manzilini soxtalashtirish;
•ТCP/IP vositalarining zaifligi;
•ko‘pchilik saytlarning noto‘g‘ri konfiguratsiyalanishi;
•konfiguratsiyalashning murakkabligi.
Global tarmoqlarning chegarasiz keng rivojlanishi undan foydalanuvchilar sonining oshib borishiga sabab bo‘lmoqda, bu esa o‘z navbatida axborotlar xavfsizligiga tahdid solish ehtimolining oshishiga olib kelmoqda. Uzoq masofalar bilan axborot almashish zaruriyati axborotlarni olishning qat’iy chegaralanishini talab etadi. Shu maqsadda tarmoqlarning segmentlarida har xil darajadaga himoyalash usullari taklif etilgan:
• erkin kirish (masalan: WWW server);
• chegaralangan kirishlar segmenti (uzoq masofada joylashgan ish joyiga xizmatchilarning kirishi);
• ixtiyoriy kirishlarni man etish (masalan, tashkilotlarning moliyaviy lokal tarmoqlari).
Lokal tarmoqlarning global tarmoqlarga qo‘shilishi uchun tarmoqlar himoyasi administratori quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
—lokal tarmoqlarga global tarmoq tomonidan mavjud xavflarga nisbatan himoyaning yaratilishi;
—global tarmoq foydalanuvchisi uchun axborotlarni yashirish imkoniyatining yaratilishi. Bunda quyidagi usullar mavjud:
— kirish mumkin bo‘lmagan tarmoq manzili orqali;
—Ring dasturi yordamida tarmoq paketlarini to‘ldirish;
—ruxsat etilgan tarmoq manzili bilan taqiqlangan tarmoq manzili bo‘yicha birlashtirish;
—taqiqlangan tarmoq protokoli bo‘yicha birlashtirish;
—tarmoq bo‘yicha foydalanuvchiga parol tanlash;
—REDIPEST turidagi ISMP paketi yordamida marshrutlar jadvalini modifikatsiyalash;
— RIP standart bo‘lmagan paketi yordamida marshrutlar jadvalini o‘zgartirish;
— DNS sroofingdan foydalangan holda ulanish.

Yüklə 57,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin