2- mavzu: Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja


Fizikaviy texnik vositalar



Yüklə 57,48 Kb.
səhifə8/14
tarix22.12.2022
ölçüsü57,48 Kb.
#77234
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2- mavzu Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja

Fizikaviy texnik vositalar — bu avtonom holda ishlaydigan qurilma va tizimlardir. Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o‘rnatilgan temir panjaralar, qo‘riqlash elektr uskunalari fizikaviy texnik vositalarga kiradi.
Dasturiy vositalar — bu axborotlarni himoyalash funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta’minotdir. Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo‘llanilgan dasturiy vositalar hozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi hisoblanadi. Bunga misol sifatida parol tizimini keltirish mumkin.
Norasmiy vositalar — bevosita shaxslarni faoliyati yoki uning faoliyatini aniqlab beruvchi reglamentlardir.
- tashkiliy himoyalash vositalari — bu telekommunikatsiya uskunalarining yaratilishi va qo‘llanishi jarayonida qabul qilingan tashkiliy-texnikaviy va tashkiliy-huquqiy tadbirlardir. Bunga bevosita misol sifatida quyidagi jarayonlarni keltirish mumkin: binolarning qurilishi, tizimni loyihalash, qurilmalarni o‘rnatish, tekshirish va ishga tushirish;
- axloqiy va odobiy himoyalash vositalari — bu hisoblash texnikasini rivojlanishi oqibatida paydo bo‘ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo‘lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro‘siga ziyon yetkazishi mumkin;
- qonuniy himoyalash vositalari — bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy hujjatlar sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi. Bevosita tarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni bajarish lozim bo‘ladi:
— uzatiladigan ma’lumotlarni ochib o‘qishdan saqlanish;
— uzatiladigan ma’lumotlarni tahlil qilishdan saqlanish;
— uzatiladigan ma’lumotlarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik va o‘zgartirishga urinishlarni aniqlash;
— ma’lumotlarni uzatish maqsadida qo‘llaniladigan dasturiy uzilishlarni aniqlashga yo‘l qo‘ymaslik;
— firibgar ulanishlarning oldini olish. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda asosan kriptografik usullar qo‘llaniladi. EHM himoyasini ta’minlashning texnik vositalari. Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanishi oqibatida ko‘pgina axborotni himoyalash instrumental vositalari ishlab chiqilgan. Ular dasturiy, dasturiy-texnik va texnik vositalardir. Hozirgi kunda tarmoq xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan texnikaviy vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin:

Yüklə 57,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin